52
sodir etilgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) u yoki bu qonunga zid
hisoblanadi. Shu bilan birga, jinoyat-huquqiy normaga zarar yetkazilmaydi. Jinoyat
obyektiga esa har doim zarar yetkaziladi yoki zarar yetkazish xAfvi tug‗iladi.
JKning 14-moddasida jinoyatni boshqa huquqbuzarliklardan farqlovchi mezon
keltirilgan bo‗lib, qonun chiqaruvchi boshqa huquqbuzarliklarni jinoyat sifatida
e‘tirof etmaydi. JKning 36-moddasiga ko‗ra garchi JKda jinoyat sifatida nazarda
tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bo‗lsa-da, o‗zining kam ahamiyatliligi
tufayli ijtimoiy xavfli bo‗lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi.
Shu bilan birga, jinoyat qonuni har doim ham ijtimoiy munosabatni jinoyat
obyekt sifatida ko‗rsatmaydi. Bundan
shunday xulosa qilish mumkinki, Jinoyat
huquqi fani va boshqa bilim sohalari nuqtayi nazaridan jinoyat obyekt sifatida
jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan ijtimoiy munosabat e‘tiborga olinadi
9
.
Masalan, ―shaxsiy mulk‖ tushunchasi ijtimoiy munosabat sifatida fuqarolik huquqi
manbalariga tayangan holda aniqlansa, jinoyat qonuni nuqtayi nazaridan esa
nafaqat davlat mulkini, balki mulkning barcha shaklini qamrab oladi.
Jinoyat obyekti tushunchasi jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan ijtimoiy
munosabat sifatida quyidagicha izohlanadi.
Birinchidan
, ijtimoiy munosabat muayyan jinoyat turi uchun jinoiy
javobgarlik o‗rnatadigan norma qabul qilinishi
bilan jinoyat qonuni bilan
qo‗riqlanadigan obyektga aylanadi. Mazkur normada nazarda tutilgan ijtimoiy
xavfli qilmish sodir etilgan holda ushbu ijtimoiy munosabat jinoyat obyekt sifatida
maydonga chiqadi. Jinoyatni har doim ham qilmishning obyektga qarab farqlash
imkoni mavjud bo‗lmaydi; jinoyat sifatida e‘tirof etilgan qilmishning xususiyati va
xavflilik darajasi faqat uning obyekt bilangina emas, balki jinoyat natijasida yuz
bergan oqibatning xususiyati, xavflilik darajasi, jinoyatni sodir etish usul va
vositalari, jinoyat sodir etgan shaxsning qilmishga nisbatan munosabati va boshqa
jihatlariga ko‗ra ham aniqlanadi.
Ikkinchidan
, qonun chiqaruvchi turli sabablarga ko‗ra, JK moddalarida jinoyat
obyektni ayrim hollarda ijtimoiy munosabatning alohida
elementlariga ishora
sifatida ko‗rsatadi. Boshqa hollarda esa tegishli ijtimoiy munosabatni o‗zida aks
ettiruvchi muayyan huquqiy shaklni belgilaydi. JKning 147-moddasida nazarda
tutilgan saylash va saylanish mazkur huquqni amalga oshirishdagi ijtimoiy
munosabat sifatida qaraladi. Qonunning ayrim moddalarida davlat yoki fuqarolar
manfaati ijtimoiy munosabat deb belgilangan. Keltirilganlarning har biri o‗z-
o‗zidan ijtimoiy munosabatni tashkil etib qolmay, boshqa ijtimoiy munosabatlar
bilan birga faqatgina jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan u yoki bu jinoyatning
obyekt sifatida ko‗riladi. Ularning aksariyati ma‘muriy javobgarlik yoki huquqning
boshqa tarmoqlari orqali tartibga solinadi. Bunday munosabatlarga davlat va
jamoat mulki, boshqaruv
yoki ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda shaxsiy huquq va
erkinliklarni amalga oshirish bilan bog‗liq ijtimoiy munosabat kiradi. Shaxsning
sog‗lig‗i, sha‘ni va qadr-qimmati, shuningdek O‗zbekiston Respublikasining
9
Исталин А.Ф. Общая часть уголовного права. Учебное пособие. – М.: ЮИМВД РФ,
2006г. – С. 148.
53
Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan qator mulk shakllarini muhofaza qilishning
maxsus huquqiy vositalari ham ijtimoiy munosabatlarni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: