sababli ham ushbu mamlakatlarda integral mikrosxemalar topologiyasi
mualliflik huquqi obyektlari kabi yaratilish fakti asosida huquqiy muhofaza
ostiga olinadi. Garchi O'zbekistonda ushbu obyektlar patent asosida emas,
tegishli guvohnoma asosida huquqiy himoyalansa ham, guvohnoma berish
tartibi, mutlaq huquq mazmuni mualliflik huquqi obyektlaridan ko'ra,
zohiran patent obyektlarinikiga o'xshab ketishini qayd etish lozim. Biroq,
bundan muallif topologiyalar patent huquqi obyekti degan fikrda deb
xulosa chiqarmaslik lozim.
Muallifning ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan va yaratilgan sanasida
integral mikrosxemalar ishlab chiquvchi yoki tayyorlovchilarga ma’lum
bo'lmagan topologiya boshqacha hoi isbotlangunga qadar o'ziga xos
(original) deb e’tirof etiladi.
Yaratilgan sanasida integral mikrosxemalar
ishlab chiquvchi yoki
ta y y o rlo v ch ila r m a ’ lum b o 'lg a n elem en tlardan ta rk ib topgan
topologiyalarga, agar bunday elementlar yig'indisi original bo'lsa, ijodiy
faoliyat natijasida yaratilgan bo'lsa huquqiy muhofaza ostiga olinadi.
Foydalar, usullar, tizimlar, texnologiya yoki kodlashtirilgan
axborotlar garchi topologiyaga singdirilgan, mujassamlangan bo'lsa ham
huquqiy muhofaza qilinmaydi.
Topologiyani ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma muallif (ish
beruvchi, ulaming huquqiy vorisi) tomonidan bevosita yoxud ishonchli
vakil orqali O 'zbekiston Respublikasi patent idorasiga beriladi..
Topologiyani ro'yxatdan o'tkazish
uchun talabnoma berish agar
topologiyadan foydalanilgan bo'lsa, undan birinchi marta foydalanilgan
sanadan e ’tiboran ikki yildan oshmagan muddatda amalga oshirilishi
mumkin.
Talabnoma berilgan sanadan boshlab ikki oylik muddat ichida patent
idorasi huquqiy muhofaza so'ralgan topologiya bo'yicha davlat ekspertizasi
o'tkazadi. Ekspertiza natijalariga ko'ra, topologiyani ro'yxatdan olish
yoxud uni rad etish haqidagi qaror chiqariladi.
Topologiyadan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquq o'n yil davomida
amal qiladi.
Topologiyadan foydalanishga bo'lgan mutlaq huquq muddatining
boshlanishi quyidagi sanalardan eng oldingisi bo'yicha aniqlanadi:
- topologiyadan birinchi marta foydalanish sanasi bo'yicha, bunda
topologiya jahonning biror bir joyida fuqarolik muomalasiga oldinroq
kiritilganligi hujjatlar bilan qayd
etilgan sana nazarda tutiladi;
- topologiya ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma’ lumotlar
rasmiy e’lon qilingan sana bo'yicha.
Boshqa shaxs tomonidan mustaqil ravishda yaratilgan aynan bir xil
topologiya paydo bo'lgan hollarda topologiyadan foydalanishga mutlaq
huquqning amal qilish umumiy muddati o‘n yildan oshib ketishi mumkin
emas.
Huquq evaziga topologiyadan o'z ixtiyoriga ko'ra foydalanish, shu
jumladan uni tayyorlash, qo'llash va tarqatish mutlaq huquqi egasiga
tegishlidir.
Topologiyaning huquqiy muhofaza belgisi «Т» hisoblanadi.
Muhofaza qilinadigan topologiyaning,
shu topologiyali integral
mikrosxemani yoki shunday integral mikrosxemalami o'z ichiga olgan
buyumni huquq egasining ruxsatisiz qo'llash, O'zbekiston Respublikasi
hududiga olib kirish, sotuvga qo'yish, sotish, takrorlash (o'ziga xos, original
bo'lmagan qismini takrorlash bundan mustasno) va fuqarolik muomalasiga
boshqacha tarzda kiritish topologiyadan foydalanishga bo'lgan mutlaq
huquqning buzilishi deb e’tirof etiladi.
Biroq aynan bir xildagi toplogiyani mustaqil yaratgan shaxs undan
mustaqil foydalanishga haqli. Mutlaq huquq egasi topologiyaga bo'lgan
huquqlami boshqa shaxslarga o'tkazish to'g'risidagi shartnomalar Davlat
Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilishi kerak.
Topologiya ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma mutlaq
huquqni amal qilish muddat tugaganda, sud qarori
asosida yoxud qonunda
belgilangan boshqa asoslar bo'yicha (Qonunning 16-moddasi) bekor bo'ladi.
Qonunning 18-moddasida O'zbekiston Respublikasiga mansub
subyektlar tomonidan topologiyani boshqa davlatlarda ro'yhatdan
o'tkazish tartibi belgilangan. Bunga ko'ra ular davlatlarda topologiyani
belgilangan tartibda ro'yhatdan o'tkazishga haqlidirlar. Sanoat mulki
obyektlariga nisbatan belgilanganidek, oldindan qo'yilgan shartlar bu
o'rinda mavjud emas.
Chet el yuridik shaxslari,
jismoniy shaxslari, topologiyaga nisbatan
O'zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng
ravishda yoki o'zaroviylik asosida huquqlarga ega bo'ladilar.
Topologiyalarga nisbatan muallifning shaxsiy huquqlari, huquq
egasining mutlaq huquqlari FKda belgilangan tartibda va asoslarda
huquqiy himoya qilinadi.