6.2. Jinoyat obyektining turlari
Jinoyat huquqi jinoyat obyektlarini ularning vertikalligi va gorizontalligiga
ko‗ra ikkiga ajratadi.
Vertikalligiga ko‗ra an‘anaviy ravishda, jinoyat obyektining uch turi
farqlanadi: umumiy, turdosh va bevosita. Bu JK Maxsus qismi tuzilishiga
hamohangdir. JK Maxsus qismining turdosh obyektlari bob hamda boblardagi
moddalarga ko‗ra bo‗linadi.
Amaldagi JK tuzilishi birmuncha o‗zgargan. Uning Maxsus qismi bo‗lim va
boblarga ajratilgan. Bunday tuzilishga muvofiq, vertikalligiga ko‗ra jinoyat obyekt
turlari quyidagilardan iborat: umumiy, turdosh, bevosita.
Gorizontalligiga ko‗ra tasniflash bevosita obyekt darajasida amalga oshiriladi.
Unda jinoyat obyektning 3 turi ajratiladi: asosiy, qo‗shimcha va fakultativ obyekt.
Do'stlaringiz bilan baham: |