Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Moddiy tarkibli jinoyat
larda esa Jinoyat kodeksi Maxsus qismida nazarda 
tutilgan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishi 
natijasida ijtimoiy xavfli oqibat yuzaga kelishi tamom bo‗lgan jinoyat deb topilishi 
mumkin. Bunda Jinoyat kodeksi 13-moddasida belgilangan: ―agarda ushbu Kodeks 
moddasida jinoiy oqibat yuz berishi bilan jinoyat tamom bo‗lgan deb hisoblangan 
bo‗lsa, jinoiy oqibat yuz bergan payt jinoyat sodir etish vaqti deb topiladi‖ degan 
qoida amal qiladi. Masalan, qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyati 
(109-modda). 
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki 
shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga 
ega, ya‘ni Jinoyat kodeksi kuchga kirguniga qadar muayyan jinoyatni sodir etgan 
shaxslarga, shu jumladan jazoni o‗tayotgan yoki o‗tab bo‗lgan shaxslarga nisbatan, 
agar ular hali sudlangan hisoblansa tatbiq etiladi. 
Jinoyat qonuni amal qilish doirasi va kuchi quyidagi holatlarda bekor bo‗lishi 
mumkin: 1) Jinoyat kodeksi bekor qilinib, uning o‗rniga yangi tahrirda qonun 
qabul qilinsa; 2) Jinoyat kodeksining u yoki bu normasiga o‗zgartish va 
qo‗shimchalar kiritilsa. 
Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi deyilganda yangi qabul qilingan 
qonun kuchga kirgunga qadar sodir etilgan jinoyatlarga eski qonundan farqli 
ravishda qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki 
shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan bo‗lsa, tatbiq etilishiga 
aytiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Jinoyat kodeksi quyidagi holatlarda orqaga 
qaytish kuchiga ega bo‗ladi: 1) qilmishning jinoiyligini bekor qilganda; 2) jazoni 
yengillashtirganda; 3) shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaganda. 
Qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan qonun deganda shaxs tomonidan 
sodir etilgan jinoyat o‗zining ijtimoiy xavflilik darajasini yo‗qotganligi sababli 
jinoyat qonunidan chiqarib tashlanishi tushuniladi. Bunda avval jinoyat deb 
topilgan ijtimoiy xavfli qilmish uchun Jinoyat kodeksida javobgarlik 
belgilanmaydi va shaxs jazoga tortilmaydi. Masalan, Jinoyat kodeksi 187-moddasi 
(Xaridor yoki buyurtmachilarni aldash) O‗zbekiston Respublikasining 2000-yil
15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga asosan qonunda chiqarildi. Buning natijasida 
2000-yil 15-dekabrda Qonun e‘lon qilingan kundan boshlab mulkchilik shaklidan 
qat‘i nazar, aholiga tovar sotish yoki xizmat ko‗rsatish korxonalarida, shuningdek, 
savdo yoki aholiga xizmat ko‗rsatish sohasida yakka tartibdagi mehnat faoliyati 
bilan shug‗ullanadigan shaxslar tomonidan kam o‗lchash, kam tortish, haqdan urib 
qolish yoxud xaridor va buyurtmachilarni boshqacha tarzda aldaganlik uchun 
jinoiy javobgarlik bekor qilindi. 
Jazoni yengillashtiradigan qonun deganda, sodir etilgan aybli ijtimoiy xavfli 
qilmish (harakat yoki harakatsizlik) uchun Jinoyat kodeksida belgilangan jazolarni 
bekor qiluvchi, uning miqdor yoki muddatlarini kamaytiruvchi qonunga aytiladi. 
Masalan, 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasining


24 
2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuniga asosan Jinoyat kodeksida belgilangan 
jazo tizimidan mol-mulkni musodara qilish jazosi chiqarildi. Shuningdek, mazkur 
qonunga muvofiq kiritilgan o‗zgartish va qo‗shimchalarga ko‗ra Jinoyat kodeksi 
Maxsus qism normalari sanksiyalaridagi jazolar muddati va miqdorlari 
o‗zgartirildi. 
Shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun deganda, sodir 
etilgan aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) uchun 
mahkumning jazoni o‗tash sharoitlarini yaxshilaydigan, jinoiy javobgarlik yoki 
jazodan ozod qilish asoslari va turlarini shaxsning foydasiga o‗zgartiradigan, unga 
nisbatan rag‗batlantiruvchi normalarni belgilashni o‗zida aks etgan qonunlar 
tushuniladi. Masalan, 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan ―O‗zbekiston 
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik 
subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal 
rivojlantirish yo‗lidagi to‗siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‗zgartish va 
qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi Qonuniga muvofiq Jinoyat kodeksining
184-moddasi yangi beshinchi qism bilan to‗ldirildi. Unga ko‗ra, birinchi marta 
jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko‗rib chiqish 
natijalari bo‗yicha davlat soliq xizmati organining qarorini olgan kundan e‘tiboran 
o‗ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar, shu jumladan penyalar va 
boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‗rnini to‗liq 
qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinishi qonunda mustahkamlandi. 
Ta‘kidlash joizki, qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni kuchaytiradigan 
yoki shaxsning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga 
qaytish kuchiga ega emas.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish