talabiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy emas deb topilishiga sabab
bo‘ladi. FKning 112-moddasiga asosan, bunday shartnoma o ‘z-o‘zidan
haqiqiy hisoblanmaydi. Agar shartnoma yozma ravishda tuzilgan, ammo
taraflardan biri uni davlat ro‘yxatidan o'tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa
tarafning talabi bilan bitimni FKning 112-moddasi, 3-qismiga
binoan
ro‘yxatdan o'tkazishga haqlidir. Shartnomani Davlat ro‘yxatidan o'tkazishdan
asossiz bosh tortgan taraf shartnomani tuzishni kechiktirganligi tufayli
yetkazilgan zarami ikkinchi tarafga to‘lashi lozim.
Shartnomadagi taraflar tomonidan ushbu talablarga rioya qilmaslik
oqibatlariga nisbatan FKning 113-114-moddalarida belgilangan qoidalar
qo'llaniladi.
Mutlaq huquq egasi tomonidan sanoat mulki obyektidan boshqa
shaxsga foydalanish uchun litsenziya shartnomasi haqidagi kelishuvi
albatta yozma ravishda tuzilishi shart. Bunda FKning 107-moddasi va
1037-moddasi talablariga rioya qilinishi lozim. Bunday talab asosiy litsenziya
shartnomasi uchun ham, sublitsenziya (qo'shimcha
litsenziya, hosila yoki
ikkilamchi litsenziya) shartnomasi uchun ham taalluqlidir.
Yozma ravishda tuzilgan litsenziya shartnomasi Davlat Patent
idorasida ro'yxatdan o'tkazilishi shart. Bunda shartnoma shartlari qonunga
muvofiqlik nuqtayi nazaridan va alohida hollarda maqsadga muvofikdik
nuqtayi nazaridan baholanadi. Ro'yxatdan o'tkazish rad etilganda tegishli
tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Litsenziya shartnomasi ro'yxatdan o'tkazilgandan keyingina yuridik
kuchga ega bo'ladi, taraflarda shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlar
vujudga keltiradi.
Agar litsenziya shartnomasi taraflaridan
biri asossiz ravishda
shartnomani ro'yxatdan o'tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning
talabi bilan shartnomani ro'yxatdan o'tkazish haqida FKning 112-
moddasi, 3-qismiga asosan qaror chiqarishga haqli. Shartnomani Davlat
ro'yxatidan o'tkazishdan asossiz bosh tortgan taraf shartnomani
tuzishni kechiktirganligi uchun yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga
to'lashi lozim.
Litsenziya shartnomasi tuzishda taraflar tomonidan ushbu talablarga
rioya qilmaslik shartnomaning FKning 112-moddasi, 1-qismiga asosan
o'z-o'zidan haqiqiy sanalmasligiga sabab bo'ladi. Bunda vujudga keladigan
huquqiy oqibatlarga nisbatan FKning 113-114-moddalarida belgilangan
qoidalar qo'llanadi.
FKning 1090-moddasida sanoat mulki obyektiga nisbatan huquqiy
muhofaza hujjati — patent asosida amal
qiluvchi mutlaq huquqlarni
buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan. Ushbu javobgarlikning
vujudga kelish asoslari FKning 24-bobi moddalarida nazarda tutilgan
qoidalarda mujassamlashgan.
Patent egasining mutlaq huquqdarini buzish, eng avvalo, muhofaza-
lanayotgan obyektdan boshqa shaxslar beruxsat foydalanayotganlarida
namoyon bo'ladi. Shu sababli ham patent egasi birinchi navbatda
qoidabuzardan huquq buzilishi harakatlari to'xtatilishini talab qilishga
haqlidir.
Sanoat mulki obyektiga nisbatan patent egasining huquqlarini
buzgan
qoidabuzar patent egasiga yetkazilgan zarar o'rnini qoplashi shart. Zarar
to‘la hajmda to'lanishi lozim. Yetkazilgan zarar moddiy yoki ma’naviy
ko'rinishlarda bo'lishi mumkin. Moddiy zarar patent egasi tomonidan
sanoat mulki obyektlaridan foydalanish asosida ishlab chiqarilayotgan
mahsulot patent egasi huquqlari buzilishi oqibatida bozorda o'tmay qolishi,
narxining pasayishi va shu kabilarda namoyon bo'lishi mumkin. Bunday
holat nafaqat mahsulot chiqarishda, balki xizmat ko'rsatish sohasida
ham ro'y berishi mumkin. Ma’naviy zarar patent egasi huquqlarini buzish
natijasida uning kasb-kor nufuziga, mutlaq huquq sohibi sifatida holatiga
putur etishida namoyon bo'ladi. Bunday ma’naviy
zarar pul bilan
qoplanishidan tashqari, sud huquqbuzar zimmasiga patent egasining
ishbilarmonlik mavqeini qayta tiklash maqsadida sud qarorini o'z
hisobidan e’lon qiddirish majburiyatini yuklashi mumkin.
Patent egasi ko'rilgan zararning qoplanishi o'rniga qoidabuzar
tom on id a n patent egasi h u qu qlarin i buzish n atijasida (y a ’ ni
muhofazalanayotgan sanoat mulki obyektlaridan ruxsatsiz foydalanish
orqali) olgan barcha daromadlarini undirib olishga haqli. Bunday holda
patent egasi zararning qoplanishini talab qilishga haqli emas. Binobarin,
zararni qoplash yoki daromadlarni qaytarish al’ternativ
javobgarlik
choralari hisoblanadi, ularning qaysi birini qo'llashni tanlash huquqi
patent egasiga taalluqlidir.
FKning 1040-moddasida mutlaq huquqni himoya qilishning quyidagi
usullari ham nazarda tutiladi:
—
mutlaq huquqlarni buzishga ko'maklashgan moddiy obyektlami
va bunday huquqbuzarlik asosida yaratilgan mahsulotlarni olib qo'yish.
Olib qo'yilgan ushbu moddiy obyektlar patent egasining talabi
bo'yicha huquqbuzarning hisobidan yo'q qilib yuborilishi yoki patent
egasi ixtiyoriga berilishi mumkin.