emas, balki tegishli davlat organi tomonidan beriladigan maxsus himoya
hujjati orqali muhofaza etiladigan obyektlaridan sanaladi.
To‘rtinchidan,
garchi, seleksiya yutuqlari patent bilan muhofaza
etilsada, ular intellektual mulkning patent huquqi instituti obyekti
hisoblanmaydi. T.E.Kaudo' rovning
fikricha, seleksiya yutuqlari sanoat
mulki (ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari) obyekti hisoblanadi1.
A.P.Sergeevning fikricha, seleksiya yutuqlari intellektual mulkning
an’anaviy institutlari (mualliflik
huquqi va turdosh huquqlar, patent
huquqi, fuqarolik muomalasi ishtirokchilari va ular ishlab chiqarayotgan
mahsulotni shaxsiylashtiruvchi vositalar)dan o'zining muhofaza etilayotgan
obyekti huquqiy tartibga
solinishi bilan farq qilib, intellektual mulkning
noan’anaviy obyekti hisoblanadi2.
Noan’anaviy obyekt atamasi shartli ravishda ishlatilgan bo'lib, ilmiy-
ijodiy faoliyat nafaqat adabiyot va san’at, sanoat mulki sohasida balki,
ijtimoiy turmushning boshqa sohalarida ham
olib boriladi va ana shu
sohalardagi (masalan, seleksiya yutuqlari bilan birga topologik-integral
mikrosxemalar, xizmat va tijorat sirlari) ijodiy va ilmiy mehnat natijalari
intellektual mulkning an’anaviy obyektlaridan farq qilishligi uchun ulami
umumiy
institutga birlashtirib, shartli ravishda intellektual mulkning
noan’anaviy obyektlari deb yuritiladi.
Beshinehidan, seleksiya yutuqlarini yaratish davlat nazorati va qo'llab-
quwatlashi ostida amalga oshiriladi hamda davlatning maxsus me’yoriy
hujjatlari bilan davlat organlariga seleksiya yutuqlarini yaratish va shu
sohada ilmiy tadqiqotlar o'tkazishni tashkillashtirish topshirig'i yuklatiladi
Masalan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 28-
iyundagi “ Boshoqli don ekinlarini navlar bo'yicha
joylashtirishni
takomillashtirish, ularning seleksiyasi va urug'chiligini yaxshilashga doir”
qaroriga muvofiq boshoqli don ekinlari navlarini yangilash va ulami navlarga
ko'ra joylashtirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha doimiy
ishlovchi respublika komissiyasining asosiy vazifalari jumlasiga: ilmiy-tadqiqot
institutlari, tajriba stansiyalari, idoraviy bo'ysunishidan qat’iy nazar nav
sinash uchastkalarining
faoliyatini tahlil qilish, seleksionerlar va
urug'shunoslami rag'batlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash, kiritiladi.
1 Каудыров T.E. Гражданско-правовая охрана объектов промышленной
собственности в Республике Казахстан. Автореф.дисс....док. юрид..наук. -Алматы,
2002. -13 с.
2 Гражданское право. /Под ред. Ю.К.Толстого, А.П.Сергеева. Т. 3. -М.: Проспект. -
1998. -20 с.