rasmiy (legal) sharhni
faqat O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi berishi
mumkin. Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksini sharhlash
yuzasidan
va
uning
u yoki normasini O‗zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga
muvofiq
emasligi
haqida
O‗zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudi sharh berishi mumkin.
Sud tomonidan sharhlash
O‗zbekiston Respublikasi ―Sudlar to‗g‗risida‖gi
Qonunga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi vakolatiga kiradi.
Mazkur Qonunning 17-moddasiga ko‗ra O‗zbekiston Respublikasi Oliy Sudi
Plenumi sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini ko‗rib chiqadi va qonun
hujjatlarini qo‗llash masalalari bo‗yicha tushuntirishlar beradi.
Ilmiy sharhlash
deganda jinoyat huquqi fani mutaxassislari va bu sohada
faoliyat yurituvchi olimlar, ilmiy xodimlar tomonidan O‗zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksini sharhlash tushuniladi. Ilmiy sharhlash rasmiy sharhlashga
qaraganda tavsiyaviy ahamiyat kasb etib, unda olimning jinoyat-huquqiy
normalarga nisbatan o‗z fikrlari bayon etilib sharhlanadi.
Jinoyat kodeksini usuliga ko‗ra sharhlash turlari to‗rtga bo‗linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |