1) grammatik; 2) tizimli; 3) tarixiy; 4) mantiqiy.
Jinoyat qonunini
grammatik sharhlash
deganda uni adabiy til qoidalari va
qonunchilik texnikasiga muvofiq sharhlash tushuniladi.
Jinoyat qonunini
tizimli sharhlash
deganda, uning normalarini boshqa
jinoyat qonuni normalari bilan yoki boshqa huquq sohalari bilan taqqoslab sharh
berilishiga aytiladi.
Tarixiy sharhlash
huquq normasi qabul qilingan davlatda norma qabul
qilinishiga sabab bo‗lgan holatlarni aniqlash asosida sharh berilishiga aytiladi.
Mantiqiy sharhlashda
esa har qanday huquqiy norma mantiq qoidalari
asosida sharhlanishiga aytiladi.
MAVZU BO„YICHA XULOSA
Mazkur mavzuning yuridik texnikum o'quvchilar tomonidan o„rganilishi
jinoyat qonuni tushunchasi, jinoyat qonunining tuzilishi va tizimi, jinoyat qonunini
liberallashtirish va uning bosqichlari, jinoyat qonuni normasi tushunchasi,
tuzilishi va turlarini bilishi, jinoyat qonunining hudud va vaqt bo„yicha amal qilish
doirasini tegishli normasiga qo‟llashi hamda jinoyat qonunini sharhlashning
o„ziga xos jihatlarini yuridik tahlil qilish malakasiga ega bo„lishi lozim.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |