58
Bunday vaziyatlarda agar mulk boshqa jinoyat predmeti hisoblansa qonun
chiqaruvchi ushbu mulkning xususiyati va sifati ko‗rsatkichlarini aniqlashtiradi.
Masalan, JKning 227 va 228-moddalarida nazarda
tutilgan jinoyat predmeti
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning qat‘iy hisobidagi hujjatlari, shtamplari,
muhrlari, blankalari, shuningdek avtomototransport vositalarining va ular
tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilari hisoblanadi. Agar
jinoyat predmetiga xos bunday belgi muayyan jinoyat ishi bo‗yicha o‗z tasdig‗ini
topmasa aynan mazkur belgilar nazarda tutilgan jinoyat bo‗yicha jinoyat tarkibi
mavjud emas deb hisoblanadi.
Alohida hollarda jinoyat predmeti band solingan yoki xatlangan mulk bo‗lishi
mumkin. Harbiy jinoyatlarda esa jinoyat predmetini harbiy mulk tashkil etishi ham
mumkin.
Bir qancha jinoyat tarkiblarida qonun chiqaruvchi jinoyat predmetining belgi
va xususiyatini jinoyat-huquqiy normaning o‗zida ko‗rsatib ketishi va uni
tushuntirishi ham mumkin. Masalan, JKning 176-moddasida qalbaki pul,
aktsiz
markasi yoki qimmatli qog‗ozlar yasash, ularni o‗tkazish uchun jinoiy javobgarlik
belgilangan. Ushbu moddaning dispozitsiyasida qonun chiqaruvchi jinoyat
predmeti sifatida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aktsiz
markalar, shuningdek qimmatli qog‗ozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el
valyutasidagi qimmatli qog‗ozlarni tushuntiradi.
Muayyan jinoyat predmeti fuqarolik muomalasidan chiqarilgan bo‗lishi ham
mumkin. Masalan, kontrabanda jinoyati (JKning 246-moddasi) predmeti kuchli
ta‘sir qiluvchi zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar,
radioaktiv materiallar,
portlatish qurilmalari, qurol-yarog‗, o‗qotar qurol yoki o‗q-dorilarni, shuningdek
giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm,
separatizm va aqidaparastlikni targ‗ib qiluvchi materiallar, yadroviy, kimyoviy,
biologik va ommaviy qirg‗in qurolining boshqa turlari, shunday qurollarni
yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‗lgan
material va moslamalar,
radioaktiv materiallar bo‗lishi mumkin.
JKning 247-248-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning predmeti o‗qotar
qurol, o‗q-dorilar, portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari hisoblanadi.
JKning 252–254-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarning predmeti
radioaktiv
materiallar,
JKning
270–276-moddalarida
nazarda
tutilgan
jinoyatlarning predmeti narkotik vositalari yoki ularning analoglari sanaladi.
Transport vositalari ham jinoyat predmeti bo‗lishi mumkin. JKning
264-moddasida temir yo‗lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo
kemasini olib qochish yoki egallab olish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
2007-yilda JKda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun
javobgarlik nazarda tutilgan XX
1
bob kiritildi. Bunday jinoyatlarning predmeti
axborot tizimlari, ma‘lumotlar bazalari va banklari, shuningdek komputer virus
dasturlari (JKning 278
1
-278
6
moddalari) hisoblanadi.
Davlat sirini tashkil etuvchi ma‘lumotlar aks
etgan hujjatlar ham jinoyat
predmeti sanalashi mumkin. Shuningdek, rasmiy hujjatlari, shtamplar, muhrlar,
59
blanklar ularni qalbakilashtirish bilan bog‗liq jinoyatlarda ular jinoyat predmeti
hisoblanishi mumkin.
Ayrim hollarda hayvonot olami yoki uning bir qismi ham jinoyat predmeti
hisoblanishi mumkin (JKning 202-moddasi).
Ekologiya sohasidagi jinoyatlar bobi (XIV bob)da o‗simlik va hayvonlar ham
jinoyat predmeti hisoblanishi mumkin.
JKning 215-moddasida O‗zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‗iston
Respublikasining Davlat bayrog‗i, Davlat gerbi yoxud madhiyasiga hurmatsizlik
qilish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bunday hollarda predmetga xos
bo‗lgan belgilar, tegishli davlatni ajratib turuvchi atributlarni ko‗rsatish
majburiy
hisoblanadi.
Umuman olganda, aksariyat jinoyatlar natijasida shaxsga jismoniy yoki ruhiy
zarar yetkaziladi. Jinoyat-protsessual qonunchiligiga muvofiq bunday shaxs
jabrlanuvchi deb topiladi. Jinoyat huquqida ham xuddi shu atama qo‗llaniladi.
Biroq uni jinoyat predmeti sifatida ko‗rsatish to‗g‗ri emas. Insonning murdasi
jinoyat predmeti sifatida e‘tirof etilishi mumkin. JKning 134-moddasida qabrni
yoki murdani tahqirlaganlik, shuningdek murdadagi, qabr ustidagi yoki ichidagi
narsalarni olganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Jinoyat predmetini jinoyat quroli va vositasidan farqlash lozim. Agar jinoyat
sodir etishda tashqi dunyo moddiy ne‘mati biror jinoyatni sodir etishda
qo‗llanilgan bo‗lsa, u jinoyat quroli yoki vositasi hisoblanadi. Masalan,
bosqinchilikda quroldan foydalaniladi. Agar o‗qotar
qurolni talon-toroj qilish
jinoyati sodir etilgan bo‗lsa, bunda o‗qotar qurol jinoyat predmeti sanaladi.
Jinoyat predmeti jinoyat tarkibining zaruriy belgisi bo‗lib kelganda jinoiy
javobgarlikning asosini tashkil qiladi. Bunday hollarda shaxsni javobgarlikka
tortish uchun jinoyat predmetini aniqlash va o‗rnatish muhim ahamiyatga ega.
Ayni shu holat jinoyat tarkibi zaruriy belgisining jinoiy-huquqiy ahamiyatini
ko‗rsatadi.
Jinoyat predmeti, shuningdek sodir etilgan qilmishni to‗g‗ri kvalifikatsiya
qilish hamda o‗xshash jinoyat tarkiblari o‗rtasidagi farqni ajratishga ham xizmat
qiladi. Masalan, o‗qotar qurolni o‗g‗rilash qilish – jamoat xavfsizligi ga qarshi
jinoyat. Suv ostida ov qilish qurolini o‗g‗irlash – o‗zganing mulkini talon-torj
qilish jinoyati.
Do'stlaringiz bilan baham: