2 soat Reja : Shaxsning biogenetik va sotsiogenetik nazariyalari



Download 287,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana06.07.2022
Hajmi287,97 Kb.
#747069
  1   2   3


7-Mavzu. Shaxs psixologiyasi va uni kasbga yo‘llash. muomila 
texnikasi. 
(2 soat) 
Reja : 
1.
 
Shaxsning biogenetik va sotsiogenetik nazariyalari.
2.
 
Shaxsning tuzilishi.
3.
 
Shaxs faolligi va yo'naltirilganligi.
4.
 
Kasbiy shakllanish tarixi.
5.
 
Muomala psixologiyasi xaqida tushuncha 
Tayanch iboralar :
Shaxs, individ, individuallik, faollik, faoliyat, motiv, 
qiziqishlar, shaxsning shakllanishida ta'sir qiluvchi omillar, shaxs sifatlari. 
«Shaxs» tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Shaxsni u yoki bu yo’nalishda 
bir qator fanlar: falsafa, tarix, pedagogika, sotsiologiya, tibbiyot va psixologiya 
o’rganadi.
Kasbiy psixologiya fani boshqa fanlardan farqli o’laroq, shaxsning ichki dunyosini, 
boshqacha qilib aytganda, uning ruhiy jarayonlarini, hissiy-irodaviy holatlarini, 
individual psixologik xususiyatlarini tadqiq qiladi. Psixologiya fanida shaxs 
muammosini o’rganish bo’yicha turli nazariyalar mavjud bo’lib, ularga biogenetik, 
sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalitik, bixevioristik kabi 
qarashlar, yondashuvlar kiradi. 
Biogenetik nazariya 
negizida insonning biologik rivojlanishi bosh omil
 
sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat 
kasb etadi, ular bilan o’zaro aloqalar tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, 
taraqqiyotning bosh maqsadi - biologik determinantlarga (aniqlovchilariga) 
qaratiladi va ularning mohiyatidan sotsial-psixologik xususiyatlar kelib chiqadi. 
Taraqqiyot jarayonining o’zi avval biologik rivojlanishning universal bosqichi 
sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi 
Biogenetik qonuniyat F. Myuller va E. Gekkellar tomonidan kashf qilingan bo’lib, 
ular ushbu qonuniyat taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilish hamda 
antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq, 
inson organizmining 
individual va 
tarixiy 
taraqqiyoti 
munosabatlarini 
tushuntirishda qo’pol xatolarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, biogenetik qonuniyatga 
ko’ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat 
tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan 
g’oya yotadi. 
Psixologiya tarixida biologizmning yaqqol ko’rinishi Z. Freydning shaxs talqinida 
o’z ifodasini topgan. Uning ta‘limotiga binoan, shaxsning barcha xatti-harakatlari 
(xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlar bilan shartlangan, ayniqsa, u jinsiy 
(seksual) maylga (libidoga) bog’liqdir. Bunga o’xshash biologizatorlik omillari 
inson xulqini belgilovchi birdan- bir mezon yoki betakror turtki vazifasini bajara 
olmaydi. 


Sotsiogenetik nazariya. 
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi
 
sotsiogenetik nazariya hisoblanadi. Sotsiogenetik yondashuvga binoan, shaxsda 
ro’y beradigan o’zgarishlar jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) 
usullari, uni qurshab turgan odamlar bilan o’zaro munosabati vositalaridan kelib 
chiqqan holda tushuntiriladi. Ijtimoiylashuv nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur 
sifatida tug’ilib, hayotning ijtimoiy shart-sharoitlarining bevosita ta‘siri ostida 
shaxsga aylanadi. 
Kognitivistik yo’nalish.
Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, 
Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.J. Piajening intellekt nazariyasi ikkita 
muhim jihatga ajratilgan bo’lib, u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari 
ta‘limotini o’z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari uyushqoqlik 
(tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko’nikish)dan iborat bo’lib, intellektning 
funksional invariantligi deb yuritiladi.Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining 
quyidagi bosqichlarni ajratadi: 
1)
sensomotor intellekti (tug’ilishdan to 2 yoshgacha); 
2)
operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshgacha); 
3)
muayyan operatsiyalar davri (7-8 yoshdan 11-12 yoshgacha); 
4)
formal (rasmiy) operatsiyalar davri. 
J. Piajening g’oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-
genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo’nalishning namoyandalari qatoriga 
L. Kolberg, D. Bromley, Dj. Birrer, A. Vallon, G. Grimm va boshqalar kiradi. 
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o’rganishga Rossiyalik 
atoqli olimlar L. S. Vigotskiy, P. P. Blonskiy, S. L. Rubinshteyn, A. N. Leontev, 
B. G. Ananev, A. G. Kovalev, L.I.Bojovichlar o’zlarining salmoqli hisslarini 
qo’shganlar. Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz.A. 
G. Kovalevning fikricha, shaxs - ijtimoiy munosabatlarning ham obekti, ham 
subekti. A. N. Leontevning tushuntirishicha, shaxs faoliyat subektidir. K. K. 
Platonov jamiyatda o’z vazifasini anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni 
shaxs deb ataydi. Bu muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan S. L. 
Rubinshteynning ta‘rificha, shaxs tashqi ta‘sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi, ichki 
shart-sharoitlar mahsulidir. 
A. V. Petrovskiyning quyidagi ta‘rifini shaxsning psixologik ta‘rifi sifatida qabul 
qilish mumkin: «O’z mehnati tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan, jamiyatda 
rivojlanuvchi va odamlar bilan til yordamida munosabatga kirishuvchi odam 
shaxsga voqelikni beruvchi hamda faol o’zgartiruvchi subektga aylanadi». 
Ko’rinib turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan 
yondashib, unga har xil ta‘rif berishgan. 
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta‘rif berish mumkin. 

Download 287,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish