Toshkent davlat yuridik Universiteti Jinoyat-protsessual huquqi


Olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish tartibi



Download 0,94 Mb.
bet131/262
Sana02.06.2022
Hajmi0,94 Mb.
#629978
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   262
Bog'liq
04.11.17 оконч.ЖПХ дарслик

Olib qo‘yish va tintuv o‘tkazish tartibi. Olib qo‘yish yoki tintuv o‘tkazishdan avval dastlabki tayyorgarlik harakatlarini o‘tkazish lozim. Bu harakatlar qatoriga ushbu tergov harakatlari xavfsiz va kutilgan natijali bo‘lishi uchun tegishli rejali chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va har bir bu tergov harakatida ishtirok etuvchi xodimning huquq va majburiyatlari aniqlashtirilishi va asosiy maqsad barcha uchun to‘g‘ri o‘zlashtirilgan bo‘lishini talab qiladi. Tegishli texnik-kriminalistik vositalar ham tayyor holatga keltirilib qo‘yilishi talab qilinadi.
Agar tintuv to‘g‘risida ogohlantirilgan shaxs qaror bilan tanishib chiqqandan so‘ng tegishli qarorda qayd etilgan predmet va ashyolarni taqdim etib ixtiyoriy ravishda ularni tergovchiga berish hohishini izhor qilsa, tintuv olib qo‘yishga aylanadi va tergovchi shu vaziyatda tintuv qilish bayonnomasi o‘rniga olib qo‘yish bayonnomasini qayd etishi kerak.
Tintuv yoki olib qo‘yishning ijobiy o‘tishi tintuv yoki olib qo‘yish o‘tkaziladigan shaxslar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni to‘liq ravishda yig‘ilishiga asosan bog‘langan (bu shaxslarning yoshi, oilaviy holati, qanday kasb bilan shug‘ullanishi, ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi bilan bo‘lgan munosabati, u bilan birga istiqomat qiluvchi shaxslar to‘g‘risida bo‘lgan axborot, ular bilan bo‘lgan munosabatlari, ishda va oilada bo‘lgan xatti-harakatlari va qanday ko‘nikma va mahoratlarga egaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, nimaga moyillik ko‘rsatishi to‘g‘risidagi axborotlar, qurol va transportga ega bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar v.h.).
Tintuv o‘tkazishdan avval tintuv o‘tkaziladigan bino va xonadon to‘g‘risidagi mukammal axborotlarni to‘plab olish zarur. Agar tergovchi tintuv qilinayotgan shaxsdan uni ixtiyoriga ko‘ra tegishli obyektlar olgan bo‘lsa-da, ammo bu shaxsda ish bo‘yicha yana boshqa muhim predmetlar mavjudligiga shubha qilsa, u holda olib qo‘yish emas, balki tintuv o‘tkaziladi.
Amaliyotdan misol: Avtomobillarning yopiq to‘xtash joyida qasddan yong‘in chiqarish oqibatida 12 ta avtobus, 7 ta yengil avtomashina, 9 ta yuk mashina yonib ketishi fakti bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi prokuratura tergovchisining ish yurituviga topshirildi. Yonib ketgan avtomashinalarning hujjatlarini tekshirish uchun tergovchi avtokorxonaga keladi va uning boshlig‘i Mirzayevdan voqea tafsilotlari bo‘yicha tushuntirish berishini talab qiladi. Shundan so‘ng Mirzayev tungi soat 23:00 atrofida, ya’ni yong‘in boshlanishidan chamasi bir soat oldin avtomobillarning yopiq to‘xtash joyidagi xonalarning birida ushbu yong‘inni sodir etishda gumon qilinayotgan chilangar Nizomovni ko‘rganligi haqida ma’lumotni haydovchilardan olganligini aytadi. Tergovchi darhol Nizamovning xonadonida tintuv o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqaradi va o‘zi bilan hodisa joyini ko‘zdan kechirishda qasddan yong‘in chiqarish uchun foydalanilgan qopning yonib ulgurmagan qoldiqlarini oladi. Nizamovning uyida avtokolonna boshlig‘i va mexanik ishtirokida tintuv o‘tkazilishi natijasida uning uyidagi yordamchi xonalarning birida o‘tinlar ostidan qopning qoldiqlari va mazut solingan kichkina chelak va unda maxsus tayyorlangan og‘irligi 4 kg. yog‘langan lattalar topildi. Tergovchi ularni qog‘ozga o‘rab olib ketishga tayyorlaydi. O‘tkazilgan tergov harakati haqida tergovchi 2 nusxada bayonnoma tuzdi, ammo Nizamovning uyida uning 14 yoshli qizidan boshqa hech kim bo‘lmaganligi sababli, tintuv bayonnomasining nusxasini qoldirmadi hamda o‘zi bilan olib ketdi.
Tintuv qilinayotgan shaxsning oila a’zosi ham ko‘pincha uyda mavjud bo‘lgan barcha ashyo, predmet va hujjatlar to‘g‘risida to‘liq xabardor bo‘lmasligi mumkin. Agar tintuv qilinadigan shaxs biron xonani yoki obyektni ochishga to‘sqinlik qilsa va kalitini bermasa va uni sindirib kirish zaruriyati tug‘ilsa tergovchi quyidagi harakatlarni amalga oshirishi zarur:
a) Jinoyat-protsessual kodeksining 161-moddasi 9-bandi tintuv qilinayotgan shaxsga tushuntirilishi uning g‘ayriqonuniy harakatlarini ta’riflab, unga shu band to‘la o‘qib berilishi lozim va kalitni berishini talab qilish kerak hamda bu bayonnomada qayd etilishi lozim;
b) ushbu xonalarni ochishda tegishli mutaxassislarni taklif qilib, eshiklarni sindirmasdan ochish harakatlari amalga oshiriladi, agar bu harakatlar natija bermasa, u holda eshiklar buzib ochilishi kerak, eshiklarga imkon qadar kam zarar etkazilib bu xonalar ochilishi lozim.
Agar tintuv qilinadigan shaxs qo‘shnilari bilan birga hovlining ma’lum joyidan foydalanib kelgan bo‘lsa, u holda ushbu fuqaroning turar joyi, hovlisidagi umumiy ravishda foydalanadigan joylari ham tintuvdan o‘tkazilishi lozim. Bunday harakatlar bu fuqaro bilan birga yashaydigan shaxslarga unga g‘ayriqonuniy yordam berish hollarini bartaraf etishga imkon yaratadi.
Tintuv o‘tkazishdan avval tintuvda ishtirok etuvchi barcha shaxslarning protsessual huquq va majburiyatlari tushuntiriladi va bu haqda bayonnomada ularning imzolari qo‘yiladi. Tintuv harakatlari o‘tkazilgandan so‘ng yoki tintuv o‘tkazish jarayonida tergovchi, surishtiruvchi tegishli bayonnomani qayd etadi va u tintuv yoki olib qo‘yishni o‘tkazish bayonnomasiga qo‘yilgan barcha talablarga rioya qilishi kerak.
Tintuvning obyekti bo‘yicha turlari:
1) shaxsiy tintuv;
2) xonalarda tintuv qilish;
3) ochiq joyni tintuv qilish;
4) transport vositalarini tintuv qilish.
Tintuv o‘tkazish vaqti bo‘yicha turlari:
1) bir vaqtda bir necha joyda tintuv o‘tkazish;
2) turli vaqtlarda tintuv qilish.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish