Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Qilmishda aybning mavjudligi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Qilmishda aybning mavjudligi
. O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining 14-moddasida jinoyatga ta‘rif berilar ekan, Jinoyat kodeksi bilan 
taqiqlangan qilmishni aybli sodir etish jinoyat deb topilishi qayd etilgan. Demak, 
ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishda subyektning aybi (qasd yoki ehtiyotsizlik 
shaklida) bo‗lsagina jinoyat deb topiladi. Shaxs jinoyat sodir qilar ekan, u o‗zining 
harakat yoki harakatsizligi va undan kelib chiqadigan oqibatga munosabati jinoyat 
huquqida aybning to‗rtta shaklida ifodalanadi. Bular: to‗g‗ri qasd, egri qasd, o‗z-
o‗ziga ishonish va beparvolik shakllaridir. Aybning bu shakllarining tushunchalari 
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 21, 22-moddalarida belgilangan. 
Muayyan oqibatning kelib chiqishida shaxsning aybi bo‗lmasa, ya‘ni 
shaxsning harakati yoki harakatsizligi va undan kelib chiqadigan oqibatiga qasd 
yoki ehtiyotsizlik shaklidagi aybi bo‗lmasa, bunday qilmish jinoyat hisoblanmaydi. 
Faqat ijtimoiy xavfli qilmish aybi bo‗lsagina, jinoyat hisoblanishi jinoyat 
qonunining eng muhim prinsiplaridan biridir. 
Ayb jinoyatning mustaqil bir belgisi sifatida O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksining 14-moddasida ta‘kidlangan bo‗lsa-da, kodeksning 16-moddasida 
jinoiy javobgarlikning asosi sifatida ham aytiladi. Demak, ayb jinoyatning mustaqil 
zaruriy belgisi hisoblanadi va bu belgisiz biron-bir ijtimoiy xavfli qilmish jinoyat 
hisoblanmaydi. 
Aybdorning aybli darajasi, sifat va miqdor ko‗rsatkichlarida ifodalangan 
zararning miqdori (jiddiy, ko‗p, juda ko‗p, badanga yengil, o‗rtacha og‗ir, og‗ir 
shikast yetkazish va hokazo) bilan belgilanadi. Shuningdek, jinoyatning motivi
maqsadi, oldindan tayyorgarlik ko‗rilgani, oldindan til biriktirilganligi, uyushgan 


30 
guruh yoki jinoiy uyushma ekanligi, shuningdek jinoyat sodir etish joyi, vaqti, 
sharoiti kabilarda ham ifodalanadi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish