64
qilmishning tashqi tomonini ifodalovchi belgilar yig‗indisi
12
.
Shunga muvofiq,
jinoyatning obyektiv tomoni o‗zida jinoiy qilmishning tashqi tomon belgilarini
ifoda etib, uning natijasida atrof-muhitda salbiy o‗zgarish kuzatiladi. Shuningdek,
jinoyatning obyektiv tomoni jinoyat tarkibining shunday elementiki, u jinoyat sodir
etishda bevosita ko‗zga tashlanadi hamda oson tadqiq etiladi.
Mazkur holatni hisobga olgan holda qonun chiqaruvchi, birinchi navbatda,
jinoyatning aynan obyektiv tomoni belgilarini birmuncha mufassal bayon etishga
harakat qiladi. Jinoyatning obyektiv tomonini tahlil
qilmasdan turib shaxs sodir
etgan qilmishda jinoyat tarkibi bor-yo‗qligi haqida xulosa chiqarish mushkul.
Jinoyat obyektiv tomonining noaniq bayon etilishi jinoiy javobgarlikka tortish
chegarasining asossiz kengayishiga yoki shaxsning noqonuniy javobgarlikka
tortilishiga olib kelishi mumkin. Sud amaliyotida jinoyat qonuni bilan
qo‗riqlanuvchi ijtimoiy munosabatlarga kam ahamiyatli zarar yetkazganlik uchun
jinoiy javobgarlikka tortish holatlari uchrab turadi. Shu asnoda, JKning 36-
moddasida garchi JKda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari
mavjud bo‗lsa-da, o‗zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‗lmagan
harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmasligi to‗g‗risidagi
qoida
mustahkamlanganligini eslatib o‗tish joiz.
Jinoyatning obyektiv tomoni har bir jinoyat sodir etilgan hollarda jinoyat
tarkibining boshqa elementlarida mustaqil ravishda zaruriy belgi ekanligini e‘tirof
etgan holda uning yakka o‗zi mustaqil jinoyat-huquqiy ahamiyatga ega emasligini
ta‘kidlash lozim. Qilmishni jinoyat sifatida baholash uchun jinoyat tarkibining
boshqa elementlari ham mavjud bo‗lishi kerak. Jinoyatning obyektiv tomoni
to‗g‗risida bildirilgan fikrlarni jamlagan holda unga xos bo‗lgan quyidagi ayrim
jihatlarni qayd etish muhim.
Birinchi jihat shunda namoyon bo‗ladiki, obyektiv tomon jinoyat sodir
etilishining
tashqi belgisi, ya‘ni jinoyatning tashqi holati bo‗lib, unda jinoyat
obyektga qaratilgan qasdning obyektiv belgilari (shartlari)ning barchasi mujassam
bo‗ladi hamda jinoyat-protsessual qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda
aniqlanadi hamda isbotlanadi.
Ikkinchi jihat shundaki, ko‗rsatib o‗tilgan har bir belgilar ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‗lib, u yoki bu jinoyatning ijtimoiy xavfi hamda xususiyatini
ifodalaydi.
Uchinchi jihat esa muayyan jinoyatning obyektiv
tomoni belgilari sifatida
namoyon bo‗lishida ifodalanadi hamda bunda tegishli jinoyat turining haqiqatda
sodir etilishi mumkin bo‗lgan cheksiz ehtimolliklarni jamlab ko‗rsatadi. Mazkur
jihat konkret jinoyat tarkibining obyektiv tomonini jinoyatning obyektiv
tomonidan farqlash lozimligini taqozo etadi.
To‗rtinchi jihat shundaki, jinoyat tarkibining obyektiv tomon belgilari
huquqiy ahamiyatga ega belgilar bo‗lib,
birinchidan, ular jinoyat qonunida,
ikkinchidan JK Maxsus qismi moddalari dispozitsiyasida, blanket dispozitsiya
bo‗lganda esa boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan bo‗ladi.
12
Якубов А.С., Кабулов Р. и др. Уголовное право. Общая часть: Учебник – Т.: Академия
МВД Республики Узбекистан, 2004. – С. 39.
65
Shunday qilib, obyektiv tomon jinoiy xulq-atvorning tashqi tomonini ifoda
etib, o‗zida muayyan joy, vaqt va sharoitni jamlaydi. Jinoiy qasd shakllanishining
dastlabki bosqichi harakat yoki harakatsizlik hisoblanadi.
Moddiy tarkibli
jinoyatlar uchun asosiy belgi – ijtimoiy xavfli oqibat (qilmish harakat yoki
harakatsizlik shaklida bo‗lishi mumkin). Moddiy tarkibli jinoyatda jinoyatning
ijtimoiy xavfli harakat (harakatsizlik) bosqichidan ijtimoiy xavfli oqibat yuz
bergunga qadar bo‗lgan rivojlanish bosqichida qilmish va oqibat o‗rtasidagi
sababiy bog‗lanish jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy belgisi sanaladi.
Joy, vaqt, usul, sharoit, jinoyat sodir etish quroli va vositasi jinoyat obyektiv
tomonining fakultativ belgilari sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: