Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

Formal tarkibli 
jinoyatlar obyektiv tomondan faqatgina bitta belgi – 
qilmish (harakat yoki harakatsizlik)dan iborat jinoyat tarkiblari. Formal tarkibli 
jinoyatlar tamom bo‗lgan deb baholash uchun jinoyat qonuni bilan belgilangan 


47 
qilmishni amalga oshirishning o‗zi kifoya, bunda oqibatning yuz berishi shart emas 
(masalan, JKning 139-moddasi – boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar 
tarqatish). 
Formal tarkib 
deganda jinoyat tarkibining shunday turi tushuniladiki, unda 
jinoyat tamom bo‗lgan deb hisoblash uchun qilmishning sodir etilganligining 
o‗ziyoq yetarli bo‗ladi. Qilmish natijasida yuz berishi mumkin bo‗lgan u yoki bu 
oqibatning yuz bergan-bermaganligi bunda ahamiyatsiz. 
Formal tarkibli ijtimoiy xavfli qilmishlar faqatgina ijtimoiy xavfli 
qilmishning sodir etilishi shartligi bilan ajralib turadi. Oqibatning mavjudligi 
huquqiy ahamiyat kasb etmaydi. Boshqacha og‗irroq oqibatning kelib chiqishi 
javobgarlikni og‗irlashtiruvchi belgisi sifatida ahamiyatga ega bo‗lishi mumkin. 
Formal tarkibli jinoyat bu ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi bilan jinoyat tamom 
bo‗lgan deb hisoblanadigan jinoyatdir. Qayd etish lozimki, bu holatda oqibatning 
mavjudligi ahamiyat kasb etmaydi, chunki oqibatning yuz berish-bermasligi 
qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta‘sir etmaydi. Bunday qilmishlarda oqibat 
mavjud bo‗lmasa-da, u uzoq yillar davomida shakllangan jamiyatning ma‘naviy 
qiyofasiga zarar yetkazadi. Bundan tashqari, formal tarkibli jinoyatning obyektiv 
tomoni to‗liq amalga oshirilganligi sababli ham qilmish tugallangan hisoblanadi.
Formal tarkibning asosiy belgilari
. O‗zbekiston Respublikasi JKda boshqa 
MDH davlatlari jinoyat qonunchiligiga o‗xshab formal tarkibli jinoyatlar miqdori 
moddiy tarkibli jinoyatlar miqdoridan birmuncha ko‗p ekanligi faktini inobatga 
olgan holda bu turdagi jinoyatlarning asosiy belgilarini ajratib ko‗rsatish maqsadga 
muvofiq. E‘tiborli jihati shundaki, jinoyat-huquqiy normalarda jinoyat natijasida 
oqibatning yuz berishi holati mavjud bo‗lishi ham, bo‗lmasligi ham mumkin. 
Shunga ko‗ra qonun chiqaruvchi ayrim jinoyat tarkiblarida bunday oqibat mavjud 
bo‗lishini nazarda tutadi. Bunday mazkur holat formal tarkibli jinoyatlar uchun 
asosiy belgi degan xulosa qilish mumkin: oqibatning yuz berishi shart emas. 
Jinoyat ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish bilan tamom bo‗lgan deb hisoblanadi. 
Ayrim hollarda ijtimoiy xavfli oqibat mavjud bo‗lishi ham mumkin. Obyektiv 
tomon to‗liq bajariladi. Albatta, jinoyat huquqining ayrim nazariyotchi olimlari 
mazkur turdagi jinoyat tarkiblarining boshqa jihatlarini ham yoritishadi, biroq so‗z 
yuritilgan jihatlar ham klassik ahamiyatga ega.
Formal tarkibli jinoyatlarga tuhmat (JKning 139-moddasi), haqorat qilish 
(JKning 140-moddasi) va boshqalar misol bo‗la oladi. 
Shuningdek, ko‗pincha formal tarkibli jinoyatga o‗xshash bo‗lgan kesik 
tarkibli jinoyatlar xususida ham so‗z yuritiladi. JKda garchi tushuntirish 
berilmagan bo‗lsa-da, kesik tarikibli jinoyatlar bu jinoyat sodir etishga tayyorgarlik 
ko‗rish paytidayoq tamom bo‗lgan jinoyatlar ekanligini ta‘kidlash lozim. Masalan, 
bosqinchilik jinoyati o‗zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum 
qilingan paytdan boshlab tamom bo‗lgan jinoyat hisoblanadi. 
Kesik tarkibli jinoyatda qilmish oqibatning sababi sifatida real xAfv keltirib 
chiqaradi. Kesik tarkibli jinoyat jinoyatning ilk bosqichi unga tayyorgarlik ko‗rish 
bosqichidayoq tamom bo‗lgan deb topiladi. 


48 
Kesik tarkib
– jinoyatning shunday tarkibiki, qilmishni tamom bo‗lgan deb 
baholash uchun nafaqat oqibatning berishi talab etilmaydi, balki oqibatga sabab 
bo‗luvchi qilmishni oxiriga yetkazish ham talab qilinmaydi (masalan, jinoiy 
uyushma tashkil etish). 
Shunga ko‗ra kesik tarkibli jinoyat tarkibida jinoyat sodir etishga suiqasd 
mavjud bo‗lmaydi, qilmishni amalga oshirishni boshlashning o‗zi tamom bo‗lgan 
jinoyat sifatida baholanadi. 
JK Maxsus qismining tegishli moddalari dispozitsiyalarida to‗g‗ridan to‗g‗ri 
nazarda tutilgan hollarda muayyan tajovuzni amalga oshirishning real imkoniyati 
mavjud bo‗lishi ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishining asosi hisoblanadi va bu 
qilmishni kvalifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga misol sifatida 
JKning 
155-moddasi 
birinchi qismiga ko‗ra xalqaro munosabatlarni 
murakkablashtirish, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, 
xavfsizligi ga putur yetkazish, urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-
siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, aholini qo‗rqitish maqsadida davlat organini, 
xalqaro tashkilotni, ularning mansabdor shaxslarini, jismoniy yoki yuridik shaxsni 
biron bir faoliyatni amalga oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur 
qilish uchun zo‗rlik, kuch ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xAfv tug‗diruvchi 
boshqa qilmishlar yoxud ularni amalga oshirish tahdidi, shuningdek atrof-tabiiy 
muhitni ifloslantirish (JKning 196-moddasi birinchi qismi)ni keltirish mumkin
shaxsni jinoiy javobgarlikka tortishda yerlarni ifloslantirish yoki buzish, suv yoki 
atmosfera havosini ifloslantirish odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, 
hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‗ir 
oqibatlarga sabab bo‗lishining o‗zi yetarli sanaladi. Mazkur ro‗yxat ham mufassal 
emas. 
Tuzilishiga ko‗ra, ya‘ni qonunda tasvirlanishiga ko‗ra jinoyat tarkibi oddiy 
va murakkab turlarga bo‗linadi. 
Oddiy tarkibli jinoyat tarkiblarida tarkibning barcha belgilari bir martadan 
ishtirok etadi. Jinoyatning oddiy tarkibi – bitta qilmishni tasvirlovchi qismlardan 
iborat bo‗ladi, ya‘ni bitta obyekt, aybning bitta shakli, bitta qilmish, bitta oqibat. 
Masalan, JKning 97-moddasi birinchi qismida bitta obyekt – boshqa shaxsning 
hayotini muhofaza qiluvchi ijtimoiy munosabat, aybning bitta shakli – qasd, bitta 
qilmish – boshqa shaxsni g‗ayriqonuniy ravishda hayotdan mahrum qilish, bitta 
oqibat – inson o‗limi mavjud. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish