Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

 
 
 
 
 
 
 
Sudlanganlikni olib tashlash to‗g‗risidagi iltimosnoma ko‗rib chiqilayotganda 
iltimosnoma kim haqida berilgan bo‗lsa, ushbu shaxs sud majlisida qatnashishi 
shart va himoya huquqi bilan ta‘minlanadi. Sudlanganlikni olib tashlash rad etilsa, 
sudyaga bu masalaga doir qayta iltimosnoma rad etilgani haqida ajrim chiqqan 
kundan boshlab kamida bir yil o‗tgandan keyin kiritilishi mumkin. 
Jazoni yengillashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar deganda, shunday 
qilmish uchun aybdorga nisbatan yengilroq jazoni nazarda tutuvchi me‘yorlar 
yig‗indisi nazarda tutiladi. Jumladan: ilgari tayinlangan jazo turini yengilroq 
jazoga almashtirish; sanksiyadan bir yoki bir nechta asosiy yoki qo‗shimcha jazoni 
chiqarib tashlashni nazarda tutish; asosiy yoki qo‗shimcha jazoning eng ko‗p 
yoxud eng kam qismini pasaytirish; asosiy jazoni o‗zgartirmasdan fakultativ 
xarakterdagi jazo tayinlash; sanksiyaga yengilroq bo‗lgan muqobil jazo turini 
kiritish; yetkazilgan moddiy zarar qoplangan taqdirda, ozodlikdan mahrum qilish 
bilan bog‗liq bo‗lmagan jazo tayinlashni nazarda tutish kabi hujjatlar. 
Sodir etilgan jinoiy qilmish uchun qonun doimo jinoiy javobgarlikni emas
balki boshqa jinoiy oqibatlarni ham nazarda tutadi. Jinoyat kodeksiga muvofiq 
shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilashga qaratilgan normativ-huquqiy 
me‘yorlar ham ―orqaga qaytish kuchi‖ga ega. Xususan, bunga shaxsning ahvolini 
yaxshilaydigan jinoyat tasnifining o‗zgarishi, shartli ravishda ozod qilish 
shartlarining o‗zgarishi, sudlanganlik muddatining tugashi yoki olib tashlanishi 
shartlarining o‗zgarishi, shartli hukm qilishda sinov muddatining qisqarishi, jinoiy 
javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish muddatining o‗zgarishi va boshqalarni 
ko‗rsatish mumkin. Aybdorning huquqiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan me‘yor 
sifatida jabrlanuvchi va boshqa tomonlarning kelishuvi bilan javobgarlikdan ozod 
qilishni ko‗zda tutuvchi JKning 66-1-moddasini misol keltirish mumkin. 
Shaxsning huquqiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan me‘yorlarning barcha 
variantlarini mustahkamlashning imkoni yo‗q, chunki JKda faqat umumiy qoidalar 
bayon etilgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar har qanday holatda qonun 
me‘yorlarning jinoyat sodir etgan shaxsning huquqiy ahvoliga ta‘siri masalasini 
aniqlashlari shart.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish