Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

 
 
7.1. Jinoyatning obyektiv tomoni tushunchasi
 
Jinoyatning obyektiv tomoni O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 
Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasiga asoslangan jinoyat tarkibining muhim 
elementlaridan biri hisoblanadi. 
Jinoiy huquq nazariyasida jinoyatning obyektiv tomoni bir muncha 
murakkab va keng ko‗lamli tushuncha sanaladi. Bu jinoyatning tashqi tomonidir, 
uning tadqiq qilinishi jinoyat tarkibining nafaqat mazkur elementini, balki boshqa 
elementlari va belgilarini aniqlashga ham imkon beradi. 
Jinoyatning obyektiv tomoniga ko‗ra obyekt, subyektiv tomon, ba‘zan esa 
jinoyat subyektini ham aniqlash mumkin. 
Jinoiy javobgarlikning vujudga kelishi uchun shaxsning jinoyat sodir etishni 
niyat qilishi yetarli emas; javobgarlik fikr va xohish uchun emas, balki qilmish 
uchun vujudga keladi. Shu jihatdan jinoyatning obyektiv tomoni muhim 
ahamiyatga egadir. 
Jinoyatning obyektiv tomoniga jinoyat tarkibining zaruriy elementlaridan 
biri sifatida tushuncha berishdan avval jinoiy jazoga sazovor qilmish sifatida 
jinoyat o‗zida nimani aks ettirishini aniqlab olish lozim bo‗ladi. 
Qilmish inson ijtimoiy xavfli xulq-atvorining tashqi ko‗rinishini belgilovchi 
umumiy atama. U ijtimoiy xavfli xulq-atvorning tashqi ifodasiga ko‗ra 
farqlanuvchi ikki shaklni o‗z ichiga oladi. O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksi 14-moddasi ikkinchi qismida qilmish harakat (faol xulq-atvor) yoki 
harakatsizlik (shaxsning sodir etishi zarur va shart bo‗lgan harakatni sodir 
etmaslikda ifodalanuvchi passiv xulq-atvor) shakliga ega bo‗lishi mumkinligi 
tushuntirilgan. Harakatning tashqi tomon xususiyatiga ko‗ra, faol yoki nofaol 
bo‗lishdan tashqari u ongli ravishda amalga oshirilgan bo‗lishi ham lozim. 
Qilmishga xos mazkur ikki xususiyatdan kelib chiqib, ayrim hollarda sodir etilgan 
harakatlarni jinoyat sifatida baholamaslikni ham taqozo etadi: u yoki bu harakatni 
amalga oshirish imkonining mavjud emasligi (masalan, jismoniy zo‗rlik yoxud 
yengib bo‗lmas kuch ta‘sirida), shuningdek sodir etilgan qilmishning ongli 
ravishda amalga oshirmaslik (masalan, reflektor harakatlar, aqli noraso yoki jinoiy 
javobgarlikka tortish yoshiga yetmagan shaxsning harakatlari). 
Jinoyat qonuni bilan qo‗riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar 
yetkazish uchun inson tashqi jihatdan namoyon bo‗luvchi, atrofdagilar tomonidan 
idrok qilinishi mumkin bo‗lgan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishi lozim. 
Masalan, shikast yetkazish, o‗zgalarning mol-mulkini talon-toroj qilish, mansabdor 
shaxsga pora berish kabilar.


63 
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasi mazmunidan 
kelib chiqqan holda, qayd etish mumkinki, jinoyatning obyektiv tomoni 
jinoyatning tashqi jihatdan namoyon bo‗lishi, jinoiy qilmishni amalga oshirishni 
ifodalaydi. Ya‘ni, jinoyatning obyektiv tomoni jinoyat qonuni bilan 
qo‗riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki zarar yetkazishning 
real xAfviga ega bo‗lishi lozim. Obyektiv tomonga qilmishning o‗zi, uning 
ijtimoiy xavfli oqibatlari, qilmish va oqibatlari o‗rtasidagi sababiy bog‗lanish, 
shuningdek jinoyat sodir etish usullari, quroli (vositalari), vaqti, joyi va sharoitlari 
kiradi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish