Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Jinoyat quroli va vositasi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Jinoyat quroli va vositasi 
– jinoyatchiga jinoyat sodir etilishida 
ko‗maklashuvchi predmetlar. Jinoyat sodir etish quroli va vositasi deganda jinoyat 
obyektga jinoyatchi tomonidan tajovuz qilishda foydalaniladigan moddiy dunyo 
ne‘matlari tushuniladi. Jinoyat quroli ayrim jinoyat tarkiblariga kiritilgan, masalan, 
bezorilik jinoyati (JKning 277-moddasi ikkinchi qismi ―v‖ bandi)da sovuq qurol 
yoki kishining sog‗lig‗i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‗lgan 
narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‗llash bilan qo‗rqitib yoxud 
qo‗llab sog‗liqqa shikast yetkazilishi mumkin. Qurol jinoyat predmeti sifatida 
ayrim jinoyat tarkiblariga kiritilgan, masalan, JKning 247-moddasi (o‗qotar qurol, 
o‗q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof 
ravishda egallash)da nazarda tutilgan jinoyat. 
Agar JK Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasida fakultativ belgilar 
ko‗rsatilmagan bo‗lsa, ular yengillashtiruvchi yoki og‗irlashtiruvchi holat sifatida 
inobatga olinadi (JKning 55, 56-moddalari). 
Jinoyat huquqida vosita tushunchasi ikki xil ma‘noda qo‗llaniladi. Keng 
ma‘noda ―vosita‖ – bu jinoiy maqsadga erishish yo‗lidagi barcha narsalar (bu 
ma‘noda jinoyatchining qilmishi ham tajovuz vositasi sanaladi). Tajovuz 
vositasining maxsus jinoyat-huquqiy tushunchasi esa o‗zida subyekt jinoyat sodir 
etish paytida jinoyat obyektga tajovuz qilishda qo‗llagan tashqi dunyo ne‘matini 
qamrab oladi. 
Qurol – jinoyat sodir etish vositalarining turlaridan biri. Jinoiy qilmishni 
sodir etishda bevosita foydalanilgan har qanday predmet (sovuq va o‗qotar qurol, 
ochqich, buzish quroli va boshq.)lar. 
Shunday qilib, fakultativ belgilar jinoyat huquqida uch xil ma‘noni 
anglatadi. 


73 
Birinchidan, mazkur belgilar modda dispozitsiyasida ko‗rsatilgan hollarda 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta‘sir etadi. Masalan, JKning 169-moddasi 
birinchi qismida o‗zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish, JKning 
166-moddasi birinchi qismida esa o‗zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj 
qilish ko‗rsatilgan. Yashirin va ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish tushunchalari 
o‗g‗irlik va talonchilik jinoyatlarini sodir etish usuli sanaladi. Mazkur jinoyat 
turlari bir-biridan jinoyatni sodir etish usuli bilan farq qiladi. JKning 202-moddasi 
ikkinchi qismida qo‗riqxona hududi, ekologik halokat hududi yoki favqulotda 
ekologik vaziyat yomonlashgan joyda g‗ayriqonuniy ravishda ov qilish uchun 
javobgarlik belgilangan. Mazkur holatda g‗ayriqonuniy ravishda ov qilish uchun 
javobgarlik mazkur jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida ko‗rsatilgan 
hollardagina kelib chiqadi.
Ikkinchidan, fakultativ belgilar JK Maxsus qismi moddalarida kvalifikatsiya 
qilishning belgisi sifatida ko‗rsatilganda majburiy ahamiyat kasb etadi. Masalan, 
JKning 97-moddasi ikkinchi qismida ―j‖ bandida o‗ta shafqatsizlik bilan qasddan 
odam o‗ldirganlik uchun, ―d‖ bandida esa boshqa shaxslarning hayoti uchun xavfli 
bo‗lgan usulda qasddan odam o‗ldirganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan. Har 
ikkala holatda ham qasddan odam o‗ldirishning usuli qilmishni kvalifikatsiya 
qilishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, JKning 97-moddasi ikkinchi qismida 
―z‖ bandida nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‗rlik ishlatib g‗ayritabiiy 
usulda qondirish bilan bog‗liq holda qasddan odam o‗ldirganlik uchun javobgarlik 
nazarda tutilgan. Mazkur holatda jinoyat sodir etish sharoiti kvalifikatsiya qilish 
belgisi sifatida maydonga chiqmoqda.
Uchinchidan, agar fakultativ belgi jinoyat tarkibida asosiy belgi sifatida 
ko‗rsatilmagan bo‗lsa, qilmishni kvalifikatsiya qilishda e‘tiborga olinmasada, 
jazoni og‗irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holat sifatida inobatga olinadi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish