ROSSIYADAGI SAYLOVLAR
Reja :
Rossiyada tarixda bo’lib o’tgan saylov
Bugungi kundagi saylov
Inqilobiy harakatning bunday tus olishi Nikolay II ni yon berishga majbur etdi.
U Manifest e’lon qildi. Unda vijdon, so‘z, matbuot erkinligi, yig‘ilish o‘tkazish va turli ittifoqlar tuzish huquqi, shuningdek, qonun chiqaruvchi hokimiyat - Davlat dumasi (parlament)ni joriy etish va’da qilindi.
1905-yilning dekabrida Davlat dumasiga saylov to‘g‘risida qonun qabul qilindi. 1906-yil aprelda 1-Davlat dumasi o‘z ishini boshladi. Duma faoliyatidagi asosiy masala agrar masala edi. Deputatlaming1/4 qismiga yaqini dehqonlar vakillaridan iborat edi. Ular hamma yerlaming dehqonlar o‘rtasida taqsimlanishini taklif etdilar. Bu amalda pomeshik yer egaligining tugatilishini anglatar edi. Nikolay II esa Dumadagi vaziyatdan tashvishda edi. Duma u o‘ylagandek yuvosh bo‘lib chiqmadi. Shuning uchun ham Nikolay II Dumani tarqatib yubordi.
1907-yilning yanvarida 2-Davlat dumasiga saylov o‘tkazildi. Bu Dumada ham agrar masala asosiy masala bo‘ldi. Agrar masala xususida Duma hukumat loyihasini tasdiqlamadi. Hukumat, tez orada, Dumadagi sotsial-demokratlarga davlat to‘ntarishi tayyorlamoqda, deb ayb qo‘ydi va ulami Duma tarkibidan chiqarishni talab etdi. Bu talabga javob berishning cho‘zilib ketganligi bahonasida Nikolay II 3-iyunda yana Dumani tarqatib yubordi. Shu tariqa, birinchi rus inqilobi mag‘lubiyat bilan tugadi. 1907-yil 3-iyunda saylov to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilindi. Chunonchi, bir pomeshchikning ovozi 4 ta yirik burjuaziya vakilining, 260 nafar dehqonning va 543 nafar ishchining ovoziga teng edi.
Rossiya parlamenti ikki palatali parlamentga aylandi. Davlat Kengashi parlamentning yuqori palatasi vazifasini bajardi. Davlat Kengashi a’zolarining 50 foizini imperator tayinlar edi. Hukumat im- perator oldida javobgar edi. Unga ,,veto“ huquqi berildi. Sirtdan qaraganda Rossiya konstitutsiyaviy monarxiyaga aylangandek edi. Aslida, chorizm hokimiyati cheklanmaganligicha qolaverdi va xalqqa ba’zi huquqlar berildi: Ishchilarga kasaba uyushmalariga birlashish huquqi berildi.Ish tashlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish, dehqonlaming esa yer uchun haq to‘lashlari bekor qilindi. Chorizm hokimiyati izmida bo‘lsa-da, vakolatli muassasa - parlament joriy etildi.
Сурат тагсўзи,
Президент Путин Москвалаги Фанлар Академиясида овоз берган.
18 sentyabr kuni Rossiya parlamentining quyi palatasi - Davlat Dumasi deputatligiga, shuningdek, ayrim hududlarda mahalliy rahbarlar va mahalliy parlamentlarga saylovida ovoz berish boshlangan.
Ovoz berish Rossiyaning vaqt farqi kuzatiladigan 11 hududida, shuningdek, mamlakatning xorijdagi elchixonalarida bo'lib o'tgan.
Aksar kuzatuvchilar Prezident Putinning "Yagona Rossiya"si bundan keyin ham Davlat Dumasida aksar o'rinlarni qo'lga kiritishini, shuningdek, hukumat siyosatini qo'llab-quvvatlaydigan partiyalar joy olishini bashorat qilmoqdalar.
Dumadagi deputatlik o'rinlari uchun 14 siyosiy partiya kurashga kirishgani xabar qilingan.
Shu kuni Rossiyaning to'qqiz hududi rahbari, 39 hududi parlamenti a'zolari ham saylanadi.
СУРАТ МАНБАСИ,AP
Rasmiylarga ko'ra, jami 94 mingdan ortiq saylov uchastkasi ochilgan va mamlakat ichkarisi va xorijdagi 111 million 600 Rossiya fuqarosi ovoz berish huquqiga ega insonlar sifatida ro'yxatga olingan.
Rossiya 2 yil oldin Ukraina nazorati ostidagi Qrim yarim orolini anneksiya qilganidan keyin bu hududda ham saylov boshlangan.
Anneksiya hamda Ukraina sharqidagi o'zlarini Donetsk va Lugansk xalq respublikalari deb e'lon qilgan hududlardagi bo'lginchilarni dastaklagani tufayli G'arb Rossiyaga nisbatan sanktsiyalar joriy etgan va Rossiya bilan G'arb o'rtasidagi munosabatlar "Sovuq urush" davrlaridagidek yomonlashgan, Rossiya iqtisodi inqirozni boshidan kechirmoqda.
Biroq jamiyatdagi omma so'rovlari Putinning reytingi hamon yuqori ekanini ko'rsatmoqda.
Bu reyting balandligi 80 foizni tashkil etmoqda.
Kreml ommaviy axborot vositalari va jamiyatdagi norozilik kayfiyatlarini qattiq nazorat qilmoqda, aksar tahlilchilar nazarida muammolardan xoli ovoz berish janob Putin uchun 2018 yildagi prezidentlik saylovida to'rtinchi marta saylanishi uchun yo'l ochadi.
Saylov kunida qator qonunbuzarliklar kuzatilgani haqida shikoyatlar tushgan.
Xususan, Oltoy mintaqasida muxolifatdagi "Yabloko" partiyasi vakili yosh insonlar saylovda qatnasha olmagan keksalar o'rniga qayta-qayta ovoz berishgani haqida xabar qilgan.
СУРАТ МАНБАСИ,AP
Markaziy Saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova, agar bu xabarlar o'z tasdig'ini topadigan bo'lsa, ovoz berish natijalari bekor qilinishini, shuningdek, noto'g'ri axborot tarqatgani aniqlanadigan bo'lsa, shikoyatchilarga nisbatan jinoyat kodeksining tuhmat bandi bo'yicha ish qo'zg'atilishi mumkinligini aytg
Kievdagi Rossiya elchixonasi oldida to'qnashuv yuz bergan.
Toshkentdagi Rossiya elchixonasidagi saylov qutilari shaffof emasligi haqida shikoyatlar ham kelib tushgan.
REFARAT
“ROSSIYADAGI SAYLOVLAR”
Bajardi : Salohiddinova X.
Do'stlaringiz bilan baham: |