Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


Jinoyatning bevosita obyekti



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Jinoyatning bevosita obyekti
– bu jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan bir 
yoki bir necha o‗xshash obyektning bir qismi bo‗lib, muayyan jinoiy qilmishning 
obyekt vazifasini bajaradi. 
Demak, bevosita obyekt bu zarar yetkazish yoki zarar yetkazish real xAfvini 
keltirib chiqarish bevosita qaratilgan konkret ijtimoiy munosabat. JK Maxsus 
qismida jinoyatlar bevosita obyektga ko‗ra moddalarga ajratilgan. Shundan kelib 
chiqib aytish mumkinki, JK Maxsus qismining konkret moddasi bilan 
qo‗riqlanadigan ijtimoiy munosabat bevosita obyekt hisoblanadi.
Demak, qasddan odam o‗ldirish o‘zga shaxsning hayotiga, odam savdosi – 
shaxsiy erkinlik huquqiga, haqorat – shaxsiy sha‘n va qadr-qimmatga, bosqinchilik 
– mulkka va boshqa ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi. 
Qilmish, shuningdek boshqa ijtimoiy manfaatlarga, jumladan, shaxsning 
himoyalanganlik holatiga, uning sha‘ni va qadr-qimmatiga yoki iqtisodiy 
manfaatlariga ham zarar yetkazishi yoki zarar yetkazish xAfvini tug‗dirishi 
mumkin. Biroq ijtimoiy manfaatlarning barchasi ham qonun chiqaruvchi 
tomonidan jinoyatning bevosita obyekt sifatida belgilanmagan. Ijtimoiy 
manfaatlarning bunday turi yuridik texnika nuqtai nazaridan ham aniqlanadi. 
Jinoyatning aynan bevosita obyektga qarab obyektning gorizontalligiga ko‗ra 
asosiy, qo‗shimcha va fakultativ obyektlarga bo‗linadi. 
Asosiy obyekt 
– bu muayyan jinoyat-huquqiy norma bilan qo‗riqlanadigan 
hamda konkret qilmish orqali zarar yetkaziladigan ijtimoiy munosabat. 
Asosiy obyekt - obyektning boshqa turlariga o‗xshash bo‗lsa-da, mazmun 
jihatidan farqlanadi. 
Shuningdek, bosqinchilik, firibgarlik, o‗zlashtirish yoki rastrata yo‗li bilan 
talon-taroj qilish mulkiy munosabatlarga zarar yetkazadi. Jinoyat huquqida 
―ijtimoiy munosabat‖ deganda mazkur ijtimoiy munosabatlarning barchasi 
tushuniladi. Shunday qilib, jinoyat sodir etgan shaxsning qasdi o‗zganing mulkini 
egallashga qaratilganligi uchun bu harakat o‗zganing mulkini talon-toroj qilish 
sifatida baholanadi, ya‘ni jinoyatning huquqiy tabiati hamda uni to‗g‗ri 
kvalifikatsiya qilish asosi aniqlanadi. 
Agar muayyan shaxs merosga ega bo‗lish maqsadida meros qoldiruvchini 
o‗ldirgan hollarda qilmish tamagirlik niyatida shaxsni hayotdan mahrum qilish 
sifatida baholanadi. Mazkur holatda asosiy bevosita obyekt – hayot – shaxsning 
huquq va erkinliklarini muhofaza qiluvchi ijtimoiy munosabatlar guruhiga mansub. 


56 
Shuningdek, qilmish ham obyektga mos ravishda JKning 97-moddasi ikkinchi 
qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Qo‗shimcha obyekt ikki yoki undan ko‗p obyektni o‗z ichiga olgan jinoyat 
tarkiblari uchun xos.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish