Demak, qonun bilan man etilmagan
har qanday mol-mulk xususiy
mulk obyekti bo'lishi mumkin va xususiy mulk bo'lgan mol-mulkning
miqdori va qiymati qonun bilan cheklanmagan.
Merosning obyekti aktiv va passiv bo'lishi mumkin. Vafot etgan
shaxsning meros ochilgan paytdagi ashyoviy va majburiyat huquqlari -
aktiv, vafot etganning zimmasidagi majburiyatlar - passiv obyektlar
bo'lib hisoblanadi.
Aktiv holatda merosxo'r meros mulkka nisbatan qonuniy huquqqa
ega bo'lib, tasarruf qilish huquqini ham qo'lga kiritadi.
Passiv holatda
esa, o'z ustiga m ajburiyat yuklaydi, y a ’ni meros qoldiruvchining
majburiyatlari merosxo'rlar zimmasiga o'tadi.
Qonun bilan ta’qiqlanmagan fuqaroning barcha mulki va mulkka
bo'lgan huquq va majburiyatlari xususiy mulk sifatida meros huquqining
obyekti bo'lib hisoblanadi.
Meros qoldiruvchiga tegishli bo'lgan xususiy mulk huquqi (FK-ning
207-211- moddalari), kredit muassasalarida saqlanayotgan omonatlarga
bo'lgan huquq, shuningdek, mulk bilan bog'liq bo'lgan
ayrim nomulkiy
huquqlar va majburiyatlar ham meros qoldiruvchining meros mulki
tarkibiga kiradi1.
«Mulkchilik to'g'risida»gi 1990- yil 31- oktabrda qabul qilingan
qonun2 «uy-joylar, dala hovlilar, bog' uylari, yer uchastkalaridagi
dov-daraxtlar, uy hayvonlari,
transport vositalari, pul mablag'lari, uy-
ro'zg'or va shaxsiy iste’mol buyumlari, shaxsiy yordamchi xo'jalikni
yuritish, bog'dorchilik, polizchilik uchun kerakli mol-mulklar, ishlab
chiqarilgan mahsulotlar, shuningdek, iste’molga mo'ljallangan
boshqa
mol-mulk fuqarolar mulki bo'lishi mumkin» deyilgan.
Uy-joy kooperativining, uy-joy qurish, dala hovli, garaj kooperativi
yoki boshqa imorat yoki bino uchun pay badalini batamom to'lagan
kooperativ a’zosi shu mol-mulkning egalik huquqini oladi.
Mazkur mol-mulkni mulk qilib sotib olgandan keyin fuqaro uni
o'z xohishiga ko'ra
tasarruf etishga - sotish, vasiyat qilish, ijaraga
berish, uning yuzasidan qonunga zid bo'lmagan boshqa bitimlar tuzishga
haqlidir.
Qonun fuqarolarning mol-mulkni umrbod meros qilib olish huquqi
va muhofaza qilishni e ’tirof etadi.
1 Узбекистон Республикаси ФКнинг иккинчи кисмига шархпар. Ш-жилд. Тошкент.1998
й. 218-бет.
2 Узбекистон конун ва фармойишлари. Тошкент, Узбекистон. 1992 й. 10-бет.
1958- yil 31- oktabrdagi Lissabon ittifoqi organi tovar chiqarilgan joy
nomlarini qayd etish mexanizmini ishlab chiqdi va amalga oshirmoqda.
Dunyoning deyarli barcha davlatlarida tovarlarning chiqarilgan
joylari nomlaridan g'ayriqonuniy
foydalanish, bu joylar nomlari haqida
noto‘g ‘ri yoki yolg'on ma’lumot berish g‘irrom raqobatning ko‘rinishlaridan
hisoblanadi va tegishli javobgarlik choralari (zararlarni to'latish, hududga
olib kelishni taqiqlash, arest solish, tovami yo'q qilib tashlash va hokazolar)
ko'rilishiga sabab bo'ladi. «O'zbekiston Respublikasining tovar bozorlarida
monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to'g'risida» gi 1996 yil 27
dekabrda qabul qilgan Qonunning 8-moddasiga asosan yuridik shaxsning
intellektual fa oliy a ti natijalaridan va ularga ten gla sh tirilga n
individuallashtirish vositalaridan, mahsulotni,
xizmatlar bajarishni
individuallashtirish vositalaridan qonunsiz foydalanib tovar sotish,
tovaming xususiyati, uni tayyorlash usuli va joyi xususida iste’molchini
chalg'itish insofsiz raqobat hisoblanadi va taqiqlanadi.