Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-bob. F U Q A R O L IK H U Q UQ I M U O M A L A SI



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

65-bob. F U Q A R O L IK H U Q UQ I M U O M A L A SI 
Q A T N A SH C H IL A R I, TO V AR LAR , ISH LAR V A  
X IZ M A T L A R N I S H A X S IY L A S H T IR IS H V O SIT A L A R I
l- § . Firma nomiga bo'lgan huquq
Ma’lumki, har bir jismoniy shaxs — fuqaro o‘z ism, nasabiga ega 
va bu uni boshqalardan ajratib turuvchi belgilardan biridir. Yuridik 
shaxslar ham o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan nomga ega 
bo'ladi. Tijoratchi bo'lmagan tashkilotlar, unitar korxonalarning nomlari, 
qonunda nazarda tutilgan hollarda esa boshqa tijoratchi tashkilotlarning 
ham nomlari yuridik shaxs faoliyatining xususiyatini ko'rsatishi kerak 
(masalan, «Lazzat» qandolat fabrikasi, «Kamolot» jamg'armasi va hokazo).
O'zbekiston Respublikasining «Firma nomlari to'g'risida» gi 2006- 
yil 18-sentabrdagi Qonuni (keyingi o'rinlarda Qonunjning 3-moddasiga 
muvofiq, firma nomi yuridik shaxs bo'lgan tijorat tashkilotining (bundan 
buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) individual nomi bo'lib, unga 
doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilgan vaqtda 
yuzaga keladi. Yuridik shaxs to'liq firma nomi bilan birga qisqartirilgan 
firma nomiga ham ega bo'lishi mumkin. Yuridik shaxsning firma nomida 
uning tashkiliy-huquqiy shakli ko'rsatilishi kerak. Qonunda nazarda 
tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faoliyatining xususiyati 
ko'rsatilishi kerak.
Yuridik shaxsning nomiga to'la yoki qisqartirilgan rasmiy nomni 
(davlatning nomini) kiritishga, yuridik shaxs hujjatlarining rekvizitlariga 
yoki reklama materiallariga shunday nomni yoxud davlat ramzlari (gerb, 
bayroq) elementlarini qo'shishga O'zbekiston Respublikasi hukumati 
belgilaydigan tartibda yo'l qo'yiladi.
Yuridik shaxsning nomi uning ta’sis hujjatlarida ko'rsatiladi.
Tijoratchi tashkilot bo'lgan yuridik shaxs o'z firma nomiga ega 
bo'lishi lozim va u undan foydalanish bo'yicha mutlaq huquqqa egadir. 
O'zga firma nomidan g'ayriqonuniy suratda foydalanayotgan shaxs firma 
nomiga egalik qilish huquqi bo'lgan shaxsning talabi bilan undan 
foydalanishni to'xtatishi va yetkazilgan zararlarni to'lashi lozim (FKning 
46-moddasi).
Firma nomi — tijoratchi tashkilotning fuqarolik muomalasida 
ishtirokida uni boshqa qatnashchilardan, ularning tovarlari, ishlari va 
xizmatlaridan farqlovchi, ajratib turuvchi, individuallashtirish vositasi 
hisoblanadi. Yuridik shaxs firma nomidan yuridik shaxsning o'zini ham, 
736


uning ishlab chiqargan tovarlari, bajargan ishi, ko‘rsatadigan xizmatini 
farqlovchi, xabardor qiluvchi vosita, belgi sifatida foydalanishiga bo'lgan 
mutlaq huquqi FKning 1098-moddasida qoida tariqasida belgilab qo'yilgan.
Yuridik shaxsning firma nomi uning ta’sis hujjatlarini (ustav, ta’sis 
shartnomasi, tashkil etish haqidagi qaror) tasdiqlashda muassislar 
tomonidan belgilanadi va u yuridik shaxslar davlat reestriga kiritish 
yo'li bilan qayd etiladi, bu haqda yuridik shaxsga dalolatnoma beriladi.
Firma nomida quyidagi belgilar ko'rsatilmasligi kerak.:
1) davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat 
notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to'liq nomi;
2) tarixiy yoki O'zbekiston Respublikasida mashhur bo'lgan shaxsning 
to'liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatsiz;
3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan 
mamlakat xususidagi soxta yoki iste’molchini chalg'itishi mumkin bo'lgan 
belgilar;
4) jamiyat manfaatlariga, insonparvarlik va axloq prinsi plariga zid 
bo'lgan.
Shu bilan birga firma nomida quyidagilar ham ko'rsatilmasligi 
mumkin emas:
- ilgari O'zbekiston Respublikasida boshqa yuridik shaxs nomiga 
ro'yxatdan o'tkazilgan yoki ro'yxatdan o'tkazish so'rab talabnoma berilgan, 
ilgariroq ustuvorlikka ega bo'lgan firma nomlari;
- ilgari O'zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro'yxatdan 
o'tkazilgan yoki ro'yxatdan o'tkazish so'rab talabnoma berilgan
shuningdek, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga 
muvofiq ro'yxatdan o'tkazilmay muhofaza qilinadigan tovar belgilari 
(xizmat ko'rsatish belgilari);
- belgilangan tartibda hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar 
belgilari (xizmat ko'rsatish belgilari);
- belgilangan tartibda qonun hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan 
tovarlar kelib chiqqan joylarning nomlari bilan, shunday nomdan 
foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazish 
hollari bundan mustasno, adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki 
ularga o'xshash bo'lgan.
FKning 1099-moddasida belgilangan qoidaga asosan yuridik shaxsning 
firma nomidan u ishlab chiqargan tovarlar, bajargan ish, ko'rsatgan 
xizmat belgisida foydalanishga yo'l qo'yiladi.
Yuridik shaxs tovarlarga, ularning idishi va o'rovida, reklamada, 
peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisob varaqalari, bosma


nashrlar, rasmiy blankalarda va shu kabi firma nomidan tovar (xizmat) 
belgisida foydalanishga haqli.
«Iste’molchilaming huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 
5-moddasiga asosan sotuvchi (tovar ishlab chiqaruvchi) o'z tashkilotining 
firma nomini bildirishi, xabardor qilishi shart.
Yuridik shaxsning firma nomidan tovar (xizmat) belgisi sifatida 
foydalanishi bu unga tegishli huquq bo'lib, majburiyat emas. Agar yuridik 
shaxs firma nomini tovar belgisiga kiritsa, u tovar belgisining tarkibiy 
qismi, elementi sifatida yoki unga qo‘shimcha, ilova element sifatida 
bo'lishi mumkin. Firma nomi tovar belgisining tarkibiy qismi sifatida 
bo'lganida, u vakolatli davlat idorasi tomonidan tasdiqnangan bo'lishi 
lozim.
Firma nomi yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilgan vaqtdan 
e’tiboran, chet el yuridik shaxsining firma nomi esa, chet el yuridik 
shaxsi O'zbekiston Respublikasi hududida fuqarolik muomalasi ishtirokchisi 
sifatida faoliyatni amalga oshirishni boshlagan sanadan e’tiboran huquqiy 
jihatdan muhofaza qilinadi.
Yuridik shaxs o'z firma nomidan foydalanishda va boshqa yuridik 
shaxslarga ushbu firma nomidan foydalanish huquqini berishda mutlaq 
huquqqa ega. Chet el yuridik shaxsining firma nomiga bo'lgan mutlaq 
huquqi shu yuridik shaxs ta’sis etilgan mamlakatning qonun hujjatlarida 
belgilangan hujjat bilan tasdiqlanadi.
Quyidagi holatlar- firma nomidan foydalanish hisoblanadi.:
- firma nomini rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va 
yuridik shaxsning faoliyati bilan bog'liq bo'lgan boshqa hujjatlarda aks 
ettirish;
- firma nomini tovarlarda, ularning idishi va o'rovida, reklamada, 
peshlavhalarda, bosma ma’lumotnomalarda, hisob varaqlarda, bosma 
nashrlarda, tovarlarni O 'zbekiston Respublikasida o'tkaziladigan 
ko'rgazmalar va yarmarkalarda namoyish etish vaqtida ishlatish.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish