Sudya yordamchisi : Turing sud kelyapdi.
Sudya: Salom aleykum, o’tiringlar!
Bugun 20__ yil aprel oyining __ kuni Jinoyat ishlari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahri o’z binosi ochiq sud majlisida, sudga ayblanib kelgan ____ _____ ______ ga nisbatan , O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 orqali 97- moddasi 1-qismi bilan ayblash haqidagi jinoyat ishini ko’rib chiqamiz.
Marhamat!
Sud majlisiga kimlar kelgan ?
Sudya yordamchisi : Hurmatli raislik qiluvchi, sud majlisiga Prokuror, Himoyachi, Jabrlanuvchi, Guvohlar tashrif buyurganlar va sudlanuvchi olib kelingan.
Sudya: Sud tarkibi e’lon qilinadi!
Raislik qiluvchi sudya: Bekberganov
Xalq maslahatchilari: _______ va ________ dan iborat hay’at.
Sud majlisi bayonnomasini yurituvchi sudya yordamchisi : ______ _______
Shahar prokurori yordamchisi: __________
Sudlanuvchi: _____ va uning himoyachisi advokat : __________ ishtirokida.
Tarkibga e’tirozlar bormi ? Hurmatli taraflar?
Advokat: E’tiroz yo’q.
Sudya: Sudlanuvchi marhamat!
Ism familiyangiz
Sudlanuvchi: _____ ______ ______ 1994- yil 11-iyun kuni Nukus shahrida tug’ulganman.
Sudya: Millatingiz?
Sudlanuvchi: Millatim O’zbek
Sudya: Ma’lumotingiz?
Sudlanuvchi: O’rta maxsus
Sudya: Turmush qurganmisiz?
Sudlanuvchi: Turmush qurmaganman.
Sudya: Muqaddam sudlanganmisiz?
Sudlanuvchi: Sudlanmaganman
Sudya: Ehtiyot chorasi tariqasida 2021-yil 23-iyundan buyon qamoqda saqlanmoqdasiz. Ayblov xulosasi nusxasini olganmisiz?
Sudlanuvchi: Olganman
Sudya: Marhamat shaxs bo’yicha taraflarda savol bormi?
Advokat: Hozircha yo’q.
Sudya: Sud tergovi boshlanishiga qadar iltimoslar bormi?
Advokat: Yo’q.
Sudya: Marhamat o’rtoq prokuror:
Prokuror: ___________ _____ 20__- yil __ iyun kuni, soat 04:55 larda Nukus shahar A.Dosnazarov ko’chasida joylashgan ,Million tungi klubida bo’la turib, spirtli ichimliklar ichgan, mast holda jabrlanuvchi B.____ bilan o’rtalarida kelib chiqqan ziddiyatli vaziyat oqibatida, B. ____ ni qasdan o’ldirish maqsadida, yonida bo’lgan yig’ma pichoq bilan uni chap ko’krak sohasiga bir marta zarb berib, biroq shu joyda turgan odamlar uni harakatlarini oldini olish choralarini ko’rib, B.Aliyevga o’z vaqtida tibbiy muolajalar ko’rsatilganligi bois jinoiy maqsadini o’ziga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra oxiriga yetkaza olmasdan suiqasd qilgan. B.Turaqovga O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ko’deksi 25 orqali 97- moddasi 1-qismida nazarda tutigan jinoyatni sodir etganlikda ayb e’lon qiligan.
Do'stlaringiz bilan baham: |