Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


IV B O L IM 59-bob. IN TELLE K TU AL M U L K H UQUQI



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

IV B O L IM
59-bob. IN TELLE K TU AL M U L K H UQUQI
l - § . Intellektual m ulk obyektlarining o'ziga xos xususiyatlari
Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining alohida o'ziga xos 
obyekti boiib hisoblanadi. «Intellekt» lotincha so‘z boiib, «aql» ma’nosini 
anglatadi. Intellektual mulk obyektlari fuqarolik huquqining boshqa 
obyektlari — ashyolar, qimmatbaho qog‘ozlardan quyidagi xususiyatlari 
bo'yicha farq qiladi:
a) ko‘p hollarda intellektual mulk obyektlari moddiy ko‘rinishda 
emas, balki, g ‘oya, bilim, axborot shaklida namoyon boiadi. Obyektiv 
shaklda ifodalangan g ‘oya, bilim moddiy eltuvchida, moddiy ifodada, 
masalan, chizma, maket, apparat, qurilmada mujassamlashgan boiishi 
mumkin, biroq, bunda g ‘oya, bilim birlamehi, uning moddiy mujassami 
har doim ikkilamchi boiadi;
b) g ‘oya, bilim shaklidagi intellektual mulk obyektiga odatdagi 
moddiy ashyoga egalik qilganday egalik qilish mumkin emas;
v) bunday obyektlardan bir vaqtning o'zida cheksiz doiradagi shaxslar 
foydalana olishi mumkin;
g) intellektual mulk huquqi obyektlariga mulk huquqining 
muddatsizligi haqidagi qoida (FKning 164-moddasi) qoilanilm aydi. 
Binobarin, ko‘pchilik hollarda (nou-xauga nisbatan istisnoni hisobga 
olmaganda) intellektual mulk huquqi amal qilishi qonunlarda belgilangan 
muddatlar bilan chegaralangan boiadi;
d) qonunlarda belgilangan muddatlar o'tishi bilan intellektual mulk 
huquqi sohibining intellektual mulkning muayyan obyektiga nisbatan 
huquqlari bekor boiadi va bu obyektlar umuminsoniy boylikka aylanib, 
har kim undan ma’lum shar tlar asosida (muallifining shaxsiy huquqlariga 
rioya qilgan holda) tekin va ruxsatsiz foydalanishga haqli boiadi;
e) intellektual mulk huquqi obyektlari g'oya ko'rinishida boigan 
hollarda ularni ashyolar singari egallash mumkin emasligi, ulardan bir 
vaqtning o'zida cheksiz doiradagi shaxslar foydalana olish imkoniyatlari 
mavjudligi sababli bunday obyektlarga nisbatan mulk huquqini himoya 
qilishda vindikatsion da’voni qo'llash (FKning 228-moddasi) imkoniyati 
amalda mavjud emas;
yo) intellektual mulk huquqi obyektlariga nisbatan odatdagi mulk 
huquqi emas, balki mutlaq huquqlar haqidagi qoidalar qo'llaniladi;


j) intellektual mulk huquqining amal qilishi, ayni vaqtda, ma’lum 
hudud bilan ham chegaralangan bo'ladi. Masalan, ixtiroga nisbatan 
O'zbekiston Respublikasi Patent idorasi tomonidan berilgan patent 
O'zbekiston Respublikasi hududida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi 
bilan xorijiy davlatlar o'rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnomalar 
asosida belgilangan hududlardagina amal qiladi;
z) ko'pgina intellektual mulk obyektlariga nisbatan ularning 
m ualliflari shaxsiy h u qu qlari m avjud b o 'lib , bu obyektlardan 
foydalanuvchilar ushbu shaxsiy huquqlarga rioya qilishlari lozim bo'ladi.
Intellektual mulk obyektlari bu obyektlarning qanday faoliyat 
mahsuli ekanligi, ularning huquqiy rejimi va shu kabi xususiyatlariga 
qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
1.Intellektual faoliyat natijalari. Intellektual faoliyat o'z xarakteriga 
ko'ra, inson faoliyatining eng oliy ko'rinishi — ijodiy faoliyat bo'lib 
hisoblanadi. Inson ijodiy faoliyati bu faoliyatni amalga oshirish usul- 
vositalari, faoliyat mahsullari xususiyatlariga ko'ra inson ongli faoliyatining 
boshqa ko'rinishi odatdagi, kundalik faoliyatidan farq qiladi.
Odatdagi, kundalik faoliyat doimiy, takrorlanib turuvchi faoliyat 
bo'lib, bunda faoliyat o'zi ham, undan vujudga keladigan natijalar ham 
ilgaridan ma’lum bo'ladi. Shu sababli ham odatdagi, kundalik faoliyat 
reproduktiv faoliyat hisoblanib, bunda tayyor o'y-fikrlar formal mantiq 
yoki boshqa qonun-qoidalar asosida qaytadan, takroriy hosil bo'ladi. 
Ijodiy faoliyat (aql, tafakkur) intellektual faoliyat bo'lib, uning natijasida 
fan, texnika, adabiyot yoki san’at sohasida yangi, ijodiy mustaqil mahsul 
yaratiladi (qarang: Ionas V. L., Proizvedenie tvorchestva v grajdanskom 
prave. М., 1972 у. 9-10 b).
Intellektual faoliyat natijalariga quyidagilar kiradi:
- fan, adabiyot, san’at asarlari, ijrolar, fonogrammalar, efir yoki 
kabel orqali ko'rsatu v yoki eshittirish beruvch i tashkilotlarning 
ko'rsatuvlari yoki eshittirishlari;
- elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va ma’lumotlar 
bazalari;
- ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari;
- seleksiya yutuqlari;
- oshkor etilmagan axborot, shu jumladan, ishlab chiqarish sirlari 
(nou-xau).
Fuqarolik m uom alasi ishtirokchilarining tovarlari, ishlar va 
xizmatlarning xususiy unsurlarini aks ettiruvchi vositalarga nisbatan 
bo'lgan huquqlarga ham mutlaq huquqdar haqidagi qoidalar qo'llaniladi.


Ma’lumki, fuqarolik muomalasida turli-tuman subyektlar ishtirok etadi, 
ayni vaqtda, muomalada xilma-xil mahsulotlar va xizmatlar ham 
harakatda bo'ladi. Mana shunday sharoitda subyektlar, ular ishlab 
chiqargan tovarlar va ko'rsatadigan xizmatlar alohida farqlash belgilariga 
ega bo'lishi shart, aks holda, turli anglashilmovchilik, qiyinchiliklar 
vujudga kelishi mumkin. Ana shunday farqlash belgilari fuqarolik 
muomalasi ishtirokchilarining o'zlarini, uning ishlab chiqargan tovarlari, 
bajaradigan ishlari va ko'rsatadigan xizmatlarining xususiy alomatlarini 
(individual belgilarini) aks ettiruvchi vositalar bo'lib hisoblanadi. Bunday 
alohida farqlash belgilarining quyidagi turlari mavjud:
- firma nomlari;
- tovar (xizmat ko'rsatish) belgilari;
- tovar chiqarilgan joy nomi.
Ma’lumki, intellektual faoliyat eng tez rivojlanib borayotgan dinamik 
jarayon hisoblanadi. Yuksak sur’atlar bilan davom etayotgan bu jarayon 
natijasida intellektual faoliyatning yangi mahsullari vujudga kelmoqda. 
Masalan, topogral va integral mikrosxemalar. Garchi ular mavjud 
qonunlarda nazarda tutilmagan bo'lsa ham ularga nisbatan FKning 1031- 
moddasi, 3-qismida belgilangan qoidalar mazmunidan kelib chiqib, 
intellektual mulk haqidagi qoidalar qo'llaniladi. Fuqarolik muomalasi 
ishtirokchilarining ular ishlab chiqarayotgan tovarlar, ko'rsatadigan 
xizmatlarining yangi farqlash belgilari vujudga kelishi mumkin va bunday 
holda ham ularga nisbatan FKning IV bo'limiga tegishli qoidalar 
qo'llaniladi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish