TILSHUNOSLIK FANINING O`RGANISH OB`YEKTI.
Reja:
1. Tilshunoslik fanining o'rganish obyekti, maqsadi va vazifalari.
2. Til ijtimoiy hodisa sifatida.
3. Tillarning paydo bo'lishi, shakllanishi va rivojlanishi.
4. Arxeologik va antropologik izlanishlar.
1. Tilshunoslik fanining o`rganish obyekti, maqsadi va vazifalari.
Yer yuzida minglab tillar mavjud (ba’zi manbalarda 3000dan ortiq, ba’zilarida esa 7000dan ortiq deb beriladi). Bu tarkibga keng tarqalgan tillardan tashqari, hozirda muomaladan chiqib ketgan o‘lik tillar, kichik qabilalarning yozuvi yo‘q bo‘lgan tillari, yo‘qolib borayotgan tillar va ayni paytda sheva darajasidan mustaqil til darajasiga chiqayotgan tillar, sun’iy tillar va h.k. kiritiladi. Biroq ularning aniq sonini belgilashning iloji yo‘q, chunki til dinamik hodisa hisoblanib, doimiy o‘zgarishlarga uchrab turadi. Odatda yer yuzida qaysidir til yo‘qolib borayotgani qayd qilinsa, qaysidir til vujudga kelayotgani to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin. Tillarning ko‘p soniga qaramasdan, biz “til” haqida – yagona inson tili haqida so‘z yuritamiz. Mavjud tillar orasidagi ulkan farqlarning qayd qilinishiga qaramay, ularning o‘rtasidagi ko‘plab umumiy jihatlarni kuzatish mumkin.
B u qiziq!
Tilshunoslik (lingvistika) – tillarni (barcha mavjud tillarni, qachonlardir mavjud bo‘lgan tillarni va kelajakda paydo bo‘luvchi tillarni), shuningdek, umuman inson tilini o‘rganuvchi fan.
Tilshunoslik xususiy va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat. Xususiy tilshunoslik ma’lum bir tilning yoki qarindosh tillar guruhining (masalan, turkiy tillar) lug‘at tarkibi, fonetik sistemasi va grammatik qurilishi, shuningdek, tarixiy taraqqiyot yo‘llarini o‘rganadi va bir tilni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Umumiy tilshunoslik esa undan farqli holda, tilning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyatini, jamiyatdagi o‘rni, vazifasini, taraqqiyot yo‘llarini, til bilan tafakkurning bir-biriga uzviyligini, barcha tillarning o‘zaro munosabatini o‘rganadi hamda tillarni tekshirish usullarini yaratadi.
“Tilshunoslikka kirish” fani tilning boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rni, tuzilishi, uning taraqqiy etish qonuniyatlarini, til haqidagi fanning asosiy tushunchalarini o‘rganadi, talabalarni tilshunoslik fanida qo‘llaniladigan terminlar, tushunchalar tizimi bilan tanishtiradi. Bu “Umumiy tilshunoslik” fanining dastlabki bosqichi bo‘lib, murakkab til hodisalari va ularning qonuniyatlarini to‘g‘ri anglab yetish, qarindosh va qarindosh bo‘lmagan tillar guruhlarini bir-biriga solishtirib, tilning lug‘at tarkibi, fonetik tizimi va grammatik qurilishini ilmiy asosda chuqur o‘rganish uchun nazariy va amaliy jihatdan zamin yaratishga xizmat qiladi.
O‘rganish sohasi nuqtai nazaridan tilshunoslik ikki katta guruhga ajratiladi:
Ushbu yo‘nalishlar asosida tilshunoslikning quyidagi tarmoqlari yuzaga kelgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |