Ishlab chiqarishni portlash va yong’in xavfliligi bo’yicha kategoriyalari



Download 14,42 Kb.
Sana03.07.2022
Hajmi14,42 Kb.
#735805
Bog'liq
Hujjat (4)


Ishlab chiqarishni portlash va yong’in xavfliligi bo’yicha kategoriyalari. Ishlab chiqarish unda ishlatiladigan yoki saqlanadigan materiallarning yonish xususiyati bo’yicha 6 ta kategoriyaga ajratiladi va ular - A, B, V, G, D, E ko’rinishlarida shartli belgilanadi.

A-kategoriyadagi ishlab chiqarish, portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish bo’lib, unga bug’larining alangalanish harorati 28°S dan kam bo’lgan va havo tarkibida 10 % gacha portlashga xavfli havo yoki materiallar bo’lgan hamda suv, kislorod, havo yoki o’zaro ta’sirda alangalanuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarish kiradi.

B-kategoriya - portlash-yonishga xavfli ishlab chiqarish. Bunga bug’larining alangalanish harorati 28 dan 61°S gacha bo’lgan suyuqliklar. Havo tarkibida 10 % gacha portlashga xavfli siqilgan gaz, changlar bo’lgan, shuningdek 5 % gacha pastki portlash miqdori Npv>65 g/m3 bo’lgan changlar mavjud ishlab chiqarishlar kiradi.

V-kategoriya – yonishga xavfli ishlab chiqarish, alangalanish harorati 61°S dan yuqori bo’lgan suyuqliklar ishlatiladigan va Npe>65 g/m3 miqdordagi yonuvchi chang, gazlar mavjud havo muhiti bo’lgan, shuningdek qattiq yonuvchi materiallar ishlatiladigan ishlab chiqarishlardir.

G-kategoriya - yong’inga xavfli ishlab chiqarish. YOnmaydigan materiallarga issiqlik yoki alanga ta’sirida ishlov berish qo’llaniladigan ishlab chiqarish.

D-kategoriya - yong’inga va portlashga xavfsiz ishlab chiqarish. Bunda yonmaydigan materiallarga sovuq holatda ishlov beriladi (yig’ish, ajratish, yuvish sexlari).

E-kategoriya – portlashga xavfli ishlab chiqarish. YOnuvchi gaz va bino hajmining 5 % miqdorida portlashga moyil changlar bo’lgan ishlab chiqarish. Bunday mo’hitda yong’insiz portlash sodir bo’ladi.

Hosilni yig’ishtirib olishda yong’in xavfsizligi tadbirlarini taminlash uchun javobgarlik ish boshqaruvchilariga, hosilni yig’ishtirish agregatlaridagi o’t o’chirish vositalari va yong’inga qarshi qurilmalarning texnik holati uchun javobgarlik esa ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlariga yuklatiladi.

Korxonaning rahbari har yili buyruq bilan (fermer xo’jalik boshqaruvi qarori bilan) o’rim-yig’im texnikalarini yong’inga qarshi tayyorlashda, yong’in-texnik bilimlarni mustahkamlash uchun o’qishni tashkil etish va sinov qabul qilish, yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo’yicha instruktajlar o’tkazish uchun javobgar shaxsni tayinlaydi.
Hamma xodimlar yong’in - texnik minimumi dasturi bo’yicha o’qitilgan va bu bo’yicha sinov topshirgan bo’lishlarikerak. YOng’in-texnik minimumi sinov natijasi bo’yicha baholash jadvali to’lg’aziladi.


Hosilni yig’ishtirish va ozuqalarni tayyorlashga jalb qilingan barcha ishchi, xizmatchilarga yong’in xavfsizligi tadbirlari haqida instruktaj o’tkaziladi. O’qish va instruktajdan o’tmagan shaxslar bu ishlarga qo’yilmaydi.

Agar o’rilgan donni bir yo’la maxsus saqlanadigan joyga tashib ketish imkoniyati bo’lmasa vaqtinchalik don xirmonlari g’alla maydonidan 100 m, bino va inshootlardan 50 m dan kam bo’lmagan masofada joylashtirilishi zarur. Dala shiyponlari g’alla maydonlaridan, g’aram maydonlaridan 100 m uzoqlikda joylashishi va atrofi 4 m dan kam bo’lmagan kenglikda shudgorlanishikerak. Davlat yong’in nazorati inspektori fermer xo’jaligi bo’yicha ushbu masaladagi mas’ul bilan hosilni o’rib-yig’ib olishda ishlatiladigan texnikalarni qarovdan o’tkazadi. Qarov vaqtida texnikaning sozligi va har bir kombaynni ikkita o’t o’chirgich bilan, 2 2 m o’lchamdagi kigiz, ikkita shvabra va ikkita belkurak bilan, traktorni o’t o’chirgich va belkurak bilan, avtomobillarni o’t o’chirgichlar va bel kuraklar bilan ta’minlanganligi tekshiriladi.
Download 14,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish