Davlat va huquq nazariyasi fanining huquqiy fanlar tizimida tutgan o‘rni



Download 16,76 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2023
Hajmi16,76 Kb.
#897925
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi янги


Davlat va huquq nazariyasi fanining huquqiy fanlar tizimida tutgan o‘rni
l bob. Davlat va huquq nazariyasining fanlar tizimida namoyon bo'lishi.
1.1 Davlat va huquq nazariyasining umumiy fan sifatida namoyon bo'lishi.
1.2 Davlat va huquq nazariyasining fundamental fan sifatida namoyon bo'lishi
1.3 Davlat va huquq nazariyasining metodologik fan sifatida namoyon bo'lishi
II bob. Davlat va huquq nazaryasi fanining boshqa yuridik fanlar bilan mustahkam aloqasi.
2.1 Davlat va huquq nazaryasi fanining Konstitutsiyaviy huquq fani bilan mustahkam aloqadorligi
2.2 Davlat va huquq nazaryasi fanining Ma'muriy huquq fani bilan mustahkam aloqadorligi
2.3 Davlat va huquq nazaryasi fanining Jinoyat huquqi fani bilan mustahkam aloqadorligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro'yxati
Ilovalar

l bob. Davlat va huquq nazariyasining fanlar tizimida namoyon bo'lishi.
1.1 Davlat va huquq nazariyasining umumiy fan sifatida namoyon bo'lishi.
Dunyo jadal rivojlanayotgan, globallashuv jarayonlari mamlakatlar hayotini tobora qamrab olayotgan bugungi sharoitda insonlarda barcha ijtimoiy voqelik va hodisalarga qiziqish ortmoqda. Bu, o‘z navbatida, mazkur voqeliklarni o‘rganishni, chuqur tadqiq etishni taqozo etadi. Insonlarni qiziqtirib kelayotgan shunday muhim ijtimoiy masalalar qatorida davlat va huquq alohida o‘rinni egallaydi. Jamiyatning har bir komil a’zosi o‘zi tug‘ilgan zaminning, o‘z mamlakatining xususiyatlarini, dunyo davlatlari o‘rtasidagi mavqeyini anglashga harakat qiladi. Binobarin, davlat va huquq masalasi doimo ijtimoiy ongning diqqat markazida turadi va har qanday ijtimoiy hodisani tadqiq etish ma’lum ilmiy yo‘nalish, biron-bir fan tomonidan amalga oshiriladi. Davlat va huquq hodisalari «Davlat va huquq nazariyasi» fani yordamida o‘rganiladi.Tahlilimiz avvalida «nazariya» so‘zining ma’nosi nimadan iborat ekanligini oydinlashtirib olish lozim. «Nazariya» iborasi «ko‘rib chiqmoq», «tadqiq etmoq», «tahlil qilmoq» degan ma’nolarni anglatadi. «Nazariya» – keng ma’noda voqea-hodisalarning o‘zaro aloqasi va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvur hosil qiluvchi ilmiy bilim shaklidir. Tor ma’noda esa – u yoki bu sohadagi bilimning asosiy g‘oyalari, tushunchalari va qonunlari tizimidir. Nazariya ilmiy bilimning voqea va hodisalarning jiddiy aloqalari hamda qonuniyatlari haqida mukammal tafakkur asosidagi hosilasidir. Nihoyat, nazariya – g‘oya, fikr va bilimlarning
tafakkur vositasida tizimli ifodalanishidir. «Nazariy ta’limot» va «konsepsiya» iboralari aynan bir ma’noni anglatadi.
Davlat va huquq nazariyasi yuridik fanlar tizimida fundamental mavqe va nufuzga ega. U, bir tomondan, ijtimoiy yo‘nalish va mazmunga, ikkinchi tomondan, yuridik voqelikni, davlat va huquq hodisalarini ilmiy, nazariy jihatdan tahlil etish xususiyatiga ega. Fanimiz o‘z tadqiqotlari natijasida yaratadigan nazariy bilimlar, xulosa va tavsiyalar barcha sohaviy yuridik fanlar uchun umumnazariy, metodologik ahamiyat kasb etadi. Yuridik voqelikni aks ettiruvchi umumiy tushuncha va kategoriyalarni bilmay turib, yurisprudensiyaning biron-bir masalasini, sohaviy yuridik fanlarning mavzularini o‘rganib bo‘lmaydi. Masalan, «davlat», «davlat apparati», «davlat organi», «huquq», «huquq tizimi», «huquqiy munosabat», «normativ-huquqiy hujjat», «huquqbuzarlik», «yuridik javobgarlik» degan tushunchalarning ta’rifini anglamay turib, maxsus fanlarning predmetini o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Davlat va huquq nazariyasi asosiy, yetakchi yuridik o‘quv fani sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:birinchidan, o‘zining aniq predmetiga, o‘rganadigan mavzulari doirasiga ega;ikkinchidan, davlat va huquq haqida yaxlit umumiy nazariy bilim beradi, davlat va huquqning mohiyati, taraqqiyot bosqichlari va qonuniyatlarini ochib beradi; uchinchidan, davlat va huquq sohasida to‘plangan bilimlarni «davlat», «huquq», «qonun», «hokimiyat», «demokratiya» va boshqa kategoriyalarda (tushunchalarda) ifoda etadi;to‘rtinchidan, davlat va huquqning ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanishidagi obyektiv jarayonlarni, dialektikasi va taraqqiyot qonuniyatlarini aks ettiradi. Xullas, davlat va huquq nazariyasi yuridik ta’lim tizimidagi o‘quv fanlari orasida asosiy o‘rinni egallaydi. Bu fan bo‘lajak huquqshunoslarda huquqiy tafakkur va dunyoqarashni, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. Davlat va huquq nazariyasini huquqshunoslikning alifbosi deyish mumkin. U umumyuridik fan sifatida sohaviy huquq fanlari uchun poydevor bo‘luvchi ilmiy kategoriyalar tavsifini shakllantirib beradi. Davlat va huquq nazariyasining quyidagi jihatlariga alohida e’tibor qaratish lozim:
– davlat va huquq nazariyasi jamiyatdagi muhim ijtimoiy hodisalar
– davlat va huquqni o‘rganadi;
– davlat va huquq inson hayotining asosiy hamrohi va tartibga soluvchi mezoni hisoblanadi;
– davlat va huquq bir necha asrlik tarixiy davrni bosib o‘tgan va bugungi qiyofaga erishguncha umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar hamda tajribani o‘z mazmuniga jo etgan;
– inson o‘zi istiqomat qilayotgan zaminga, davlatga hamisha qiziqish bilan qaraydi, uni anglash va mushohada etishga intiladi;
– inson o‘z faoliyati davomida muayyan qoida, norma, ya’ni huquqqa
amal qilish barobarida uning mohiyatini anglashga ehtiyoj sezadi;
– davlat va huquq jamiyat taraqqiyoti bilan aloqadorlikda hamda uyg‘unlikda rivojlanib boradi, shu bois, ijtimoiy tamaddun qonuniyatlariga bo‘ysunadi.
Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquqning vujudga kelishi, mohiyati, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umumiy qonuniyatlarni ifodalovchi fundamental bilimlar tizimi. Shuningdek, bu fan davlat va huquq haqidagi qarashlar, g‘oyalar, fikrlar va bilimlarning mantiqiy tarzda umumlashtirilgan sistemasi hisoblanadi.
Tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida, ya’ni muayyan zamon va makonda istiqomat qilgan insonlar o‘sha davrning siyosiy tuzumi, mafkuraviyg‘oyaviy jihatlari, boshqaruv tartibi, ijtimoiy ongi va madaniy taraqqiyotidan
kelib chiqqan holda davlat va huquqqa munosabat bildiradilar, ularga baho beradilar. Har bir tarixiy davrda davlat va huquqning mohiyati o‘ziga xos, davrga
mos tarzda namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritganidan so‘ng jamiyat hayotining barcha jabhalarida bo‘lgani kabi davlat va huquqqa ham yangicha qarash, yangicha yondashuv paydo bo‘ldi. Davlat va huquqning mohiyatida tub o‘zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimiz sobiq ittifoq tarkibida bo‘lgan vaqtda davlatga iqtisodiy hukmron sinflarning tashkiloti, huquqqa esa, ijtimoiy tartibga solishning zo‘ravonlik (sinfiy hukmronlik) quroli sifatida munosabat bildirilgan edi. Bugungi kunga kelib, ya’ni demokratiya sharoitida davlat ijtimoiy qaramaqarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanmoqda. Zamonaviy huquqqa esa, ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartib-intizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi sifatida yondashilmoqda1.Davlat va huquq nazariyasi ham o‘z mazmun-mohiyati jihatidan tadrijiy taraqqiy etmoqda. Unga yangicha zamonaviy qarash, yondashuv shakllanmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi o‘z oldiga demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdek buyuk maqsadni qo‘yganligi bois davlat va huquqqa, uni o‘rganishga, tadqiq etishga alohida ehtiyoj sezila boshladi. Huquqiy davlatda qonun ustuvorligi eng asosiy tamoyil sifatida e’tirof etilsa, fuqarolik jamiyatining zaruriy sharti – fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va madaniyati, qonunlardan xabardorlik darajasi hamda huquqqa nisbatan chuqur hurmatidir. Bu tushunchalar, albatta, davlat va huquq nazariyasining obyekti hisoblanadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, davlat va huquq nazariyasi zamonaviy dunyo taraqqiyoti, sivilizatsiya bilan hamohang harakatlanuvchi muhim ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi nafaqat mamlakatimizda, balki jahon hamjamiyatida yuz berayotgan yangilanish va yuksalishlar ta’sirida rivojlanmoqda. Davlat va huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi umumiylik, o‘zaro aloqadorlik davlat bilan bir qatorda huquq ham jadal takomillashib borayotganligidan dalolat beradi. Huquqqa liberal yondashuv, uning insonlar hayotiga yanada yaqinlashayotganida, adolat va erkinlik g‘oyalarini izchil ifodalayotganligida, fuqarolar manfaatlarini yanada mukammal aks ettirayotganligida namoyon bo‘lmoqda.
Insoniyat ongi va tafakkurining yuksalishi barcha ijtimoiy hodisalar kabi davlat va huquqni ham yangicha talqin etmoqda. Davlatning ham, huquqning ham inson uchun, uning manfaati uchun faoliyat olib borishini fuqarolar tobora chuqur anglab yetishmoqda. Turli tarixiy davrlarda davlat va huquqdan turli guruhlar, tabaqalar yoki alohida shaxslar manfaatining himoyachisi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni bostirish quroli sifatida foydalanilgan bo‘lsa, bugunga kelib ular inson uchun farovon hayotni ta’minlash vositasiga aylanmoqda. Davlatning mohiyatini anglash, huquqqa zamonaviy yondashuv, huquqiy davlatning mazmun-mohiyatini ochish, fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlarini tadqiq etish aynan davlat va huquq nazariyasining vazifasidir. Bu, o‘z navbatida, fanning xususiyatlarini ochib berish bilan bir qatorda, uning ijtimoiy ahamiyatini, dolzarbligini isbotlaydi.


Download 16,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish