Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

 
 
3.1. Jinoyat tushunchasi va belgilari 
 
U yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb hisoblash va jinoyat huquqida 
jinoyat tushunchasini ishlab chiqish g‗oyat murakkab ishdir. Chunki har bir 
davlatda uning ijtimoiy tuzimi, milliy xususiyatlari, urf-odatlari, an‘analariga qarab 
muayyan ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb hisoblash masalasi hal qilinadi. 
Bundan tashqari davlatlararo aloqalar g‗oyat kuchaygan, xalqaro hamjamiyatlar 
mavjud bo‗lgan hozirgi davrda ayrim qilmishlarni jinoyat deb hisoblashda, albatta, 
xalqaro huquq normalari ham e‘tiborga olinishi kerak. 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasida ―O‗zbekiston 
suveren demokratik respublika‖ deb yozib qo‗yilgan. Konstitutsiyaning
4-moddasida esa ―O‗zbekiston Respublikasi o‗z hududida istiqomat qiluvchi 
barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an‘analari hurmat qilinilishini 
ta‘minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi‖ deyiladi. 
O‗zbekiston Respublikasida u yoki bu qilmishni jinoyat deb hisoblash 
masalasi ana shu konstitutsiyaviy qoidaga amal qilingan hamda huquqiy 
demokratik davlatning bozor iqtisodiyoti tizimi e‘tiborga olingan holda hal 
qilinadi. 
Jinoyatga moddiy tushuncha berish g‗oyat muhim bo‗lib, bu tushuncha faqat 
jinoyat huquqining o‗zigagina muhim bo‗lmasdan, balki jinoyat-protsessual, 
jinoyat-ijroiya huquqi, kriminalistika, kriminologiya va boshqa huquqiy fanlar 
uchun ham muhimdir. 
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasida jinoyatning 
tushunchasi quyidagicha ifodalangan: ―Ushbu kodeks bilan taqiqlangan, aybli 
ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‗llash tahdidi bilan 
jinoyat deb topiladi‖. 
Demak, jinoyatga qonunda belgilangan bu tushunchadan xulosa qilib jinoyat 
huquqida jinoyatga: ―Jazolash tahdidi ostida jinoyat qonuni bilan taqiqlangan 
qilmish (harakat yoki harakatsizlikni)ni aybli sodir qilish‖ga jinoyat deb ta‘rif 
berish mumkin. Jinoyatning bu ta‘rifini keng ma‘noda olganda jinoyat shaxsga, 
uning huquq va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga, mulkka, tabiiy 
muhitga, tinchlikka, insoniyatning xavfsizligi ga jinoyat qonuni bilan 
jazolanadigan huquqqa xilof bo‗lgan ijtimoiy xavfli tajovuzdir. 
Jinoyat kodeksining Maxsus qismida jinoyatlarning qat‘iy ro‗yxati berilgan 
bo‗lib, bu jinoyatlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‗lish mumkin: 
1. 
Kriminologik jinoyatlar. 


28 
2. 
Jinoyat-huquqiy jinoyatlar. 
Kriminologik jinoyatlar insoniyat tarixining barcha bosqichlarida ijtimoiy, 
xavfli hisoblanib, qabul qilingan odat, axloq va qonun normalari bilan doimo ta‘qib 
qilib kelingan. Masalan, odam o‗ldirish, badanga shikast yetkazish, o‗g‗rilik, 
talonchilik, firibgarlik, bosqinchilik, qaroqchilik va hokazolarni kiritish mumkin. 
Jinoyat-huquqiy jinoyatlar esa muayyan bir davrda ijtimoiy xavfli tus olishi 
munosabati bilan jinoyat deb hisoblanadi va jinoyat qonunining tegishli normalari 
bilan ta‘qib qilinadi. Masalan, Sovet Ittifoqi davrida chayqovchilik jinoyat 
hisoblangan bo‗lsa, hozir bunday harakat tadbirkorli sifatida baholanadi va ta‘qib 
qilinmaydi. 
1959-yili qabul qilingan Jinoyat kodeksida jinoyat deb hisoblangan 60 ga 
yaqin modda 1994-yili qabul qilingan Jinoyat kodeksiga kiritilmadi va ular jinoyat 
emas deb hisoblanadi. Yangi Jinoyat kodeksiga oldingi kodeksda nazarda 
tutilmagan 60 ga yaqin qilmish jinoyat sifatida kiritildi. 
Faqat ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqargan qilmishlargina jinoyat 
hisoblanmay, balki qonun bilan qo‗riqlanadigan obyektga real zarar yetkazish 
xAfvini keltirib chiqaradigan ijtimoiy xavfli qilmishlar ham jinoyat deb 
hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasi 2-qismida 
―Ushbu Kodeks bilan qo‗riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki zarar 
yetkazish real xAfvini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb 
topiladi‖ deyilgan. 
Har qanday ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb hisoblash uchun barcha 
jinoyatlar uchun zarur bo‗lgan jinoyatning belgilari ishlab chiqilgan. 
Bu belgilar quydagilardir: 
1) 
qilmishning ijtimoiy xavfliligi; 
2) 
aybning mavjudligi; 
3) 
qilmishning huquqqa xilofligi; 
4) 
qilmishning jazoga sazovorligi; 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish