21
2.5. Jinoyat qonunining hudud va vaqt bo„yicha amal qilish doirasi
Jinoyat qonunining hudud va vaqt bo‗yicha amal qilishi doirasi va qoidalari
Jinoyat kodeksining 11–13-moddalarida belgilangan. Jinoyat qonunining hudud va
vaqt bo‗yicha amal qilishi uning qaysi davlat hududi, qanday tartib va qoida
asosida qo‗llanilishini ifodalaydi.
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 11-moddasi birinchi qismida
hududiylik prinsipi belgilangan bo‗lib,
unga muvofiq, O‗zbekiston hududida
jinoyat sodir etgan shaxs Jinoyat kodeksi bo‗yicha javobgarlikka tortiladi. Demak,
shaxsning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsiy va
ijtimoiy mavqeyi, fuqaroligidan qat‘i nazar, O‗zbekiston hududida jinoyat sodir
etsa, O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan javobgarlikka tortiladi.
Shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat O‗zbekiston Respublikasi hududida
sodir etilganligini belgilovchi bir qator shartlar mavjud. Ularga agar qilmish: a)
O‗zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‗xtatilgan bo‗lsa; b)
O‗zbekiston hududidan tashqarida sodir etilib, jinoiy oqibati esa O‗zbekiston
hududida yuz bergan bo‗lsa; c) O‗zbekiston hududida sodir etilib,
jinoiy oqibati
esa O‗zbekiston hududidan tashqarida yuz bergan bo‗lsa; d) bir necha
qilmishlardan iborat yoki boshqa qilmishlar bilan birgalikda sodir etilgan bo‗lib,
uning bir qismi O‗zbekiston hududida yuz bergan bo‗lsa, O‗zbekiston hududida
sodir etilgan jinoyat deb topiladi. Shunday ekan, shaxs tomonidan sodir etilgan
jinoyat O‗zbekiston hududida boshlangan, tamomlangan yoki to‗xtatilganidan qat‘i
nazar va sodir etilgan jinoyatning oqibati yoki uning bir qismi O‗zbekiston
hududida yuz bergan bo‗lsa, O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan
javobgarlik belgilanadi.
O‗zbekiston Respublikasi hududi turli xil makonda bo‗lishi mumkin.
Jumladan, quruqlik, suv, havo va yer ostida.
Jinoyat kodeksi 11-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq
O‗zbekiston bayrog‗i ostidagi yoki O‗zbekiston portida ro‗yxatga
olingan havo,
dengiz yoki daryo kemasida O‗zbekiston hududidan tashqarida bo‗lib, chet el
davlati hududi hisoblanmagan joyda jinoyat sodir etilsa, bunday jinoyat uchun
Jinoyat kodeksi bo‗yicha javobgarlikka tortiladi. Amaldagi qonunlar, xalqaro
shartnomalar yoki bitimlarga muvofiq chet el fuqarolarining javobgarligi
to‗g‗risidagi masala O‗zbekiston Respublikasi sudlariga tegishli bo‗lmasa, ular
O‗zbekiston Respublikasi hududida
jinoyat sodir etgan holda, xalqaro huquq
normalariga muvofiq hal qilinadi.
O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 12-moddasida kodeksning
O‗zbekiston hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan amal
qilishi belgilangan. Moddaning birinchi qismiga ko‗ra O‗zbekiston Respublikasi
fuqarolari, shuningdek O‗zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‗lmagan
shaxslar, basharti boshqa davlat hududida sodir etgan jinoyat uchun o‗sha davlat
sudining hukmi bilan jazolangan bo‗lmasa, ushbu kodeks bo‗yicha javobgarlikka
tortiladilar. Mazkur qoida jinoyat qonunining ayb uchun javobgarlik prinsipini ham
o‗zida ifoda etadi. Chunki O‗zbekiston
Respublikasi fuqarolari, shuningdek
22
O‗zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar O‗zbekiston
hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan bo‗lsa ham, boshqa davlat sudining
hukmi bilan javobgarlikka tortilmagan bo‗lsa, O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksi bilan javobgarlikka tortiladilar.
O‗zbekiston Respublikasining ―O‗zbekiston Respublikasining fuqaroligi
to‗g‗risida‖gi Qonunining 9-moddasi hamda Jinoyat kodeksining 12-moddasi
ikkinchi qismiga muvofiq O‗zbekiston fuqarosi chet el davlati hududida sodir
etgan jinoyati uchun, agar xalqaro shartnomalar yoki
bitimlarda boshqacha hol
nazarda tutilmagan bo‗lsa, ushlab berilishi mumkin emas.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‗lmagan shaxslarga nisbatan jinoyat qonunining
amal qilish doirasi ko‗rsatilgan. Jinoyat kodeksining 12-moddasi uchinchi qismiga
muvofiq chet el fuqarolari, shuningdek O‗zbekiston hududida doimiy
yashamaydigan fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar O‗zbekiston hududidan tashqarida
sodir etgan jinoyatlari uchun faqat xalqaro shartnomalar yoki bitimlarda nazarda
tutilgan hollardagina ushbu kodeks bo‗yicha javobgarlikka tortiladilar.
O‗zbekistonda yashab turuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar
O‗zbekiston qonunlari va xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollardan
tashqari teng huquq va majburiyatdan foydalanadilar. Demak,
yuqoridagilardan
kelib chiqib, chet el fuqarolarining huquqiy maqomi O‗zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari hamda umume‘tirof etilgan xalqaro normalarda belgilanadi.
Qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi ana shu qilmish sodir etilgan
vaqtda amalda bo‗lgan qonun bilan belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar agar ularning
o‗zida kechroq muddat
ko‗rsatilmagan bo‗lsa, ular rasmiy e‘lon qilingan kundan e‘tiboran kuchga kiradi.
O‗zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi 1994-yil 22-sentabrda
qabul qilingan bo‗lib, shu kunda rasman e‘lon qilingan. Chunki, rasmiy e‘lon
qilinmagan qonun asosida hech kim hukm qilinishi, jazoga tortilishi yoki biron-bir
huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas. E‘tiborli tomoni Shundaki, Jinoyat
kodeksi 1994-yil 22-sentabrda
qabul qilinishiga qaramasdan, 1995-yil 1-apreldan
kuchga kirgan. Demak, 1995-yil 1-apreldan boshlab sodir etilgan jinoyatlar
faqatgina yangi tahrirdagi O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan tartibga
solinadi.
Jinoyat huquqida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqtni aniqlash muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunki jinoyat sodir etilgan vaqt tamom bo‗lgan jinoyat
sifatida e‘tirof etiladi va amaldagi Jinoyat kodeksi bo‗yicha tartibga solinadi.
Jinoyat huquqida jinoyat sodir etilgan vaqt formal yoki moddiy tarkibli
jinoyatlar ko‗rinishida bo‗lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: