2-§. Patentga bo‘lgan huquq va shaxsiy huquqlar
Patentga bo'lgan huquqni tasarruf etish huquqlarning yuridik
taqdirini belgilashni anglatadi. Mutlaq huquq sohibi bu huquqlarni shaxsan
o'zi amalga oshirishi, boshqa har qanday shaxslarga to'liq yoki qisman
haq baravariga (litsenziya berish, sotish) yoki tekin (hadya qilish)
o'tkazishga haqli.
Patentga bo'lgan huquq o'z tarkibiga, doirasiga xilma-xil huquqlarni
qamrab oladi. Bu huquqlarning majmui patentga bo'lgan huquqni tashkil
etadi. FKning 1034-moddasida patentga bo'lgan huquqlarning asosiy turlari
belgilab qo'yilgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
a)
patent olish huquqi. Qonunning 9-moddasiga asosan tubandagilar
sanoat mulki obyektiga huquqiy muhofaza yorlig'i (patent) olishga haqli:
sanoat mulk ob’etining muallifi (hammualliflari) yoki uning (ularning)
merosxo'rlari;
muallif yoki uning huquqiy vorisi tomonidan patent, dastlabki
patent yoki guvohnomaga oid talablarda yoxud sanoat mulki obyekti
Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgunga qadar topshirilgan arizada
ko'rsatilgan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarga (ular roziligi sharti
bilan) ushbu asosga ko'ra patent olish huquqi haq evaziga yoki tekin har
qanday shaxsga o'tkazilishi mumkin. Muallif bilan sanoat mulki obyektini
yaratish b o'yich a shartnoma tuzgan va shartnoma bo'yich a o'z
majburiyatlarini lozim darajada bajargan buyurtmachi ham ushbu asosga
ko'ra, patent olish huquqini qo'lga kiritadi;
obyekt xizmat topshirig'i bo'yicha yaratilganda, muallif uchun ish
beruvchiga (FKning 1087-moddasida belgilangan hollarda asoslarda va
tartibda);
patent olish huquqi meros bo'yicha o'tadi;
b)
sanoat mulki obyektiga patent (guvohnoma) berish so'ralgan
talabnomani ruyxatdan o'tkazishdan kelib chiqadigan huquqlar. Patent
olishga bo'lgan huquq Patent idorasiga belgilangan tartibda patent
berishni so'rab talabnoma berish (Qonunning 14, 20-moddalari) orqali
amalga oshiriladi. Talabnoma topshirilib, u Patent idorasida ro'yxatdan
o'tkazilgach, talabnoma topshirgan shaxsda vujudga keladigan huquqlar
(ular orasida markaziy o'rinda o'z nomiga patent olish huquqi turadi)
boshqa shaxslarga to'liq yoki qisman, haq evaziga yoki tekin o'tkazilishi
mumkin. Bunday o'tkazish tegishli shaklda rasmiylashtirilishi lozim;
v) patentga egalik huquqi bu, eng avvalo, patent bo'yicha mutlaq
huquqni to'liq holda o'z ixtiyori, erk-irodasi doirasida ushlab turish,
saqlab turish hisoblanadi. Bu huquq mazmuni Qonunning 11-moddasida
belgilab qo'yilgan. Patentga egalik huquqi ham to'liq yoki qisman, haq
evaziga yoki tekin tarzda boshqa shaxslarga o'tkazilishi mumkin (u tegishli
tartibga rioya qilgan holda rasmiylashtirilishi lozim — yozma tuzilishi va
davlat Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilishi shart);
g) patentdan kelib chiqadigan huquqlar, y a ’ni sanoat mulki
obyektidan o'zi foydalanishi, boshqalarning foydalanishiga ruxsat
(litsenziya) berishi va boshqalarning bu obyektlardan foydalanishini
taqiqlab qo'yishi, litsenziya uchun tegishli haq olishi, mutlaq huquqlari
buzilish natijasida yetkazilgan zararlarning (ham moddiy, ham ma’naviy
zararlarning) qoplanishini talab qilishi va shu kabi huquqlardan iborat.
Bu huquqlar ham boshqa shaxslarga to'liq yoki qisman, haq evaziga
yoki tekin o'tkazilishi mumkin.
1. Sanoat mulki obyekti (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi)ni
o'z ijodiy mehnati bilan shaxsan yaratgan jismoniy shaxs bu obyektning
muallifi deb e’tirof etiladi.
Sanoat mulki obyektiga huquqiy muhofaza yorlig'i berish haqidagi
topshirilgan talabnomani ko'rib chiqishning istalgan bosqichida muallif
ariza berib, sanoat mulki obyektiga o'z nomini yoki maxsus nom berish
huquqiga ega.
2. Ixtiro, foydali, model, sanoat namunasiga bo'lgan mualliflik huquqi
va boshqa shaxsiy huquqlar patentga asoslangan huquqlar vujudga kelgan
vaqgdan boshlab vujudga keladi. Qonunning 5-moddasiga asosan patent
asosida kelib chiquvchi mutlaq huquqlar obyektning ustuvorlik sanasidan
boshlab amal qila boshlaydi. Binobarin, mualliflik huquqi va boshqa
shaxsiy huquqlar ham shu vaqtdan boshlab vujudga keladi va patentga
asoslangan huquqlardan farqli ravishda bemuddat amal qiladi.
3.
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi muallifiga qonun hujjatlari
asosida maxsus huquqlar, imtiyozlar va ijtimoiy tusdagi (xarakterdagi)
afzalliklar berilishi mumkin.
FKda, boshqa qonun hujjatlarida muallifga tegishli quyidagi maxsus
huquqlar va ularni himoya qilish bo'yicha me’yorlar belgilab qo'yilgan:
a) obyektning muallifi sifatida huquqiy muhofaza yorlig'ida qayd
etilishi va bu huquqning, hamma tomonidan tan olinishi, rioya etilishiga
b oig a n huquq. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan
mualliflikni o'zlashtirish, hammualliflikka majbur qilish uchun jinoiy
javobgarlik belgilangan;
b) muallifning sanoat mulki obyektiga nom berish huquqi;
v) sanoat mulki obyektidan muallif bu obyektiga nisbatan mutlaq
huquq egasidan ruxsat olmay va haq to'lamay, ilmiy tadqiqot va shaxsiy
maqsadlarda foydalanishga haqli;
g) patent (guvohnoma) egasi bo'lmagan sanoat mulki obyektining
muallifi mazkur obyektdan foydalanilganligi va unga doir litsenziya
sotilganliga uchun mukofot puli olishga haqlidir. Haq miqdori, uni to'lash
tartibi ish beruvchi, patent egasi yoki ularning huquqiy vorisi bilan
tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi.
Patent (guvohnoma) egasi uning amal qilish muddati davomida
muallifga quyidagilar hisobidan haq toianadi:
obyektdan foydalanganlikdan keladigan foyda (daromad);
obyekt asosida ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ishlar,
ko'rsatilgan xizmat) tannarxi;
obyekt uchun berilgan litsenziya toiovlari.
Litsenziya shartnomasi bo'yicha mukofot puli litsenziya shartnomasida
ko'rsatilgan to'lov valyutasida haq toianishi mumkin (Qonunning 32-
moddasi);
d) qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda sanoat mulki
obyekti mualliflari qator imtiyozlar va afzalliklarga (shtatlar qisqarganda
ishda qoldirishda imtiyoz, ijodiy ta’tilga chiqish huquqi va hokazo),
davlat turar joyi berilganda qo'shimcha turar joy normasi olish huquqiga
ega bo'lish, ularga davlat mukofotlari, ilmiy daraja va faxriy unvonlar
berilishi mumkin.
Qonunning 15-17-moddalarida ko'rsatiladiki, sanoat mulki obyektiga
huquqiy muhofaza yorlig'i berish haqidagi talabnomada obyektni o'z
ijodiy mehnati bilan yaratgan shaxs uning muallifi sifatida ko'rsatiladi.
Bu holatning aksi (obyekt muallifi boshqa shaxs ekanligi) isbotlab
berilmaguncha talabnomada obyekt muallifi sifatida ko'rsatilgan shaxsning
mualliflik prezumpsiyasi amal qiladi. Mualliflik haqida nizo chiqqan
taqdirda mualliflik huquqi vujudga kelishidan avval mavjud bo‘lgan
faktlar va holatlar (mualliflik huquqi da’vogarining obyekt bo'yicha
ilmiy-tadqiqotlar olib borganligiga, ijobiy natijalarga erishgani va hokazo)
dalil-isbot tariqasida jalb etilishi mumkin. Huquq yuzaga kelishidan keyin
vujudga kelgan faktlar va holatlar mualliflikni tasdiqlovchi dalil-isbot
sifatida keltirilishi mumkin emas.
Agar, sanoat mulki obyekti bir necha jismoniy shaxsning birgalikdagi
ijodiy mehnati asosida yaratilgan b o'lib, ular o'rtasida tuzilgan
shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo'lmasa, ularning barchasi
bu obyektning teng huquqli hammuallifi deb e’tirof etiladi.
Sanoat mulki obyekti hammualliflarning obyekt bo'yicha o'zaro
munosabatlari ular o'rtasidagi o'zaro kelishuv asosida, bunday kelishuvga
erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan belgilanadi.
Sanoat mulki obyektini yaratishda ijodiylik tusiga ega bo'lgan
faoliyat orqali yordam bergan (texnikaviy, tashkiliy yoki matematik
yordam berish, huquqlarning rasmiylashtirilishiga ko'maklashish va
hokazolar) hammualliflikka sabab bo'lmaydi. Biroq ular sanoat mulki
obyektlarini yaratish va ulardan foydalanishda ko'maklashgan shaxs
sifatida mukofot olishga haqli.
Quyidagi hollarda sanoat mulki obyektiga nisbatan guvohnoma olish
huquqi obyekt muallifi bilan mehnat shartnomasi (bitimi, kontrakti)
tuzgan ish beruvchiga tegishli bo'ladi:
a) obyekt xodimning o'z xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida
yaratilgan bo'lsa;
b) obyekt xodim tomonidan ish beruvchining aniq muayyan xizmat
topshirig'ini bajarish natijasida yaratilgan bo'lsa;
v) basharti bu holat sanoat mulki obyektining muallifi bilan ish
beruvchi o'rtasidagi shartnomada (kontraktda) nazarda tutilgan bo'lsa
(agarda yuqoridagi holatlardan biri mavjud bo'lsa-yu, obyektiv patent
olish huquqi ish beruvchiga tegishli bo'lishi haqida kelishuv mavjud
bo'lmasa, u holda patent olish huquqi muallifning o'zida qoladi).
Qonunda, shuningdek, xodim korxonaning ixtisosiga doir texnik
bilimlar yordamida yaratilgan sanoat mulki obyektiga patent olish huquqi
ham ish beruvchiga tegishli bo'lishi nazarda tutiladi (9-modda).
Agarda ish beruvchi sanoat mulki obyekti yaratilganligi haqida muallif
xabardor qilgan sanadan boshlab to'rt oy mobaynida Patent idorasiga
talabnoma topshirmasa, talabnoma topshirish huquqini boshqa shaxsga
o'tkazmasa, muallif o'z nomiga patent olish huquqiga ega bo'ladi.
Sanoat mulki obyekti ish beruvchi tomonidan maxfiy (nou-xau
sifatida) saqlanadigan boisa, muallif maxsus haq olish huquqiga ega.
Xodim tomonidan xizmat tartibida sanoat mulki obyekti yaratilganda
muallif mukofot puli olishga haqli. Mukofot puli miqdori, toiov tartibi,
toiov shartlari xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi kelishuv asosida
belgilab qo'yiladi. Agar taraflar bunday kelishuvga erishmasalar, sudga
murojaat qilishga haqli. U holda kelishuv shartlari sud tomonidan
belgilanadi.
Odatda obyekt yaratilishida xodim o'z ijodiy mehnati bilan, ish
beruvchi esa mehnat sharoitini vujudga keltirish, zarur asbob-uskuna,
adabiyotlar, maiumotlar bilan ta’minlash orqali ishtirok etadi. Obyektdan
foydalanishda olinadigan daromadni taqsimlashda kim qancha hissa
qo'shganligi aniq hisobga olinadi va shunga mutanosib ravishda foydadan
ulush belgilanadi. Agarda obyektni yaratishda xodim va bajaruvchi
qo'shgan hissalarini aniq belgilashning iloji bo'lmasa, obyektdan
foydalanish yoki litsenziya berish asosida ish beruvchi oladigan foydaning
yarmi (50 foizi) muallifga tegishli bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |