Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Tovar chiqarilgan joy nomiga bo‘lgan huquq



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

6-§. Tovar chiqarilgan joy nomiga bo‘lgan huquq
FKning 1108-moddasida, hamda Qonunda tovar kelib chiqqan 
(tayyorlangan) joyning nomi tushunchasi, uni huquqiy muhofaza qilish 
asosi, tartibi belgilab berilgan.
Har bir mamlakat, mintaqa, ma’lum bir hudud o‘z iqlimi, havosi, 
tuproq tarkibi, o'simlik va hayvonot dunyosi va boshqa tabiiy sharoitlari 
bilan o‘ziga xosdir. Ba’zan bu o'ziga xoslik o‘sha hudud doirasida ishlab 
chiqariladigan tovarlar, bajariladigan ishlar, ko‘rsatiladigan xizmatning 
o‘ziga xos alohida sifatga, belgilarga ega bo'lishini belgilaydi. Boshqa joydagi 
aynan o'shanday ishlab chiqarilgan tovarlar, bajariladigan ishlar yoki 
ko'rsatiladigan xizmatlar o'shanday sifatga, belgilarga ega bo'lmaydi. 
Binobarin, ma’lum geografik hududning tabiiy sharoitlari yoki boshqa 
omillar (asosan, o'sha joyda yashovchilarning kasbi-kor malakasi, mahorati) 
bilan uzviy bog'liq ravishda tayyorlangan tovarlar boshqa joyda 
tayyorlangan aynan shunday tovarlarga nisbatan xaridorgir, yuqori sifatli
alohida xususiyatlarga ega, raqobatbardoshli hisoblanadi. Bozorda ushbu 
tovar tayyorlangan joy nomining o'zi tovar ma’lum sifat xususiyatiga ega 
ekanligi haqida o'ziga xos sertifikat hisoblanadi. Masalan, «Borjomi», 
«Essentuki», «Toshkent» suvlari, Uchqora mayizi, Urgut tamakisi, 
Yangiqo'rg'on anjiri, Quva anori va hokazo. Ba’zan tovar tayyorlangan 
joyning tabiiy shart-sharoitlari bilan emas, balki o'sha joyda yashovchi 
aholining ma’lum bir kasb-hunari, mahsulot tayyorlashda bo'lgan alohida 
mahorati, malakasi ushbu tovar sifatini belgilashda alohida muhim omil 
bo'lishi mumkin. Masalan, Chust pichog'i, Samarqand noni, Xiva gilami 
va hokazo.
Tovar chiqarilgan (tayyorlangan) joy nomi sifatida mamlakat nomi 
ishlatilishi (Braziliya qahvasi, Eron gilami, Gruziya choyi), aholi punkti 
yoki mintaqaviy hudud nomi (Toshkent suvi, Chust pichog'i), umuman, 
qandaydir geografik obyekt nomi (masalan, Tyan’-Shan’ suvi) qo'llanilishi 
mumkin. Bunday maqsadlarda o'sha geografik obyekt tarixiy nomi 
ishlatilishi mumkin (Shampan’ sharobi, Kagor sharobi va hokazo). Bunda 
eng asosiy sabab o'sha joyda ishlab chiqarilgan tovarning yuqori sifati, 
alohida belgilarga ega ekanligi va xuddi shu holat tovarlar bozorida, 
xaridorlar orasida ma’lum ahamiyatga ega ekanligidir. Ba’zan bu tovar 
ishlab chiqarish bilan emas, xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lishi, bu 
holat ko'pincha joylarda tibbiy davolash, xizmat ko'rsatish sifati bilan 
bog'liq bo'lib, bunda o'sha joydagi balchiq, mineral suv, g'orlar, havo 
tarkibi, havo zichligi, atmosfera bosimi va hokazo holatlar muhim,


belgilovchi omil bo'lishi mumkin.
Qonunning 5-moddasiga muvofiq, mamlakat, aholi punkti, joy yoki 
boshqa jo ‘g ‘rofiy obyektning (bundan buyon matnda jo‘g ‘rofiy obyekt 
deb yuritiladi) tovarni belgilash uchun ishlatiladigan, uning alohida 
xususiyatlari tamomila yoki asosan mazkur jo‘g ‘rofiy obyektga xos tabiiy 
sharoitlar bilan yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va ushbu 
omillarning birikmasi bilan belgilanadigan nomi tovar kelib chiqqan joy 
nomi deb e’tirof etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, tovar kelib chiqqan joy nomiga 
bo'lgan huquq huquqiy jihatdan muhofaza qilinishi uchun quyidagi 
shartlar mavjud bo'lishi lozim:
1) 
m a’ lum joy, hudud o'zining tabiiy-iqlim va relef shart- 
sharoitlariga ko'ra, unda yashovchi aholining kasb-kor mahorati, malakasi 
tufayli o'ziga xosliklarga ega bo'lishi;
2) bu o'ziga xoslik ushbu joyda, hududda tayyorlanadigan, ishlab 
chiqariladigan tovarlar, ko'rsatiladigan xizmatlarning alohida sifati, 
xususiyati, belgilarini ta’minlovchi omil bo'lishi;
3) yuqoridagi holat tovarlar bozorida ma’lum va mashhur bo'lishi 
talab etiladi.
Yuqordagi shartlar mavjud bo'lgan holdagina tovar chiqarilgan joy 
nomi uni ro'yxatga olish asosida huquqiy muhofaza qilinadi.
Ba’zi hollarda tovar nomi geografik obyekt nomi bilan bog'liq yoki 
bir xilda bo'lsa-da, biroq tovar boshqa joylarda ham aynan o'shanday 
tayyorlanishi mumkin (masalan, axaltekin otlari), boshqa hollarda esa 
bunday nom ma’lum tovarning yoki tovarlar guruhining nomi sifatida 
umumiste’molga kirib ketgan bo'lishi mumkin (golland pishlog'i, kyol’n 
suvi-odekolon va hokazo). Bunday hollarda atama tovar chiqarilgan joy 
nom i sifatida tan olinm aydi va binobarin, h u qu qiy m uhofaza 
maqsadlarida ro'yxatga olinmaydi. Biroq bu holat bunday ma’lum va 
mashhur nomdan insofsizlik bilan foydalanib, xaridorlarni, iste’molchilarni 
aldash, past sifatli tovarlarni o'tkazish vositasi sifatida foydalanilganda 
huquqi buzilgan shaxsning o'z huquqlarini himoya qilish, yetkazilgan 
m oddiy va ma’naviy zararning qoplanishini talab qilish huquqidan 
m ahrum etmaydi. Huquqi buzilgan shaxs FKning 11-moddasida 
ko'rsatilgan usullardan foydalanib, o'z huquqini himoya qilishga haqli.
Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro'yxatdan 
o'tkazilmaydi:

tovar kelib chiqqan joy xususida iste’molchini chalg'itib qo'yadigan 
jo'g'rofiy nom bo'lgan belgilar;


- tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvc.hi, lekin tovar 
boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasawur beruvchi 
belgilar;
- tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog'liq bo‘lmagan jo ‘g ‘rofiy 
nomni anglatuvchi va O'zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar 
belgisi sifatida umum foydalanishda bo'lgan belgilar.
Tovar chiqarilgan joy nomi O'zbekiston Respublikasi Patent idorasida 
ro'yxatdan o'tkazdiriladi. Bunda FK 1108-moddasi, 2-qismida belgilangan 
talablarga ishlab chiqariladigan tovaming javob berishi va ayni o'shanday 
tovar ishlab chiqaruvchining o'sha hudud doirasida faoliyat yuritishi 
muhim omil hisoblanadi (masalan, Surxondaryoda faoliyat yuritayotgan 
hunarmand o'z mahsulotini Chust pichog'i deb bozorda sotishi maqsadga 
muvofiq emas).
Patent idorasi tomonidan ro'yxatga olish amalga oshirilganidan keyin 
tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi haqida guvohnoma 
beriladi.
Tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi guvohnomasi 
ma’lum muddatga beriladi, bu muddat tugagach, u uzaytirilishi mumkin. 
Ro'yxatga olishda tovarlarning u tayyorlangan joy nomi bilan bog'liq 
ravishda sifatga ega ekanligini tekshirish uchun ekspertiza tayinlanishi 
mumkin. Guvohnoma amal qilish muddati davomida vakolatli davlat 
organlari, iste’molchilarning uyushmalari tovarlarning maxsus sifati
xususiyati, belgilari bo'yicha talablarga muvofiqligi ustidan doimiy 
nazoratni olib boradilar.
Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda muddatidan oldin 
bekor bo'ladi:
a) ma’lum hudud, joy o'sha joyda ishlab chiqariluvchi tovarning 
maxsus sifati, belgisi, xususiyatini belgilovchi tabiiy iqlim, rel’ef va 
boshqa omillardan mahrum bo'lganda (mineral suv chiqmay qolganda, 
balchiq tugaganda, ma’lum kasb-hunar bilan aholi shug'ullanmay qolganda 
yoki malaka, mahorat yo'qotilganda);
b) ishlab chiqariladigan tovaming maxsus sifat, belgi, xususiyatlarga 
ega bo'lishi haqidagi talablarga rioya qilinmagan taqdirda;
v) joy nomi tovar yoki tovarlar guruhi nomi sifatida umumiste’molga 
kirib qolganda.
Tovar chiqarilgan joy nomini ro'yxatga olish, bu nomdan foydalanish 
huquqi haqida guvohnoma berish, ro'yxatga olishni haqiqiy emas deb topish, 
ro'yxatga olish va guvolmomaning amal qilishini to'xtatish, ularning bekor 
bo'lishi tartibi va shartlari maxsus qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan 
shaxs bu nomni tovarda, idishi va o'rovida, reklamalarda, bosma 
ma’lumotlarda, hisob varaqalarda ishlatish, shuningdek, ushbu tovarning 
fuqarolik muomalasiga kiritilishi munosabati bilan (sotish, ijaraga berish, 
namoyish etish va hokazolar) joy nomidan boshqacha tarzda foydalanishga 
haqlidir. Tovar chiqarilgan joy nomi tovar belgisi bilan birgalikda, 
shuningdek, o‘zi mustaqil, alohida ravishda ishlatilishi mumkin.
Sanoat mulki obyektlarining boshqa turlardan farqli ravishda 
tovarlaming kelib chiqish joyi nomidan foydalanish huquqi u yoki bu 
shaxsga monopoliya (tanholik) asosida tegishli bo'lmaydi. Bu huquq tegishli 
mamlakat, joy, hudud doirasida o‘sha turdagi tovami tayyorlash bo'yicha 
xo'jalik faoliyatini amalga oshirayotgan barcha shaxslarga tegishli bo'lishi 
mumkin (FKning 1108-moddasi 1-3-qismida belgilangan talablarga rioya 
qilingan holda). Binobarin, masalan, Chust hududida faoliyat yurituvchi 
barcha pichoqsoz-hunarm andlar «Chust pichog'i» degan nomdan 
foydalanish huquqi haqida guvohnoma so'rab, Patent idorasiga murojaat 
etishga haqlidirlar. Bunda bir necha hunarmand birgalikda ham, bir- 
birlaridan mustaqil, alohida tarzda ham ro'yxatga olinishlari mumkin. 
Ularning har bin tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga 
ega.
Yuqorida ko'rsatilganday, tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish 
mutlaq monopol huquq emas, bu huquq bir vaqgning o'zida FKning 
1108-moddasida belgilangan talablarga rioya qilinganda cheksiz, 
nomuayyan doiradagi shaxslarga tegishli bo'lishi mumkin. Xuddi shu 
sababli tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqining boshqa 
shaxsga berilishiga, uning boshqa shaxsga o'tkazilishiga, uning litsenziya 
asosida foydalanish uchun berilishiga yo'l qo'yilmaydi, bu haqdagi bitim 
va shartnomalar o'z-o'zidan haqiqiy hisoblanmaydi.
O'zbekiston Respublikasida uning hududidagi (davlat chegaralari 
ichida joylashgan) tovarlar chiqarilgan joylarning nomlari (viloyatlar, 
tumanlar, shaharlar, qishloqlar, tog'lar, daryolar va boshqa geografik 
obyektlar) huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi (ya’ni bu nomdan 
foydalanuvchilarning huquqlari uchinchi shaxslarning tajovuzlaridan 
qo'riqlanadi).
Boshqa davlatdagi tovar ishlab chiqarilgan joy nomi O'zbekiston 
Respublikasida huquqiy muhofza qilinishi uchun quyidagi ikki shart bir 
vaqtning o'zida mavjud bo'lishi shart:


a) agarda bu nom tovar chiqarilgan mamlakatda ro‘yxatdan 
o'tkazilgan bo‘lsa;
b) so'ngra O'zbekiston Respublikasi Patent idorasida ham belgilangan 
tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan bo'lsa.
Binobarin, boshqa davlatda tovar ishlab chiqarilgan joy nomi shu 
davlatning o'zida huquqiy muhofaza qilinmasa, u O'zbekiston Respublikasi 
hududida ham huquqiy muhofaza qilinmaydi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish