1)
mutlaq-muayyan;
2) nisbiy-muayyan; 3) alternativ (muqobil); 4) kumulyativ.
Mutlaq-muayyan sanksiya
o‗zida jinoiy jazo tizimidagi jazoning muayyan
bir turini va uning bir muddati yoki miqdorini aks ettiradi. Sanksiyaning bunday
turi amaldagi Jinoyat kodeksida o‗z aksini topmagan.
Nisbiy-muayyan sanksiya
o‗zida jinoiy jazo tizimidagi jazoning muayyan
turini ifodalab, mutlaq-muayyan sanksiyadan farqli ravishda muayyan jazoning bir
qancha muddatlari yoki miqdorini o‗zida ifodalaydi. Masalan, Jinoyat kodeksi 118-
moddasining birinchi qismi sanksiyasi: ―uch yildan yeti yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi‖.
Do'stlaringiz bilan baham: |