Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


-§. Firma nom iga bo'lgan huquqning amal qilishi va



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

2-§. Firma nom iga bo'lgan huquqning amal qilishi va 
uni boshqa shaxsga berish tartibi
Yuridik shaxsning firma nomiga bo'lgan mutlaq huquqi O'zbekiston 
R espublikasi h u d u d id a amal qilishi, e ’ tirof etilishi, m uhofaza 
qilinishining zarur sharti - bu nomning O'zbekiston Respublikasining 
vakolatli davlat idoralarida ro'yxatdan o'tkazdirilganligi va bu haqda 
dalolatnoma belgilanganligi.


Ushbu talabga rioya qilmaslik firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquq 
tan olinmasligiga sabab bo'ladi.
Chet davlatda ro'yxatga olingan yoki umume’tirof etgan nomga 
(masalan, Samsung, Boing, Soni, Koka-Kola va hokazo) nisbatan mutlaq 
huquq O'zbekiston Respublikasi hududida quyidagi hollarda amal qilishi 
mumkin:
a) agar bu O'zbekiston Respublikasi qo'shilgan xalqaro konvensiyalar, 
bitimlar va boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan bo'lsa;
b) agar bu O'zbekiston Respublikasi bilan xorijiy davlatlar o'rtasidagi 
ikki tomonlama, ko'p tomonlama shartnomalar, bitimlarda nazarda 
tutilgan bo'lsa.
Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasining 8- 
rnoddasida ko'rsatiladiki, konvensiyaning ishtirokchisi bo'lish har bir 
davlat boshqa ishtirokchi xorijiy davlatda joylagan firma nomini uning 
o'zida qayd etilgan-etilmaganidan qat’iy nazar (qayd etish haqidagi talab 
majburiyligidan qat’iy nazar), huquqiy muhofaza qilish, mutlaq huquqini 
ta’minlashi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Parij konvensiyasi ishtirokchisi hisoblanadi.
Firma nomiga bo'lgan mutlaq huquq u qayd etilganidan boshlab 
bemuddat amal qiladi.
Nom egasi bo'lgan shaxs tugatilganidan boshlab yoki uning firma 
nomini belgilangan tartibda o'zgartirish orqaly firma nomi-a bo'lgan 
mutlaq huquq bekor bo'ladi. Firma nomi o'zgartirilganda bu haqda 
oshkora-ommaviy e’lon qilinishi shart.
Qonunning 8-moddasiga muvofiq, yuridik shaxs (litsenziar) o'z firma 
nomidan foydalanish uchun boshqa yuridik shaxsga (litsenziatga) qonun 
hujjatlariga muvofiq ular o'rtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi yoki 
kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida ruxsat berishi 
mumkin(masalan, FKning 862-moddasida belgilangan franshizing shar- 
nomasini tuzish orqali), litsenziya firma nomidan foydalanish hollari
doirasi, buning uchun olinadigan haq miqdori, to'lash tartibi va shu kabi 
shartlarni o'z ichiga olishi lozim. Ayni vaqtda shartnomada litsenziar 
litsenziatga uning zimmasiga firma nomidan foydalanishda iste’molchini 
chalg'itib qo'yish, aldashiga olib kelishni istisno etuvchi choralar ko'rish 
majburiyatini yuklashi va uning bajarilishi ustidan nazorat qilishi lozim. 
Bunday choralar ko'rilmagan taqdirda iste’molchining e’tirozlari litsenziat 
(boshqaning firma nomidan foydalanuvchi)ga emas, balki litsenziarga (firma 
nomining egasiga) qaratilishi mumkin. Litsenziya shartnomasida iste’molchini 
chalg'itishni istisno etadigan chora-tadbirlar nazarda tutilishi kerak.


Firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga o'tishiga faqat 
yuridik shaxs qo'shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish va ajratib chiqarish 
yo‘li bilan qayta tashkil etilgan yoki butun korxona mulkiy majmua 
sifatida sotilgan hollardagina yo‘1 qo'yiladi.
Yuridik shaxslar qo‘shib yuborilganda va yuridik shaxs boshqa yuridik 
shaxsga qo'shib olinganda firma nomiga bo‘lgan huquqning boshqa shaxsga 
o ‘tishi topshirish hujjatiga muvofiq amalga oshiriladi. Yuridik shaxs 
bo'linganda yoki u yuridik shaxs tarkibidan ajralib chiqqanida firma 
nomiga bo'lgan huquqning boshqa shaxsga o‘tishi taqsimlash balansiga 
muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsning firma nomiga bo'lgan huquqini begonalashtirish 
vakolatli davlat organida qayd etish va tegishli dalolatnoma berish orqali 
rasmiylashtiriladi.
Firma nomini huquqiy jihatdan muhofaza qilish yuridik shaxs 
tugatilgan yoki uning firma nomi o'zgartirilgan taqdirda, tugatiladi.
Firma nomidan noqonuniy foydalanish firma nomiga bo'lgan mutlaq 
huquqning buzilishi deb e’tirof etiladi.
Agar tovar belgisiga (xizmat ko'rsatish belgisiga), domen nomiga 
bo'lgan huquq firma nomiga bo'lgan huquqdan ilgari olingan bo'lsa, 
tovar belgisida (xizmat ko'rsatish belgisida), domen nomida ushbu 
firmaning nomidan foydalanish firma nomiga bo'lgan mutlaq huquqning 
buzilishi deb e’tirof etilmaydi.
Firm a nom iga b o 'lg a n m utlaq huquqni undan n oq on u n iy 
foydalanishdan himoya qilish:
yuridik shaxsning ishchanlik obro'sini himoya qilish maqsadida sud 
qarori to'g'risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;
noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, 
idishlar va o'rovlardan huquqbuzar hisobidan olib tashlash;
noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, 
idishlar va o'rovlardan olib tashlash mumkin bo'lmagan taqdirda, ularni 
huquqbuzar hisobidan yo'q qilib tashlash;
kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o'rovlarni firma nomiga 
bo'lgan huquqqa egalik qiluvchi yuridik shaxsga berish orqali amalga 
oshiriladi.
Firm a nom iga b o 'lg a n m utlaq huquqni undan n oq on u n iy 
foydalanishdan himoya qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha 
usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Chet el yuridik shaxslari ushbu qonunda nazarda tutilgan firma 
nomlariga bo'lgan huquqlardan O'zbekiston Respublikasining xalqaro


shartnomalariga binoan yoki o‘zaro kelishuv prinsipi asosida O'zbekiston 
Respublikasining yuridik shaxslari bilan teng ravishda foydalanadilar.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish