Yuridik ekspertiza va tadbirkorlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh huquqiy maslahatchisiga talablar



Download 16,01 Kb.
Sana22.06.2017
Hajmi16,01 Kb.
#11825
Yuridik ekspertiza va tadbirkorlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh huquqiy maslahatchisiga talablar
Bosh huquqiy maslahatchi lavozimiga oliy huquqiy ma’lumotga, 2 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan va o‘zbek, rus hamda ingliz tillarini yaxshi ishchi darajasida biladigan shaxs tayinlanadi.
Bosh huquqiy maslahatchi quyidagilarni bilishi zarur: Palata faoliyatini tartibga soluvchi Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi mehnat, fuqarolik, soliq, bojxona va boshqa tarmoqlari asoslari, ichki mehnat tartibi qoidalari, xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari, orgtexnika va Palatada joriy etiladigan dasturlardan foydalanish qoidalari, EDO, Microsoft Word, Excel, Outlook Express, Power Point kompyuter dasturlaridan foydalanish qoidalari.

Bosh huquqiy maslahatchi:

- O‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Bo‘lim boshlig‘i va uning o‘rinbosari topshiriqlarini bajaradi, materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishi, ishlanishi sifati va topshiriqlar bajarilishi ustidan nazorat ta’minlanishiga shaxsan javobgar hisolanadi.

- Palata a’zolari, davlat va xo‘jalik bo‘limlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni o‘rganadi, ularni yuridik ekspertizadan o‘tkazib, ular bo‘yicha tegishli tahliliy va ma’lumotnoma materiallari, ekspert xulosalarini tayyorlaydi.

- Qonunchilik va huquqni tatbiq etish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqib, Bo‘lim boshlig‘i va uning o‘rinbosariga taqdim etadi.

- Palataning hududiy boshqarmalari bilan o‘zaro hamkorlik olib boradi.

- Bo‘lim boshlig‘i va uning o‘rinbosari rahbarligida tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.

- O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik rivojlanishini tartibga solish masalalari bo‘yicha tadbirkorlik doiralari va davlat organlari ishtirokidagi konferentsiyalar, seminarlar va davra suhbatlarida ishtirok etadi.

- Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish masalalari bo‘yicha seminarlar, davra suhbatlari va konferentsiyalarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etadi.

- Xorijda Palataning vakolatxonalari, savdo-investitsiyaviy uylari va boshqa korxona turlarini ro‘yxatdan va akkreditatsiyadan o‘kazish uchun ta’sis va boshqa zarur hujjatlarning loyihalarini tayyorlaydi.

- Tadbirkorlik sub’ektlari, jumladan Palata a’zolarining qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarini tahlil qilish, umulashtiradi va Palata rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

- Palata a’zolariga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish bo‘yicha axborot ko‘magini beradi.

- Qabul qilingan va nashr etilgan qonunchilik hujjatlarining tizimli hisobini yuritadi va qonunchilik bo‘yicha ma’lumotnoma ishlarini olib boradi.

- Palata Ijroiya qo‘mitasining tuzilmaviy bo‘limlari, uning mutaxassislarini me’yoriy-huquqiy hujjatlarning matnlari, shuningdek, qonunchilik bo‘yicha ma’lumotnoma materiallari va axboroti bilan ta’minlaydi.

- OAV, jumladan televidenie va radio uchun materiallar va maqolalar tayyorlaydi.

- Palata a’zolariga huquqiy xususiyatga ega turli masalalar bo‘yicha har tomonlama yordam ko‘rsatadi.

- Tadbirkorlarning yuridik xarakterdagi murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ulardagi masalalarni hal etish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqish va echim topish choralari ko‘rilishi uchun tegishli davlat va xo‘jalik bo‘limi organlari, joylardagi davlat boshqaruvi organlariga yuboradi.

- Xo‘jalik sub’ektlari - Palata a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jumladan, Palata manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha sud ishlarida ishtirok etadi.

- Palata a’zolarining arizalari bo‘yicha sudlar, hakamlik sudlari, xalqaro arbitraj tortishuvlarida ishtirok etadi.

- Palata a’zolariga chet ellik korxonalar bilan huquqiy muammolar va masalalarni hal qilishda Palataning xorijdagi hamkorlari orqali yordam ko‘rsatadi.

- Chet ellik hamkorlar va Palata mijozlariga Palata nizomi va qonunchilikda ko‘zda tutilgan yuridik xizmatlarning barcha turlarini taqdim etadi.

- Palata faoliyati bilan bog‘liq huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi.

- Palataga a’zolik to‘g‘risidagi shartnomalarni tayyorlash va imzolash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.

- Tadbirkorlikni huquqiy tartibga solish masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarning majlislarida Palata rahbariyatini belgilangan tartibda taqdim etadi.



- Xalqaro tashkilotlar bilan huquqiy masalalar va tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish masalalari bo‘yicha hamkorlikda Palata manfaatlarini taqdim etadi.

- Belgilangan tartibda Palata rahbariyati tomonidan unga yuklangan boshqa vazifalar va topshiriqlarni bajaradi.
Download 16,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish