Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


XIX BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOIY JAVOBGARLIGINING



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

XIX BOB. VOYAGA YETMAGANLAR JINOIY JAVOBGARLIGINING 
XUSUSIYATLARI 
 
 
Mazkur mavzuni yuridik texnikum o'quvchilar tomonidan o„rganilishi 
voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining o„ziga xos xususiyatlari, voyaga 
yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jazo turlari va miqdori hamda voyaga 
yetmaganlar jinoiy javobgarligining o„ziga xos jihatlarini tahlil qilish imkonini 
beradi.
 
19.1. Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligining o„ziga xos xususiyatlari
Voyaga yetmagan shaxsning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun 
zarur qonunchilik bazasini, shart-sharoitlarni yaratish, ularning huquqlari himoya 
qilinishini ta‘minlash davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Ushbu faoliyatga bevosita aloqador BMTning ―Bola huquqlari to‗g‗risida‖gi 
konvensiyasiga O‗zbekiston 1992-yil 9-dekabrda qo‗shildi va ushbu hujjat 
qoidalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarini izchillik bilan bajarib kelmoqda. 
Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 45-moddasida 
―Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‗iz keksalarning huquqlari 
davlat himoyasidadir‖, deb qayd etilgan. Voyaga yetmaganlarning jismoniy va 
psixologik rivojlanishini e‘tiborga olgan holda qonun chiqaruvchi voyaga 
yetmaganlarning jinoiy javobgarligiga oid normalar belgilashda insonparvarlik 
hamda odillik prinsiplariga rioya etgan holda ularning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini jinoyat-huquqiy jihatdan muhofaza qilgan. 
Jumladan, 1994-yilda qabul qilingan O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat 
kodeksini ishlab chiqishda ham voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi masalasiga 
alohida e‘tibor qaratilgan.
Ayrim yuridik adabiyotlarda voyaga yetmaganlar ikki turkumga bo‗linadi: 
-
o‗n to‗rt yoshdan o‗n olti yoshgacha bo‗lgan shaxslarni kichik yoshdagi 
voyaga yetmaganlar; 
-
o‗n olti yoshdan o‗n sakkiz yoshgacha bo‗lganlarni katta yoshdagi 
voyaga yetmaganlar. 
Mazkur turdagi bo‗linish Jinoyat kodeksining 86-moddasida ham aks etgan 
bo‗lib, ular voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi 
jazoni tayinlashda farqlanadi: 
-
jinoyat sodir etish paytida o‗n uch yoshdan o‗n olti yoshgacha bo‗lgan 
shaxslarga nisbatan; 
-
jinoyat sodir etish paytida o‗n olti yoshdan o‗n sakkiz yoshgacha bo‗lgan 
shaxslarga nisbatan. 


231 
O‗zbekiston Respublikasining jinoyat qonunchiligiga ko‗ra, jinoiy 
javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi o‗n uch yosh hisoblanadi.
Fuqarolik qonunchiligi mazmuniga ko‗ra shaxs 18 yoshga to‗lganda voyaga 
yetgan hisoblanadi
32
.
Voyaga yetmagan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishning xususiyatlari JK 
Umumiy qismi VI bo‗limida o‗z aksini topgan. Jinoyat qonunchiligida voyaga 
yetmagan shaxsga jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik belgilashda qonun 
chiqaruvchi tomonidan uning yoshi, o‗ziga xos fiziologik va intellektual 
rivojlanishi, o‗z xatti-harakatlarining mohiyatini anglash qobiliyati va boshqa 
omillar hisobga olingan. 
JK 17-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etgunga qadar o‗n olti yoshga 
to‗lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Lekin o‗n sakkiz 
yoshga to‗lgunga qadar jinoyat sodir etgan shaxslar umumiy qoidalarga muvofiq 
javobgarlikka tortilsalar-da, ularga jazo belgilashda voyaga yetmaganlar 
javobgarligining xususiyatlari hisobga olinadi. Shuningdek, voyaga yetmaganlar
ularning harakatlarida faqat JK 17-moddasida ko‗rsatib o‗tilgan moddalardagi 
jinoyat tarkibi mavjud bo‗lgan hollardagina javobgarlikka tortilishi mumkin. 
JK 17-moddasiga ko‗ra, umumiy jinoiy javobgarlik yoshi 16 yosh qilib 
belgilangan bo‗lsa-da, qasddan odam o‗ldirganliklari uchun 14 yoki 
og‗irlashtiruvchi holatlar mavjud bo‗lsa, jinoiy javobgarlikka 13 yoshdan ham 
tortilishi mumkinligi belgilangan. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan 
jinoyatlarni tergov qilish, ularga nisbatan turli majburlov hamda jazo choralarini 
tayinlashda uning bu yo‗lga qayta kirmasligi, qilmishdan afsuslanish kabi 
jihatlarga alohida e‘tibor qaratilib, bu holatni bartaraf etishda jazolash emas, balki 
tarbiyalash, keyingi jinoyatlarning oldini olish, uning zararlangan ongini davolash 
muhimroq degan g‗oyaga amal qilinadi. 
Negaki, voyaga yetmagan shaxs har doim ham o‗z harakatlarining ijtimoiy 
ahamiyatini anglamaydi, ba‘zan esa ularning haqiqiy xarakterini tushunib yetmaydi 
va bu harakatlarning oqibatini oldindan ko‗ra bilmaydi. Biroq ayrim hollarda 
qonun chiqaruvchi voyaga yetmagan shaxslarni barvaqt jinoiy javobgarlikka 
tortilishi lozimligi haqidagi qoidani ham o‗rnatgan. Jumladan, jinoyat sodir 
etgunga qadar o‗n uch yoshga to‗lgan shaxslar javobgarlikni og‗irlashtiruvchi 
holatlarda qasddan odam o‗ldirganliklari (97-moddaning 2-qismi) uchun 
javobgarlikka tortiladi.
Voyaga yetmagan jinoyatchilar o‗zining yoshiga ko‗ra, muayyan ijtimoiy-
psixologik, psixofiziologik rivojlanish jamiyatga moslashuv darajasi va boshqa 
xususiyatlariga ega. Shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan qo‗shimcha 
jazolar tayinlanishi mumkin emasligi belgilangan.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish