Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Jabrlanuvchining aybini va zarar yetkazgan shaxsning mulkiy holatini 
hisobga olish. 
Hayotda shunday holatlar ham uchraydiki, shaxsga 
yetkazilgan zarar nafaqat boshqa kishining, balki jabrlanuvchining aybi 
natijasida yuz beradi. Masalan, yoiovchining yo‘1 harakati Qoidalarini 
buzib o‘tish taqiqlangan joydan o'tishi, ishchining xavfsizlik qoidalariga 
rioya etmasligi va shu kabilar natijasida yetkazilgan zararlarda 
jabrlanuvchi ham aybdor hisoblanadi.
Odatda jabrlanuvchining aybi qo'pol ehtiyotsizlik yoki turmush 
qoidalarini buzishda namoyon boiadi. Shu bilan birga jabrlanuvchining 
aybi huquqqa xilof xatti-harakat natijasida vujudga kelishi mumkin. 
Masalan, "Ximiya” kombinati qorovuli S. kombinat hovlisidagi etil spirti 
deb yozilgan sisternadan spirt o‘g ‘irlab unga suv aralashtirib ichdi va 
natijada S.ning ikkala ko‘zi ham ko'rmay qoldi. Keyinchalik maium 
boiishicha, “etil spirti” deb yozilgan sisternada spirt emas, boshqa zaharli 
suyuqlik bor ekan. Bu yerda jabrlanuvchining aybi tufayli zarar vujudga 
keldi, bunda “Ximiya” kombinati javobgarlikdan ozod etiladi. Chunki, 
qorovulga kombinatdagi xomashyoni o‘g ‘irlash huquqi berilmagan, 
aksincha, uning majburiyati ana shu xomashyoni qo'riqlash edi1. 
Jabrlanuvchining aybi quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: 
birinchidan, 
zarar yetkazuvchining aybidan farqli o ia r o q
jabrlanuvchining aybi boshqa shaxsning subyektiv huquqini buzish bilan 
bogliq boimaydi;
ikkinchidan, 
agar zarar yetkazuvchining aybli boiishi faraz qilinsa, 
jabrlangan shaxsning aybi zarar yetkazgan shaxs tomonidan isbotlangan 
boiishi kerak;
uchinchidan, 
zarar yetkazgan shaxs aybining qaysi shaklda 
boiishligidan qat’iy nazar, javobgarlikka tortilsa (FKning 1004-moddasida 
ko‘rsatilgan hollar mustasno), jabrlanuvchining aybi qasd yoki qo'pol 
ehtiyotsizlik shaklida ifodalangan boisagina, yuridik ahamiyatga ega 
boiadi. Shu bilan birga, qonun zarar yetkazgan shaxs va jabrlanuvchining 
bir xildagi sharoitlarda boimaganliklarini e’tiborga oladi, chunki zarar 
yetkazuvchiga qaraganda jabrlanuvchida lozim darajada ehtiyotkorlik
1 Эгамбердиева H.)^. Фукаролик-хукукий жавобгарлик асослари ва шакллари. Юрид. 
фан. номз. дисс. -Т.: 2006.
2 Узбекистан Республикасининг Фукаролик 
ХУКУКИ 
(И-кисм).-Т.: Адолат. 1999. -347 б.


choralarini ko'rish bir qadar qiyinroq hisoblanadi2.
Qonun jabrlanuvchi aybining shakllariga qarab delekt majburiyatlari 
uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikni tatbiq etish, zararni qoplash hajmi 
yoki to'lanadigan tovon miqdorini belgilaydi.
- agar zarar jabrlanuvchining qasddan ish ko'rishi natijasida yuzaga 
kelgan bo‘lsa, u toianmaydi;
- agar jabrlanuvchi o'zining qo'pol ehtiyotsizligi tufayli zararning 
yuzaga kelishiga yoki ortishiga ko'maklashgan bo'lsa, unda jabrlanuvchining 
va zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi 
lozim;
- jabrlanuvchi qo'pol ehtiyotsizlik qilganda va zarar yetkazuvchining 
aybi bo'lmaganda, uning javobgarligi aybidan qat’iy nazar yuzaga kelgan 
hollarda, tovon miqdori kamaytirilishi lozim, yoki agar qonunda 
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, zararni to'lash rad etilishi 
mumkin. Fuqaroning hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazilganda tovon 
to'lashni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
Qo'shimcha xarajatlarni to'lashda, boquvchisining vafoti munosabati 
bilan ko'rilgan zararni to'lashda, shuningdek, dafn etish xarajatlarini 
to'lashda jabrlanuvchining aybi hisobga olinmaydi.
Sud fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash miqdorini, uning 
mulkiy holatini hisobga olib, kamaytirishi mumkin, zarar qasddan qilingan 
harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan hollar bundan mustasno 
(FKning 1004-moddasi).

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish