4-§. M a’naviy zararni qoplash.
Fuqarolik qonun hujjatlarida ma’naviy zarar tushunchasining ta’rifi
berilmagan. Biroq, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-
yil 28-apreldagi «ma’naviy zarami qoplash haqidagi qonunlami qo'llashning
ayrim masalalari to'g'risida»gi №7-sonli Qarorida1 ma’naviy zarar tushunchasi
ta’rif berilgan. Unga ko'ra, ma’naviy zarar deganda jarblanuvchiga qarshi
sodir etilgan huquqbuzarlik harakati (harakatsizlik) oqibatida u boshidan
kechirgan (o'tkazgan) ma’naviy va jismoniy (kamsitish, jismoniy og'riq,
zarar ko'rish, noqulaylik va boshqa) azoblar tushuniladi.
Ma’naviy zarar, jumladan yaqin qarindoshini yo'qotish (o'limi)
sababli ma’naviy qayg'urish, ijtimoiy hayotdagi faoliyatini davom
1 Мазкур карорга Узбекистан Республикаси Олий суди Пленумининг 19.12.2003. й.
20-сон карорига мувофик узгартиришлар киритилган.
ettira olmaslik, ishini yo'qotish, oilaviy, tibbiy sirlarni oshkor qilish,
fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik ob ro‘siga putur
yetkazuvchi haqiqatga to‘g ‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish,
har qanday boshqa huquqlarini vaqtincha cheklash yoki ulardan
mahrum qilish, yetkazilgan zarar yoki sog'liqqa boshqacha ziyon
yetkazish tufayli jism oniy o g ‘ riq, yetkazilgan m a’naviy azoblar
natijasida boshidan o'tkazilgan boshqa kasalliklarda namoyon bo'ladi.
Agar ma’naviy zarar jabr etuvchiga yetkazilgan zararni qoplashni
nazarda tutgan kuchga kirgunga qadarli yetkazilgan bo'lsa, shuningdek,
da’vogar bunday qonun kuchga kirishidan keyin ham ma’naviy va jismoniy
azob his qilayotgan bo'lsa ham da’vogaming bu haqdagi talabi qanoatlantirishga
tegishli emas, chunki zarar yetkazilgan vaqtda javobgarlikning bu turi
belgilanmagan bo'lgan va umumiy qoidaga ko'ra sodir qilingan vaqtda
amalda bo'lgan qonunda belgilangan xilof harakatga nisbatan javobgarlikni
kuchaytiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo'lishi mumkin emas.
FKning 1021-moddasiga muvofiq, ma’naviy zarar uni yetkazuvchining
aybi bo'lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi. Biroq,
quyidagi holatlarda ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’iy
nazar qoplanadi, agar:
- zarar fuqaroning hayoti va sog'lig'iga oshiqcha xavf manbayi
tomonidan yetkazilgan bo'lsa;
- zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga
xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa
olishni yoki munosib xulq-atvorda bo'lish haqida tilxat olishni qonunga
xilof tarzda qo'llanish, qonunga xilof tarzda ma’muriy jazo qo'llanish
va qonunga xilof tarzda ushlab turish natijasida yetkazilgan bo'lsa;
- zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik o b r o '-e ’tiborini
haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo'lsa;
- qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Umumiy qoidaga ko'ra, ma’naviy zarar pul bilan qoplanadi. Ma’naviy
zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy
azoblaming xususiyatiga, shuningdek, ayb tovon to'lashga asos bo'lgan
hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan
aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik
talablari e’tiborga olinishi lozim.
Jismoniy va m a’naviy azoblarning xususiyati m a’naviy zarar
yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari
hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi.
Ma’naviy zarar to'lanishi lozim bo'lgan mulkiy zarardan qat’iy nazar
qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |