Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi



Download 0,94 Mb.
bet126/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Shilinishlar deganda, teri yuqori qatlami (epidermis) yoki shilliq pardalar epiteliysining buzilishi tushuniladi. Uchli yoki g‘adir-budir sirtli narsa teri, badan yuzasi bo‘ylab sirg‘alishi natijasida yuzaga kelgan chiziqsimon shilinishlar tirnalishlar deb nomlanadi. Yaqinda yuzaga kelgan tirnalish pushti yoki och qizil rangli bo‘ladi; oradan ma’lum (bir necha soatdan bir-ikki kungacha) vaqt o‘tgach, tirnalgan joy qotgan qon va yiringli ajralmalardan zich g‘adir-budir po‘st bilan qoplanadi, keyinchalik u qurib, to‘kilib ketadi.
Qontalash joy yoki gematoma urilgan, siqilgan yoki lat yeganda, kichik qon tomirlar yorilishi natijasida qon quyilishi hisobiga yuzaga keladigan teri ostidagi jarohatdir. Qontalash joy rangi u qachon hosil bo‘lgani haqida taxminiy bo‘lsa ham xulosa chiqarish imkonini beradi. Yaqinda hosil bo‘lgan qontalash joy to‘q qizil rangda bo‘ladi, u bir-ikki kun ichida avval ko‘kimtir-qizg‘ish, so‘ngra binafsha rang va nihoyat, ko‘k yoki kulrang-ko‘k tus oladi. Bu rang uch-olti kun saqlanadi. Qontalash joy hosil bo‘lganidan keyin sakkiz-o‘n beshinchi kunlari u sarg‘ish tus oladi, so‘ngra qontalash joy yo‘qolib ketadi.
Shaxsni guvohlantirish jarayonida tan jarohatlaridan tashqari boshqa moddalar ham aniqlanishi mumkin. Ular mazkur shaxs jinoyat predmetlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan sochiluvchan narsalarga teginganidan voqea-hodisa sodir bo‘lgan joyda bo‘lganligidan dalolat berishi mumkin.
Guvohlantirish jarayonida qattiq, suyuq yoki gazsimon moddalar ta’sirida yuzaga kelgan dog‘lar ko‘rinishidagi jinoyat izlari ham aniqlanishi mumkin. Qon va spermadan hosil bo‘lgan dog‘larning aniqlanishi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Guvohlantirilayotgan shaxs badanida qon dog‘lari uning qo‘llarida, ayniqsa qo‘l barmoqlarida, bilaklarida, bo‘ynida, sochlarining ostida, badanining bukiladigan joylari (qo‘ltiq osti, chot)da, shuningdek sut bezlari ostida, tirnoq osti yoki sirtida joylashishi mumkin. Qon izlarining tirnoq ostida saqlanish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi.
Guvohlantiriluvchi shaxsning mastlik holatini aniqlash Jinoyat-protsessual kodeksining 142-moddasiga asosan, guvohlantirishning ikkinchi guruhiga kiruvchi vazifalardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, mastlik spirtli ichimliklar, ayrim turdagi dorilar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste’mol qilish natijasida yoki zaharli moddalar va patologik omillar ta’sirida vujudga kelishi mumkin. Mastlikning asl sababini faqat mutaxassis, avvalo shifokor aniqlashi mumkin.
Ayni vaqtda mastlik darajasini aniqlash ham muhim bo‘lib, buning uchun maxsus bilimlar va tibbiy tekshiruvlar talab etiladi. Mazkur holat, avvalo, og‘izdan alkogol hidi kelishi, qaddini tutib tura olmaslik, nutqining o‘zgarishi, qo‘l barmoqlarining titrashi, yuz terisining rangi keskin o‘zgarishi, vaziyatga xos bo‘lmagan xulq-atvor, ko‘zlarning holati, nutqning uzuq-yuluqligi, harakatlarni boshqara olmaslik kabi alomatlarda nomoyon bo‘ladi.
Guvohlantirishning ikkinchi guruh vazifalari sirasiga kiruvchi keyingi vazifasi boshqa fiziologik holatlarni aniqlashdan iboratdir.
Fiziologik holatlar tibbiyot fanining “fiziologiya” deb nomlangan bo‘limida o‘rganiladi va odamning organizmidagi hayotiy jarayonlar majmuini tashkil etadi. Odamning badanini guvohlantirish jarayonida biz yuqorida qayd etib o‘tgan guvohlantirishning vazifalari ham organizmdagi hayotiy jarayonlar, o‘zgarishlarni qayd etishga qaratilgandir. Qonun chiqaruvchi va “boshqa fiziologik holatlar” deganda, Jinoyat-protsessual kodeksining 142-moddasi 1-qismida ko‘rsatilganlardan boshqa fiziologik holatlarni qayd etish zaruriyati yuzaga kelganda shaxs guvohlantirilishi kerakligini nazarda tutgan.
Jinoyat-protsessual kodeksining 143-moddasida guvohlantiriladigan shaxslar doirasi tartibga solingan. Unga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchi guvohlantirilishlari mumkinligi, guvoh esa, uning ko‘rsatuvlari to‘g‘riligini tekshirish uchungina guvohlantirilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Jinoyat-protsessual kodeksining 144-moddasida esa, guvohlantirish o‘tkazish uchun bu to‘g‘risidagi qaror va ajrim chiqarilishi lozimligi tartibga solingan. Unga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchining badanida jinoyat izlari, ish uchun ahamiyatga molik boshqa belgilar yoki uning g‘ayritabiiy fiziologik holati to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar bo‘lsa, guvohlantirishni o‘tkazish haqida surishtiruvchi yoki tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqarishi mumkinligi bayon qilingan. Qaror uch qism: kirish, tavsiflovchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘lishi lozim. Qarorning kirish qismida qaror chiqarilgan vaqt va joy; qarorni chiqargan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, darajasi yoki maxsus unvoni; jinoyat ishining soni ko‘rsatiladi. Qarorning asoslantiruvchi qismida guvohlantirishni o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga asos bo‘lib xizmat qilgan ma’lumotlar aks ettiriladi. Shu joyda guvohlantirish qaysi vazifani hal qilishga qaratilganligi ko‘rsatiladi (alohida belgilar, jinoyat izlari, tan jarohatlarini, mastlik holati mavjud yoki mavjud emasligini v.h.). Qarorning xulosa qismida guvohlantiriluvchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; guvohlantirish o‘tkazilgan vaqt va joy, shuningdek yoritilishi lozim bo‘lgan holatlar ko‘rsatiladi. Tergovchi guvohlantirishda ishtirok etish uchun shifokor yoki boshqa mutaxassisni taklif qilishni nazarda tutgan bo‘lsa, bu holat ham qarorda aks ettiriladi. Qarorda guvohlantiriluvchi shaxsning chiqarilgan qaror bilan tanishtirilganligi haqida ham ma’lumot bo‘lishi kerak. Chiqarilgan qaror tergovchi tomonidan imzolanadi.
Surishtiruvchining, tergovchining guvohlantirish o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori yoki sudning shu haqdagi ajrimi qaysi shaxs xususida chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga nisbatan majburiydir (Jinoyat-protsessual kodeksi 145-modda). Guvohlantirishdan bosh tortayotgan shaxslar majburiy keltirilishi va guvohlantirilishi mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksining 142-moddasida ko‘rsatilganidek, guvohlantirish sud ekspertizasini tayinlash talab etilmagan hollarda o‘tkaziladi. Shuni e’tiborga olib, guvohlantirish bilan odamning sud tibbiyoti ekspertizasi o‘rtasidagi farq masalasini ko‘rib chiqish o‘rinlidir. Chunki ko‘rsatilgan protsessual harakatlarning yagona obyekti – odamning badani. Ularni o‘tkazish uchun protsessual asos bo‘lib, tergovchining qarori xizmat qiladi. Sud tibbiyoti ekspertizasini o‘tkazish jarayonida tergovchining iltimosiga binoan guvohlantirishning vazifalari ham hal qilinishi mumkin.
Ba’zan guvohlantirish sud tibbiyoti ekspertizasidan oldin o‘tkaziladigan harakat hisoblanadi, guvohlantirish jarayonida aniqlangan jinoyatning izlari ekspertiza o‘tkaziladigan paytga qadar butunlay o‘zgargan hollarda, guvohlantirish bayonnomasi ekspertiza o‘tkazish uchun asos bo‘ladigan material vazifasini bajaradi.
Ammo odamning sud tibbiyoti ekspertizasi va guvohlantirish o‘z tabiatiga va o‘tkazishning protsessual tartibiga ko‘ra ham bir-biridan farq qiladi. Bu protsessual harakatlarning vazifalari har xil. Guvohlantirish shaxsning badanida alohida belgilarni, jinoyat izlari va tan jarohatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lsa, tirik odamlarning sud tibbiyoti ekspertizasining vazifalari ancha kengdir. Alohida belgilar, jinoyatning izlari va tan jarohatlarini aniqlash ekspertizaning dastlabki bosqichi bo‘lib, undan keyin ularni tibbiy usullar yordamida o‘rganish va tekshirish amalga oshiriladi hamda ularning natijalariga ko‘ra ekspert xulosasi chiqariladi.
Sud tibbiyoti ekspertizasi Jinoyat-protsessual kodeksining 68-moddasida protsessual huquq va burchlari belgilangan ekspert tomonidan o‘tkaziladi. Tergovchi guvohlantirishni o‘tkazishni shifokorga topshirgan hollarda, shifokorning huquq va burchlari esa, Jinoyat-protsessual kodeksining 70-moddasida mustahkamlangan mutaxassisning protsessual maqomiga ega bo‘ladi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 142–144-moddalari guvohlantirish doirasida nafaqat odamning badanida jinoyatning izlari, alohida belgilar va tan jarohatlarini, balki odam organizmining ba’zi bir holatlarini, jumladan mastlik holatini, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa fiziologik holatlar, jismoniy rivojlanganlik holatini aniqlash imkonini beradi.
Guvohlantirish natijasida olingan ma’lumotlar tegishli tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Bunday rasmiylashtirish Jinoyat-protsessual kodeksining 90-,92-,147-moddalari talablari asosida bayonnoma shaklida amalga oshiriladi. Guvohlantirish bayonnomasi boshqa tergov harakati bayonnomalari kabi, kirish, tavsiflovchi va yakunlovchi qismlardan tarkib topishi lozim.
Guvohlantirish jarayoni videoapparatura yordamida tasvirga olingan bo‘lsa, yoki fotoapparatura yordamida guvohlantiriluvchi shaxsning badani suratga tushirilgan bo‘lsa yoki badanda aniqlangan belgilar tananing qayerida joylashganligi bo‘yicha chizmalarda aks ettirilgan bo‘lsa, bularning barchasi guvohlantirish bayonnomasiga ilova qilinishi lozim.
Bayonnomada tergovchining barcha harakatlari qanday ketma-ketlikda amalga oshirilgan bo‘lsa, shunday ketma-ketlikda qayd etilishi lozim. Bayonnomaga qo‘yiladigan sanalar, o‘z navbatida, guvohlantirish o‘tkazilgan kun va vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak.
Sud tergovida o‘tkaziladigan guvohlantirishni sud Jinoyat-protsessual kodeksi 142 – 147-moddalarida nazarda tutilgan talablarga amal qilgan holda o‘tkazadi.
Guvohlantirish yechintirib yalang‘ochlash bilan bog‘liq bo‘lsa, alohida xonada shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan, guvohlantirilayotgan shaxsning jinsidagi xolislar ishtirokida o‘tkaziladi. Guvohlantirish o‘tkazib bo‘linganidan so‘ng protsessning mazkur ishtirokchilari sud majlisi zaliga qaytib kiradilar va u yerda taraflarning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning ishtirokida shifokor yoki boshqa mutaxassis guvohlantirilgan shaxsning badanida izlar yoki belgilar aniqlangan bo‘lsa, shu xususda axborot beradi hamda taraflarning, sudyalarning savollariga javob beradi. Bu ma’lumotlar, shuningdek guvohlantirilgan shaxsning hamda xolislarning mulohaza va tushuntirishlari sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi va ular shifokorning, boshqa mutaxassisning, guvohlantirilgan shaxsning va xolislarning imzolari bilan tasdiqlanadi (Jinoyat-protsessual kodeksi 445-modda).



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish