2.6. Jinoyat qonunini sharhlash
Qonunni sharhlash deganda jinoyat qonunini tushuntirish, uning mazmunini
ochib berish va undagi atamalar ma‘nosiga aniqlik kiritish tushuniladi. Qonunni
sharhlash o‗z ichiga ikki elementni qamrab oladi, bular: 1) qonun mazmunini ochib
berish; 2) uni qo‗llovchi amaliyot xodimlariga tushuntirish. Qonunni sharhlash
uning bir xilda qo‗llanishi va undagi bo‗shliqlarni to‗ldirishga xizmat qiladi.
Jinoyat huquqi nazariyasida qonunni sharhlash bir qator turlarga ajratilgan va
turlicha tasniflangan. Jumladan, jinoyat qonuni sharhlar turlarining quyidagicha
tasniflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |