Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Qilmishning ijtimoiy xavfliligi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Qilmishning ijtimoiy xavfliligi
jinoyatning muhim belgilaridan biri 
hisoblanadi. Jinoyat, eng avvalo, harakat yoki harakatsizlik shaklida ifodalangan 
ijtimoiy xavfli faoliyatdir. Har qanday jinoyat insonning turli-tuman 
harakatlarining bir ko‗rinishi bo‗lib, bu ko‗rinish ikki yoqlama xususiyatga, yana 
ichki (ruhiy) va tashqi (jismoniy) mazmunga ega. Uning tashqi mazmuni inson 
a‘zolarining harakati tufayli jinoyat obyektga tajovuz qiladi va jinoyat predmetiga 
ta‘sir etadi (masalan, odam o‗ldirish, badanga shikast yetkazish, o‗g‗rilik va 
hokazolar). Jinoiy tajovuz faqat harakatlarning o‗zidan iborat bo‗lmasdan, 
harakatsizlikdan, ya‘ni o‗z vazifasini bajarmaslikdan iborat bo‗lishi ham mumkin 
(masalan, hayoti xAfv ostida turgan shaxsga yordam bermaslik, vazifasiga 
sovuqqonlik bilan qarash va hokazolardir). 
Jinoiy qilmishning ichki mazmuni esa subyektning o‗z qilmishiga nisbatan 
ruhiy munosabatidir. Inson har bir harakatini o‗z erki bilan erkin ravishda o‗zining 
shaxsiy xususiyatlariga qarab tanlaydi. Masalan, bir shaxs o‗zining moddiy 
ehtiyojini qondirish uchun halol mehnat qilishning u yoki bu turini tanlasa, boshqa 
birov jinoiy yo‗lni tanlashi mumkin. Jinoiy xulq shaxsning huquqiy yoki huquqqa 


29 
xilof bo‗lgan harakatini erkin ravishda tanlash imkoniyatlaridan jinoiy harakatni 
tanlash ixtiyoridir. Shunga ko‗ra, shaxsning ongi bilan boshqarilmagan instinkt 
tufayli sodir bo‗lgan harakatlar oqibati jinoyat hisoblanmaydi. Masalan, shaxs 
sirg‗anchiq yo‗lda ketayotib oyog‗i sirpanib ketsa, muvozanatni saqlash instinkti 
tufayli inson gavdasi va a‘zolari muvozanatni saqlash uchun turli harakatlar qiladi. 
Shu vaqtda shaxs yonma-yon ketayotgan shaxsni ham turtib yuborsa va u yiqilib 
badaniga shikast yetkazilsa, jinoyat hisoblanmaydi. Shuning uchun shaxs o‗z 
harakatini boshqara olmaydigan va uning oqibatini anglamaydigan holatda bo‗lgan 
bo‗lsa, uning ijtimoiy xavfli qilmishi jinoyat hisoblanmaydi. Shunga ko‗ra, jinoyat 
subyekti yoshiga yetmagan va aqli noraso shaxslarning ijtimoiy xavfli qilmishi 
jinoyat hisoblanmaydi. 
Ijtimoiy xavfli qilmish tushunchasi harakat yoki harakatsizlikni, zararli 
oqibatni qamrab oladi. Shuning uchun Jinoyat kodeksi Maxsus qismiga kiritilgan 
jinoyatlar ijtimoiy xavfli hisoblandi. Uning ijtimoiy xavfliligi qonun bilan 
qo‗riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi mumkinligi bilan 
ifodalanadi.
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi bir qancha o‗zgaruvchan sharoitlar bilan ham, 
ya‘ni jinoyat sodir etish joyi, vaqti, yetkazilgan zararning miqdori, aybning darajasi 
va shakli, shunday turdagi jinoyatning qay darajada tarqalganligi, aholining 
huquqiy ongi darajasi va boshqalar bilan bog‗liq bo‗ladi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish