O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati o‘rtasida



Download 30,66 Kb.
Sana20.02.2022
Hajmi30,66 Kb.
#460583
Bog'liq
30.03.1995 (1)




O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Moldova Respublikasi Hukumati o‘rtasida
Bitim
Erkin savdo to‘g‘risida
1995-yil 30-mart, Kishinev
(1995-yil 29-avgustdan kuchga kirdi)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Moldova Respublikasi Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataladilar,
O‘zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi o‘rtasida tenglik va o‘zaro manfaatdorlik asosida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga intilib,
har qaysi davlatning tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirishdagi suveren huquqidan kelib chiqib,
o‘zaro manfaatli va kooperatsion aloqalar va hamkorlikni rivojlantirish asosida O‘zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi iqtisodiy potensialini oshirishga ko‘maklashish maqsadida,
o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni erkin rivojlantirishga o‘zlarining sodiqligini tasdiqlab,
tovarlar va xizmatlar ko‘rsatishni erkin ayirboshlash o‘zaro kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab qilishini e’tirof etib,
O‘zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi Tariflar va savdo bo‘yicha Bosh Bitim (TSBB) hamda Jahon savdo tashkiloti SJST) prinsiplariga sodiq ekanliklarini tasdiqlab,
quyidagilar to‘g‘risida kelishib oldilar:
1-modda
1. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga erkin savdo tartibini yaratadilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar Ahdlashuvchi Tomonlardan birining bojxona hududidan kelib chiqqan va boshqa Ahdlashuvchi Tomonning bojxona hududi uchun mo‘ljallangan tovarlar eksportiga va/yoki importiga nisbatan ekvivalent kuchga ega bo‘lgan bojxona bojlari, soliqlar va yig‘imlarni, shuningdek, miqdoriy cheklashlarni qo‘llamaydilar. Tovarlarning kelishilgan turlari bo‘yicha mazkur savdo tartibidan chiqarishlar ushbu Bitimning uzviy qismi hisoblanadigan hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlar erkin savdo tartibidan chiqarishlarning umumiy ro‘yxatini, shuningdek, bunday chiqarishlarni qo‘llanish usullarini har yili ishlab chiqadilar va kelishib oladilar.
3. Ushbu Bitim maqsadlari uchun va uning amalda bo‘lish davrida Ahdlashuvchi Tomonlar hududidan kelib chiqqan tovarlar deganda 1993-yil 24-sentabrda tovarlar tegishli bo‘lgan mamlakatlarni aniqlash Qoidalari bilan aniqlangan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat Boshliqlari Kengashining Qarori bilan tasdiqlangan tovarlar tushuniladi.
2-modda
Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon:
boshqa Ahdlashuvchi Tomonning ushbu Bitim ta’siriga kiruvchi tovarlaridan shunga o‘xshash ichki ishlab chiqarish tovarlaridan yoki uchinchi mamlakatlardan kelib chiqqan ana shunday tovarlardan olinadigan tegishli soliqlar va yig‘imlardan ortiq miqdorda bevosita yoki bilvosita ichki soliqlar va yig‘imlar olishni;
ushbu Bitim ta’siriga kiruvchi tovarlar importi yoki eksportiga nisbatan xuddi shunday vaziyatda shunga o‘xshash ichki ishlab chiqarish tovarlari yoki uchinchi mamlakatlardan kelib chiqqan tovarlarga nisbatan qo‘llanilmaydigan biron-bir maxsus cheklashlar yoki talablarni joriy etishni;
boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududiga tegishli tovarlarni to‘plash, yuklash, saqlash, tashishga, shuningdek, to‘lovlarga va to‘lovni jo‘natishga nisbatan shunday hollarda o‘z tovarlariga yoki uchinchi mamlakatlardan kelib chiqqan tovarlarga nisbatan qo‘llanadigan qoidalarni qo‘llanishni amalga oshirmaydilar.
3-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zaro savdoda boshqa Ahdlashuvchi Tomonga nisbatan kamsituvchi chora-tadbirlar ko‘rishdan, ushbu Bitim doirasida tovarlar eksporti va/yoki importiga miqdoriy cheklashlar yoki ularga ekvivalent bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rishdan tiyiladilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar bir tomonlama tartibda, lekin faqat oqilona doirada va qat’iy muayyan muddatga miqdoriy yoki boshqa maxsus cheklashlar belgilashlari mumkin.
Mazkur cheklashlar mutlaq tusda bo‘lishi kerak va faqat TSBB/JST doirasida bitimlarda nazarda tutilgan hollardagina qo‘llanishi mumkin.
Ushbu moddaga muvofiq cheklashni qo‘llanuvchi Ahdlashuvchi Tomon, imkoniyatga qarab, eslatib o‘tilgan cheklashlarni joriy etishning asosiy sabablari, shakllari va mo‘ljallanayotgan muddatlari to‘g‘risida to‘liq axborotni boshqa Ahdlashuvchi Tomonga o‘z vaqtida taqdim etishi kerak, shundan keyin maslahatlashuvlar tayinlanadi.
4-modda
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlardan istalganining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida davlat tomonidan boshqarishning o‘z hayotiy manfaatlarini himoya qilish uchun o‘zi zarur deb hisoblaydigan yoki o‘zi qatnashchisi bo‘lgan yoki qatnashchisi bo‘lishni mo‘ljallayotgan xalqaro shartnomalarni bajarish uchun so‘zsiz zarur bo‘lgan, xalqaro amaliyotda umumiy ravishda qabul qilingan chora-tadbirlarni, agar bu chora-tadbirlar quyidagilarga taalluqli bo‘lsa, bir tomonlama tartibda ko‘rish huquqiga to‘sqinlik qilmaydi:
odamlar hayoti va salomatligini, atrof muhitni muhofaza qilish, hayvonot va o‘simliklarni qo‘riqlash;
jamoat tartibi va jamoat axloqini himoya qilish;
milliy xavfsizlikni ta’minlash;
qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar va harbiy texnika bilan savdo qilish;
parchalanuvchi materiallarni va radioaktiv moddalarni yetkazib berish, radioaktiv chiqindilarni foydalaniladigan qilish;
oltin, kumush yoki boshqa qimmatbaho metallar va toshlar bilan savdo qilish;
o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni saqlash;
to‘lov balansini buzish;
davlatning qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish natijasida ichki narxlari jahon narxlaridan past bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishni cheklash;
sanoat va intellektual mulkni muhofaza qilish;
milliy mulk bo‘lgan boyliklarni qo‘riqlash;
harbiy harakatlar vaqtida yoki xalqaro munosabatlardagi boshqa favqulodda holatlarda qo‘llaniladigan chora-tadbirlar;
xalqaro tinchlikni va xavfsizlikni saqlash uchun BMT Ustavi asosida majburiyatlarni bajarishga doir xatti-harakatlar.
Bunday chora-tadbirlarni ushbu moddaga muvofiq qo‘llanadigan Ahdlashuvchi Tomon, imkoniyatga qarab, eslatib o‘tilgan cheklashlarni joriy etishning asosiy sabablari, shakllari va mo‘ljallanayotgan muddatlari to‘g‘risida to‘liq axborotni boshqa Ahdlashuvchi Tomonga o‘z vaqtida taqdim etishi kerak, shundan keyin maslahatlashuvlar tayinlanadi.
5-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar alohida banklararo bitim bilan kelishib olinadi.
6-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar tashqi iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo, investitsiyalar, soliq solish, bank va sug‘urta faoliyati hamda boshqa xizmatlar masalalari, transport va bojxona, shu jumladan, Ahdlashuvchi Tomonlarga taalluqli bo‘lgan bojxona statistikasi masalalari bo‘yicha ichki huquqiy tartibga solib borish to‘g‘risida muntazam asosda axborotlar ayirboshlaydilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar milliy qonunchiligidagi ushbu Bitimning bajarilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida bir-birlarini zudlik bilan xabardor qilib turadilar.
Ahdlashuvchi Tomonlarning vakil qilingan organlari bunday axborotni ayirboshlash tartibini kelishib oladilar.
Ushbu moddaning qoidalari:
istalgan Ahdlashuvchi Tomonning to‘la huquqli organini qonunchilik bo‘yicha yoki Ahdlashuvchi Tomonlardan birining odatdagi ma’muriy amaliyoti davomida olish mumkin bo‘lmagan axborotni taqdim etishga;
savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb-kor bo‘yicha biror-bir sirni yoki savdo jarayonini oshkor qiluvchi yoki oshkor etilishi Ahdlashuvchi Tomonning davlat manfaatlariga zid bo‘lgan axborotni taqdim etishga majbur qiluvchi sifatida talqin etilmaydi.
7-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar nohalol ish amaliyotini ushbu Bitim maqsadlariga. nomuvofiq deb e’tirof etadilar hamda uning quyidagi usullariga yo‘l qo‘ymaslik va ularni bartaraf qilish majburiyatini oladilar:
Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida raqobatga xalaqit berish yoki uning uchun shart-sharoitlarni buzish maqsadlarini ko‘zlagan korxonalar o‘rtasidagi shartnomalar, korxonalar birlashmalari qabul qilgan qarorlar va ish amaliyotining umumiy usullari;
bir yoki bir necha korxonaning Ahdlashuvchi Tomonlarning butun hududida yoki uning ancha qismida raqobatni cheklagan holda o‘zlarining ustunlik mavqeyini o‘rnatishda foydalanishadigan xatti-harakatlari.
8-modda
Ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni tarif va notarif bo‘yicha tartibga solishni amalga oshirishda statistik axborotni ayirboshlash, bojxona rasmiy marosimlarini o‘tkazish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg‘unlashtirilgan tizimiga hamda Yevropa iqtisodiy Ittifoqining Kombinatsiyalashgan tarif-statistika nomenklaturasiga asoslangan Tashqi iqtisodiy siyosatning yagona to‘qqiz belgili Tovar nomenklaturasidan foydalanadilar. Bunda o‘z ehtiyojlari uchun Ahdlashuvchi Tomonlar zarurat bo‘lganda Tovar nomenklaturasini to‘qqiz belgidan chetga chiqqan holda rivojlantirishni amalga oshiradilar.
Tovar nomenklaturasining etalon nusxasini joriy etish o‘zaro kelishgan asosda, tegishli xalqaro tashkilotlardagi mavjud vakolatxonalar orqali amalga oshiriladi.
9-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar shunga rozidirlarki, tranzit erkinligi prinsiplariga rioya etish ushbu Bitimning maqsadlariga erishishning eng muhim sharti hamda ularni xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash tizimiga kiritish jarayonining muhim elementi hisoblanadi.
Shu munosabat bilan har qaysi Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonning va/yoki uchinchi mamlakatlarning bojxona hududlaridan kelib chiqadigan hamda boshqa Ahdlashuvchi Tomonning yoki istalgan uchinchi mamlakatning bojxona hududi uchun mo‘ljallangan tovarlarning o‘z hududi orqali to‘siqsiz tranzit qilinishini ta’minlaydi va eksportchilarga, importchilarga yoki tashuvchilarga tranzitni ta’minlash uchun barcha mavjud va zarur bo‘lgan vositalar hamda xizmatlarni xuddi shu vositalar va xizmatlarni o‘z eksportchilariga, importchilariga yoki tashuvchilariga yoxud istalgan uchinchi davlatning eksportchilari, importchilari yoki tashuvchilariga berishdagidan yomon bo‘lmagan shartlarda beradi.
Yuklarning Ahdlashayotgan Tomonlar hududi bo‘ylab o‘tish tartibi va shartlari tashuvlarning xalqaro qoidalariga muvofiq tartibga solib boriladi.
10-modda
Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon tovarlarning sanksiyasiz qayta eksport qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi, ushbu tovarlar kelib chiqqan boshqa Ahdlashuvchi Tomon ularning eksport qilinishiga nisbatan davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlarini qo‘llanadi. Ahdlashuvchi Tomonlar sanksiyasiz qayta eksport qilish taqiqlanadigan tovarlar ro‘yxatini belgilaydilar, shuningdek, davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanadigan tovarlar ro‘yxatlarini ayirboshlaydilar.
Bunday tovarlarni uchinchi mamlakatlarga qayta eksport qilish faqat yozma rozilik bilan va mazkur tovarlar kelib chiqqan mamlakat hisoblanadigan davlatning vakil qilingan organi belgilaydigan shartlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
11-modda
Uchinchi mamlakatlarga nisbatan eksport nazoratining kelishilgan siyosatini o‘tkazish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar eksport nazoratining samarali tizimini yaratish uchun muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazib turadilar va o‘zaro kelishilgan chora-tadbirlar ko‘radilar.
12-modda
Ushbu Shartnomadagi hech narsa istalgan Ahdlashuvchi Tomonning uchinchi mamlakatlar bilan munosabatlar o‘rnatishiga, mazkur Ahdlashuvchi Tomon (agar ushbu munosabatlar va majburiyatlar mazkur Bitim qoidalari va maqsadlariga zid bo‘lmasa, qatnashchisi bo‘lgan yoki bo‘ladigan biror-bir boshqa xalqaro bitimga muvofiq uz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishiga monelik qilmaydi.
13-modda
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda yoki qo‘llanishda Ahdlashuvchi Tomonlar o‘rtasida paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.
Ahdlashuvchi Tomonlar o‘zaro savdoda bahsli vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslikka intiladilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar belgilaydilarki, tijorat kontraktlari va bitishuvlarini talqin etish yoki bajarish natijasida ikkala davlatning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan da’vo va kelishmovchiliklar, agar ularni maslahatlashuvlar va muzokaralar asosida do‘stona yo‘l bilan hal etib bo‘lmasa va boshqacha tartib kelishilmagan bo‘lsa, ular Ahdlashuvchi Tomonlarning hududlarida yoxud kontraktni imzolagan Tomonlar belgilagan uchinchi davlatlar hududida tuziladigan hakamlik sudlarining (doimiy yoki “ad hoc”) mutlaq huquq doirasiga tegishli bo‘ladi.
Har qaysi Ahdlashuvchi Tomon o‘z hududida hakamlik qarorlarini e’tirof etish va bajarish bo‘yicha samarali vositalar mavjud bo‘lishini ta’minlaydilar.
14-modda
Zarurat bo‘lganda Tomonlarning kelishuviga ko‘ra ushbu Bitimga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
15-modda
Ushbu Bitim uning bajarilishi uchun zarur bo‘lgan barcha rasmiyatchiliklarni Ahdlashuvchi Tomonlar amalga oshirganligi to‘g‘risida yozma bildirishnoma ayirboshlangan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Bitim Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uning amalda bo‘lishini to‘xtatish istagi to‘g‘risidagi yozma bildirishnomani taqdim etgan sanadan boshlab o‘n ikki oy o‘tgach o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ushbu Bitimning amalda bo‘lishi to‘xtatilgan taqdirda uning qoidalari ikkala Ahdlashuvchi Tomonning xo‘jalik faoliyati subyektlari o‘rtasida tuzilgan, biroq u amalda bo‘lgan davrda bajarilmagan kontraktlarga nisbatan ular to‘liq bajarilgunga qadar qo‘llaniladi.
1995-yil 30-martida Kishinev shahrida ikki nusxada, har biri o‘zbek, moldovan va rus tillarida tuzildi, barcha matnlar bir xil kuchga egadir.
Mazkur Bitimning u yoki bu qoidasini talqin qilishda kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)

Download 30,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish