Toshkent davlat yuridik universiteti jinoyat huquqi


 Voyaga yetmaganlarni jinoiy jazodan ozod qilish tushunchasi va



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/313
Sana01.02.2022
Hajmi2,29 Mb.
#422858
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   313
Bog'liq
№8. Jinoyat huquqi

20.2. Voyaga yetmaganlarni jinoiy jazodan ozod qilish tushunchasi va 
jinoyat-huquqiy tavsifi 
Jazodan ozod qilish shaxsni jinoyat sodir qilgandan keyin kelib chiquvchi 
ijtimoiy xavfli oqibatlardan ozod qilishdir. Jinoyat sodir qilgan shaxsni jazodan 
ozod qilishning mohiyati jinoyat sodir qilishda aybdor deb topilib, ayblov hukmi 
chiqarilib, aniq jazo tayinlanib, so‗ngra bu jazodan to‗liq yoki qisman ozod qilish, 
uni tayinlangan jazo turidan kelib chiqib sudlangan yoki sudlanmagan deb 
topilishiga sabab bo‗luvchi jinoyat qonunining rag‗batlantiruvchi choralarining 
qo‗llanishida ifodalanadi. 
Jazodan ozod qilishning ijtimoiy ahamiyati shundaki, jinoyat sodir qilgani 
uchun sudlangan shaxslarga nisbatan jazodan ko‗zlangan maqsadga erishilgani, 
birinchi 
navbatda, 
mahkumlarni 
tarbiyalash, 
jinoiy 
javobgarlikni 
individuallashtirish va differensiatsiyalashuviga ko‗mak berib, jazo tayinlangan 
shaxslarni bosqichma-bosqich jamiyatga moslashib borishini ta‘minlaydi. SHu 
sababdan ham jinoyat qonunida jazodan ozod qilishning har xil turlari nazarda 
tutilgan. 
Jazodan ozod qilish instituti insonparvarlik prinsipini o‗zida aks ettiruvchi 
rag‗batlantiruvchi xususiyatga ega bo‗lgan normalar majmuini ifodalaydi.
Jumladan, amaldagi jinoyat qonunchiligida voyaga yetmaganlarni jazodan 
ozod qilish masalasiga ham alohida o‗rin berilgan. Xususan, Jinoyat kodeksining 
87-moddaning ikkinchi qismida agar sodir etgan qilmishining xususiyatlari, 
aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini e‘tiborga olib, uni jazo 
qo‗llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelinsa sud jazodan ozod 
qilish to‗g‗risidagi masalani quyidagilarga nisbatan ko‗rib chiqadi: 
-
besh yildan ko‗p bo‗lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi 
tayinlash nazarda tutilgan uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyatni birinchi marta sodir 
etgan voyaga yetmagan shaxs; 
-
ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga 
yetmagan shaxs. 
Voyaga yetmagan shaxslarni jinoiy jazodan ozod qilish quyidagi usullarda 
amalga oshiriladi: 
-
jazoni o‗tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish; 
-
jazoni yengilrog‗i bilan almashtirish. 
Jazoni o‗tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning asosiy xususiyati 
bu mahkumning axloqan tuzalish yo‗liga o‗tganligi hisoblanadi.


241 
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazoni o‗tash muddatidan ilgari shartli 
ozod qilish – mahkumni tuzalishi uchun muhim omil bo‗lib, ijobiy tarbiyaviy ta‘sir 
etadi, jazoni ijro etish muassasalarida tartib va tarbiyani ta‘minlashning muhim 
vositasi. Sud hukmi bilan tayinlangan jazo muddatidan oldinroq ozod bo‗lish 
mumkinligini bilish, mahkumning muddatidan oldin normal ijtimoiy hayotga va 
oilaga qaytishni istashi jazoning tarbiyaviy ta‘sirini kuchaytiradi.
 
Voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazoni o‗tashdan muddatidan ilgari 
shartli ravishda ozod qilish tartibini qo‗llashning quyidagi shartlari mavjud: 
-
jinoyat shaxs o‗n sakkiz yoshga to‗lmasdan oldin sodir etilishi; 
-
sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga 
hukm qilinganligi; 
-
sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm 
qilinganligi; 
-
sodir etilgan jinoyat uchun axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazoga hukm 
qilinganligi. 
Jinoyat kodeksining 89-moddasiga muvofiq jazoni o‗tashdan muddatidan 
ilgari shartli ravishda ozod qilish ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash 
yoki axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoida 
talablarini bajargan mehnat va o‗qishga halol munosabatda bo‗lgan mahkumga 
nisbatan qo‗llanilishi belgilangan. 
Jinoyat kodeksining 89-moddasiga muvofiq quyidagi asoslar mavjud 
bo‗lganda voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazoni o‗tashdan muddatidan ilgari 
shartli ravishda ozod qilish qo‗llaniladi: 
1.
Ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan yoki uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyat 
uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‗rtdan bir qismi; 
2.
Og‗ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir 
qismini haqiqatda o‗tab bo‗lganidan keyin; 
3.
O‗ta og‗ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati 
uchun, agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum 
etishga hukm qilingan bo‗lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini 
haqiqatda o‗tab bo‗lganidan keyin. 
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish qo‗llanilgan shaxs 
jazoning o‗talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga 
nisbatan bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlaydi. 
Voyaga yetmagan shaxslarni jinoiy jazodan ozod qilishning yana bir shakli 
bu jazoni yengilrog‗i bilan almashtirish hisoblanadi. Jinoyat kodeksining
90-moddasiga ko‗ra
 
o‗n sakkiz yoshga to‗lguncha sodir etgan jinoyati uchun 
ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishiga hukm 
qilingan shaxsga nisbatan jazoning o‗talmagan qismi yengilroq jazo bilan 
almashtirilishi mumkin. 
Ta‘kidlash kerakki, voyaga yetmagan shaxsni jinoiy jazodan ozod qilishda 
jazoni yengilrog‗i bilan almashtirish ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash 
yoki axloq tuzatish ishi tariqasidagi jinoiy jazo turlari uchun belgilangan tartib-


242 
qoida talablarini bajargan hamda mehnat yoki o‗qishga halol munosabatda bo‗lib 
kelayotgan mahkumga nisbatan qo‗llaniladi. 
Shuningdek, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazoning o‗talmagan 
qismini yengilrog‗i bilan almashtirish: 
- ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan yoki uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyat uchun 
tayinlangan jazo muddatining kamida beshdan bir qismi; 
- og‗ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida to‗rtdan bir 
qismi; 
- o‗ta og‗ir jinoyat uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, 
agar shaxs ilgari qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga 
hukm qilingan bo‗lsa, tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini 
o‗tab bo‗linganidan keyin amalga oshirilishi mumkin. 
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning 
o‗talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari 
ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o‗talmagan qismi 
muddatiga tayinlanadi. 
Jinoyat kodeksining 90-moddasiga ko‗ra jazo yengilrog‗i bilan 
almashtirilgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazoning tegishli qismi o‗tab 
bo‗linganidan keyin jazoni o‗tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish 
qoidasiga muvofiq voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jazodan muddatidan ilgari 
shartli ravishda ozod qilish qo‗llanilishi mumkin. 
Jazo yengilrog‗i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‗talmagan qismi 
mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud unga nisbatan bir necha hukm 
yuzasidan jazo tayinlash qoidasiga muvofiq jazo tayinlaydi. 

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish