62-bob. S A N O A T M U L K IG A B O ‘L G A N H U Q U Q
l - § . Sanoat m ulki tushunchasi, turlari va ularni
huquqiy m uhofaza qilish
Sanoat mulki obyektlari intellektual mulk obyektlarining tarkibiy
qismi hisoblanadi. «Sanoat mulki» iborasini tom ma’noda tushunmaslik
lozim. Ushbu iborani qo'llash XVII-XIX asrlarda Evropa mamlakatlarida
huquqiy yorliq — patent orqali muhofaza qilinadigan ixtirolar — texnik
tusdagi yechimlarni, asosan, sanoat sohasida qo'llanganligi bilan bog'liq.
Hozirgi vaqtda sanoat mulki nafaqat sanoatda, balki amaliyotning,
turmushning hamma sohalarida keng qo'llaniladi. Garchi bu ibora unchalik
aniq-ravshan bo'lmasa ham, biroq qonunshunoslikda mustahkam o'rnashib
qolgani sababli xalqaro konvensiyalarda, rivojlangan mamlakatlar
qonunlarida intellektual mulk huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza
yorlig'i asosida himoya qilinadigan katta bir guruhining nomi sifatida
an’anaviy jihatdan keng qo'llanib kelmoqda. Sanoat mulkini muhofaza
qilish bo'yicha Parij konvensiyasida sanoat mulkining muhofaza obyektlari
sifatida quyidagilar ko'rsatiladi: 1) ixtirolar; 2) foydali modellar; 3) sanoat
namunalari; 4) tovar belgilari; 5) xizmat ko'rsatish belgilari; 6) firma
nomi; 7) manbani ko'rsatish; 8) tovarning kelib chiqish joyi nomi (1— 2-
moddalar); 9) g'irrom raqobatning oldini olish.
Amaldagi FKda sanoat mulkiga bo'lgan huquq ixtiro, foydali model
sanoat namunasiga bo'lgan huquq sifatida nazarda tutiladi.
FKning 1082-moddasiga asosan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi
yaratilish fakti bo'yicha emas, balki maxsus huquqiy muhofaza yorlig'i
hujjati - patent berilgan taqdirdagina himoya qilinadi, qo'riqlanadi.
Huquqiy muhofaza yorlig'i - ixtiro, foydali model va sanoat namunasiga
nisbatan patent dastlabki patent deb ataladi.
Ixtiro, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qo'yil-digan,
patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent
idorasining bunday hujjatni berish tartibi O'zbekiston Respublikasining
2002 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat
namunalari to'g'risida»gi Qonun (bundan keyin matnda Qonun deb
yuritiladi) bilan belgilanadi.
Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari ushbu Qonunning 6-
moddasida belgilab qo'yilgan. Bunga asosan, ixtiro sifatida ko'rsatilgan
obyekt (ya’ni amaliy ahamiyatga ega bo'lgan muammoning yechimi)
agar u yangi, ixtirochilik darajasiga ega bo'lsa va uni sanoatda qo'llash
mumkin bo'lsa, patent asosida huquqiy muhofaza qilinadi.
Agar ixtiro texnika taraqqiyoti darajasidan ma’lum bo'lmasa, u
yangi deb hisoblanadi. Ixtiro texnika taraqqiyoti darajasi haqidagi
ma’lumotlardan yaqqol ayon bo'lmasa, u ixtirolik darajasiga ega bo'ladi.
Texnika taraqqiyoti darajasi ixtiro ustuvorligi sanasiga qadar jahonda
ommaga oshkor bo'lgan har qanday ma’lumotlami o'z ichiga oladi.
Ixtiro obyektlari turli-tuman ko'rinishlarga ega. Ba’zi hollarda
avvaldan mavjud obyektning yangi maqsadlarda qo'llanishi ham ixtiro
hisoblanadi.
M asalan,
qurilm alar,
usullar,
m od d alar,
m ikroorgan izm larn in g shtam m lari, o 'sim lik la r va h a y v on lar
hujayralarining turlari, ilgaridan ma’lum bo'lgan qurilmalar, usullar,
moddalarning, mikroorganizmlar shtammlarining yangi maqsadda
qo'llanilishi ixtiro sifatida e’tirof etiladi..
quyidagilar ixtiro sifatida e’tirof etilmaydi:
ilmiy nazariyalar va matematika usullari;
tashkil etish va boshqarish usullari;
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
elektron hisoblash mashinalari uchun algoritmlar va dasturlar;
binolar, inshootlar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizma
tarhlari;
estetika talablarini qanoatlantirishga yo'naltirilgan, buyumlarning
faqat tashqi ko'rinishiga oid yechimlar;
integral mikrosxemalarning topologiyalari;
o'simlik navlari va hayvon zotlari;
jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga zid
yechimlar (masalan, insonni ruhiy yoki jismoniy qiynoqqa solish vositalari,
fahsh-buzuqlik vositalari va hokazo).
Foydali modellarning patentga layoqatlilik shartlari Qonunning 7-
moddasida belgilab qo'yilgan.
Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol buyumlarining konstruktiv
jihatdan yasalishi, tayyorlanishi, shuningdek, ularning tarkibiy qismlari
foydali model hisoblanadi.
Foydali model sifatida ko'rsatilgan obyekt, agar u yangi bo'lsa, uni
amaliyotda qo'llash mumin bo'lsa, patent berish orqali huquqiy muhofaza
qilinadi. Ushbu talablar ixtiroga qo'yiladigan talablarga o'xshashdir. Ayni
vaqtda ular o'rtasida jiddiy tafovutlar ham mavjud. Masalan, foydali
model ixtirochilik darajasiga ega emas. Foydali model obyektlari doirasi
torroq. Jumladan, usullar, moddalar, mikroorganizm shtammlari, o'simlik
va hayvonlar hujayralarining turlari, shuningdek, ularning yangi
maqsadda qo'llanishi foydali model hisoblanmaydi. Ayni vaqtda, ixtiro
bo'lib hisoblanmaydigan obyektlar ham foydali model sifatida muhofaza
qilinmaydi.
Buyumning tashqi ko'rinishini ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik
echimlari sanoat namunasi hisoblanadi. Ushbu yechimlar buyumning
konstruktiv xususiyatlarini emas, balki faqat tashqi qiyofasini, tashqi
ko'rinishini shakllantiradi. Badiiy-konstruktorlik yechimi sifatida sanoat
namunasi san’at asarlaridan shu bilan farqlanadiki, unda buyumning
konstruktiv (texnik yaroqlilik, qulaylik xususiyatlari, ishlash qobiliyati)
va estetik sifati (chiroyliligi, bezatilganligi) uzviy uyg'unlashgan bo'lishi
lozim.
Sanoat namunasi sifatida ko'rsatilgan obyekt, basharti u yangi,
o'ziga xos bo'lsa va uni amaliyotda qo'llash mumkin bo'lsa, patent berish
orqali huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi (Qonunning 8-moddasi). Sanoat
namunasi agar buyumning estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini
belgilovchi muhim alomatlari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish
sanasiga qadar jahonda ommaviy-oshkora e’lon qilingan maiumotlardan
ayon (ochiq-ravshan ko'rinib turgan) bo'lmasa, yangi hisoblanadi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim alomatlari majmui buyum
estetik xususiyatlarining ijodiy tusi bilan bog'liq bo'lsa, o'ziga xos (original)
hisoblanadi.
Sanoat namunasi, agar uni (buyumni tayyorlash orqali) takror-
takror hosil qilish (istifoda qilish, qayta ko'paytirish) mumkin bo'lsa,
sanoat (amaliyot)da qo'llash mumkin deb hisoblanadi.
Shunday qilib, badiiy-konstruktorlik yechimi agarda badiiy jihatdan
va axborot-maiumot jihatdan mujassamlangan, ifodalangan, kompozitsiya
yaxlitligi, oqilona ratsional shaklga ega (ya’ni konstruktiv-texnologik
talabga mos) va ergonika mezonlariga muvofiq bo'lsa, sanoat namunasi
deb e’tirof etiladi (masalan, yengil avtomobillarning yangi modellari).
Quyidagilar sanoat namunasi hisoblanmaydi: matbaa (nashr)
mahsulotlari (gazeta, jurnal, kitob va hokazo, me’morchilik shakllaridan
tashqari), sanoat, gidrotexnika inshootlari va boshqa statsionar, suyuq,
gazsimon, sochiluvchan yoki shunga o'xshash moddalardan iborat
o'zgaruvchan shakldagi obyektlar, buyumlarning faqat texnik funksiyasi
bilan bog'liq bo'lgan yechimlar (gayka, shurup, bolt, vint va shu
kabilar), jamoat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq qoidalariga
zid yechimlar.
Sanoat mulki obyektiga boigan huquq muallifga (hammualliflarga)
yoki uning (ularning) huquqiy vorislariga tegishli bo'ladi hamda huquqiy
muhofaza yorlig'i (patent, guvohnoma) bilan tasdiqlanadi.
Agar bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil ravishda sanoat mulki
obyektini yaratgan bo'lsa, huquqiy muhofaza yorlig'i (patent, dastlabki
patent, guvohnoma)ga bo'lgan huquq Patent idorasiga birinchi bo'lib
talabnoma topshirgan shaxsga beriladi.
Dastlabki patent va guvohnoma dastlabki ekspertiza o'tkazilganidan
keyin, patent esa obyekt mohiyatan ekspertizadan o'tkazilganidan so'ng
beriladi.
Ixtiroga berilgan patent ixtironing yangiligini, ixtirochilik darajasini,
patentning haqiqiyligi va patent egasining ixtiroga egalik qilishini, uni
tasarruf etish va undan foydalanishga nisbatan mutlaq huquqini
guvoxlantiradi.
Sanoat namunasiga, foydali modelga berilgan patent ham xuddi
shunday vazifalarni bajaradi.
Yorliq egasining mutlaq huquqi ushbu yorliq (patent, guvohnoma,
dastlabki patent) haqidagi ma’lumotlar Patent idorasining rasmiy
axborotnomasida e’lon qilingan sanadan boshlab amalda hisoblanadi.
Ustuvorlik sanasidan boshlab ixtiroga bo'lgan patent 20 yil
mobaynida, sanoat namunasiga bo'lgan patent 10 yil davomida amal
qiladi.
Ixtiroga berilgan dastlabki patent va foydali modelga berilgan patent
besh yil mobaynida amal qiladi.
Sanoat namunasi, foydali model patenti, amal qilish muddati patent
egasining iltimosiga ko'ra Patent idorasi tomonidan tegishli ravishda
besh yilga va uch yilga uzaytirilishi mumkin.
Patent, dastlabki patent berish tartibi Qonunning 14— 26-
moddalarida belgilab qo'yilgan.
Huquq egasi patent bilan muhofazalangan ixtiro, foydali model,
sanoat namunasidan o'z xohishiga qo'ra foydalanish bo'yicha mutlaq
huquqqa egadir. Bunday mutlaq huquq quyidagi tarkibiy qismlardan
iborat:
a) huquqiy muhofaza qilingan yechimlarni qo'llagan holda mahsulot
ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, ish bajarish;
b) patent bilan muhofazalangan texnologik jarayonlarni o'z ishlab
chiqarishida qo'llash, joriy qilish, amalga oshirish;
v) muhofazalangan yechimga ega bo'lgan mahsulotlarni sotish yoki
sotishga taklif qilish;
g) xuddi shunday muhofazalangan yechimga ega bo'lgan buyumlarni
import qilish.
Bu tarkibiy qismlar bir butun yaxlit holda mutlaq huquq mazmunini
tashkil etadi. Ayni vaqtda huquqiy muhofaza uning ayrim qismlarinigina
qamrab olish mumkin. Masalan, neftdan benzin olish usuli. Bu usul asosida
ishlab chiqarilgan mahsulotning o'zi huquqiy muhofaza ostida bo'lmaydi.
Ma’lumki, yorliq berilgan yechim, mahsulotga nisbatan mutlaq huquq
eng kamida O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi. Binobarin,
bunday mahsulotni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (import
qilish) huquqi ham mutlaq huquq egasiga tegishlidir.
Boshqa har qanday shaxslar ixtiro, foydali model va sanoat
namunasidan patent egasi ruxsati yoki u bilan kelishuv asosidagina
foydalanishlari lozim
Qonunning 12-moddasiga asosan, quyidagi hollar patent egasi mutlaq
huquqini buzish sifatida e’tirof etilmaydi:
O'zbekiston Respublikasida muhofaza qilinayotgan sanoat mulki
obyektlarida tarkib topgan qurilmalarni Parij Konvensiyasi qatnashchisi
bo'lgan boshqa davlatning transport vositasida, mazkur vosita O'zbekiston
Respublikasi hududida vaqtincha yoki tasodifan turgan vaqtda qo'llash
— bu qurilmalardan faqat mazkur vositaning ehtiyojlari uchungina
foydalanishi sharti bilan;
huquqiy muhofaza yorlig'i olgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib
topgan vositalar ustida ilmiy-tadqiqot yoki tajriba o'tkazish;
huquqiy muhofaza yorlig'i olgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib
topgan vositalarni tabiiy ofatlar, falokatlar, epidemiya va boshqa
favqulodda hollarda qo'llash;
huquqiy muhofaza yorlig'i berilgan sanoat mulki obyektlaridan tarkib
topgan vositalarni, basharti bu vositalar xo'jalik muomalasiga qonuniy
yo'l bilan kiritilgan bo'lsa, qo'llash;
patentlar bilan muhofazalangan sanoat mulki obyektlaridan tarkib
topgan vositalarni daromad olmay, shaxsiy maqsadlarda foydalanish,
qo'llash;
dorixonalarda shifokor retsepti bo'yicha bir gallik dorilar tayyorlash;
Qonunning 31-moddasida belgilangan hollarda, tartibda va hajmlarda
avvaldan foydalanuvchi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig'i olgan
sanoat mulki obyektlaridan foydalanish.
FKning 1034-moddasi, «Ixtirolar, foydali modellar va sanoat
namunalari to'g'risida» gi qonunning 11, 32-moddalariga asosan sanoat
mulki obyektlariga nisbatan mutlaq huquq egasi ushbu obyektdan o'z
xohishiga ko'ra foydalanishga, boshqalarning foydalanishiga ruxsat
berishga yoki foydalanishni taqiqlab qo‘yishga haqli. Qonunlar boshqa
shaxslar tomonidan sodir etiladigan har qanday harakatlar mutlaq huquqni
buzish deb hisoblanishini belgilaydi. Binobarin huquqiy muhofaza yorlig'i
berilgan ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasidan mutlaq huquq
egasidan ruxsat olmasdan foydalangan holda:
a) mahsulot tayyorlash;
b) texnologik jarayonlami yoiga qo'yish, qoilash;
v) chetdan olib kelish (import qilish);
g) sotishga taklif etish, sotish;
d) fuqarolik muomalasiga boshqacha yo'sinda kiritish (masalan, ijaraga
berish, hadya qilish va hokazolar);
e) haq evaziga yoki haqsiz fuqarolik muomalasiga kiritish maqsadida
saqlash;
j) ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo'llanish yoki
ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usul vositasidagina tayyorlangan
mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish (sotish, ijaraga berish va hokazo)
yoki shu maqsadda saqlash huquqiy muhofaza yorlig'i egasi (patent yoki
guvohnoma egasi) mutlaq huquqlarini buzish hisoblanadi.
Patent (guvohnoma) egasining sanoat mulki obyektidan uchinchi
shaxslaming foydalanishiga ruxsat berishi qat’iy ifodalangan boiishi va
tegishli shaklda rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart. Uchinchi shaxs tomonidan
mutlaq huquq egasini shunchaki xabardor qilish fakti ruxsat olish
hisoblanmaydi. Mutlaq huquq egasi tomonidan uchinchi shaxsning ruxsat
so'rab qilgan murojaatiga indamaslik ruxsat berilmaganligini bildiradi.
Mutlaq huquq egasining ruxsat berishi uning xatti-harakatlarida ham
ko'rinib turishi mumkin (masalan, ixtiro qurilmasini berish). Bunday
hollarda (ruxsat olish aniq-ravshan ifodalanishi lozim) mutlaq huquq
egasidan ruxsat olingan deb hisoblash mumkin (FKning 106-moddasiga
asosan).
Mutlaq huquq egasining huquqlarini buzish tegishli fuqarolik-huquqiy
javobgarlikka sabab boiadi.
FKda belgilangan qoidaga asosan, mutlaq huquqni buzgan deb
hisoblanayotgan shaxs buning aksini isbotlab berishi shart (masalan,
mahsulot patentlangan usul bilan tayyorlanmaganligini). U bu holatni
isbotlab bergunga qadar mahsulot patentlangan usulda tayyorlangan
deb hisoblanadi. Ushbu huquqiy prezumpsiya Qonunning 30-moddasida
batafsil o‘z ifodasini topgan. Unga asosan ixtironing, foydali modelning
mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga o'xshash sanaluvchi
formula boigan belgi qoilanilgan bo'lsa, mahsulot (buyum) patent
berilgan ixtiro, foydali modeldan foydalanilgan holda tayyorlangan,
ixtiro patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa, qo‘llanilgan deb
hisoblanadi.
Mahsulotni olish usuliga berilgan patentning amal qilishi aynan shu
usul yordamida olingan mahsulotga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Bunda buning aksini isbotlovchi dalillar bo'lmasa, bu yangi mahsulot
patent berilgan usulda olingan deb hisoblanadi.
Agar mahsulotda patentlangan sanoat namunasining barcha muhim
alomatlari bo'lsa, u patent berilgan sanoat namunasidan foydalanilgan
holda tayyorlangan deb e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |