Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Voyaga yctmagan va muomalaga layoqatsiz fuqarolar tomonidan



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Voyaga yctmagan va muomalaga layoqatsiz fuqarolar tomonidan 
yetkazilgan zarar uchun javobgarlik. 
Mazkur delikt majburiyatining 
umumiy qoidasi bo'lib, yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini to'liq 
muomalaga layoqatsizlar (delikt majburiyatlari bo'yicha esa to'liq delikt 
layoqatlilik) zimmasiga yuklash hisoblanadi. Biroq hayotda qisman 
578


muomalaga layoqatlilar, shuningdek, to‘ liq delikt layoqatiga ega 
bo‘lmaganlar va o'z harakatining oqibatlarini tushuna olmaydiganlar 
tomonidan yetkazilgan zararlar ko‘p uchraydi. Mazkur vaziyatlarda 
yetkazilgan zarar ham bosh delikt tamoyiliga muvofiq qoplanishi lozim. 
Biroq, bunda delikt majburiyatlari nafaqat umumiy qoidalar (bosh delikt 
tamoyili) asosida, balki ko'rsatib o'tilgan deliktlaming har biri uchun xos 
bo‘lgan qoidalar asosida vujudga keladi.
Voyaga etmaganlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik 
14 yoshga to‘lmagan voyaga etmaganlar o'zlari yetkazgan zarar uchun 
javobgar bo‘lmaydilar.
Ta’kidlash lozimki, delikt javobgarlikka nisbatan qonun voyaga 
etmaganlarni ikki guruh - 6 yoshgacha va 6 yoshdan 14 yoshgacha 
ajratib ko'rsatmaydi va ularning ikkalasini ham deliktga layoqatsiz deb 
topadi. Biroq, 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar to‘liq deliktga 
layoqatsizligi bu yoshda bolalarning o‘z harakatlari oqibatini to‘liq tushunib 
etmasligi hisobalanadi.
Fuqarolik huquqida fuqarolarning muomala layoqati odatda ikkiga 
bo'linadi. Birinchisi bitimga layoqatlilik deb nomlansa, ikkinchi delikt 
layoqatlilik deyiladi. Delikt layoqatlilik shaxsning o'z harakatlari bilan 
boshqa shaxsga yetkazgan zarari uchun javobgar bo'lishini namoyon 
qiladi. O'n to‘rt yoshgacha bo'lgan voyaga etmaganlar esa delikt layoqatiga 
ega bo'lmaydilar. Ular tomonidan yetkazilgan zarar ham o'zlari tomonidan 
emas, balki, boshqa shaxslar tomonidan to‘lanadi.
FKning 993-moddasiga muvofiq, o‘n to‘rt yoshgacha bo'lgan voyaga 
etmagan (kichik yoshdagi bola) tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning 
ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiylari, agar zarar ularning 
aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, javobgar bo'ladilar. 
Ota-ona yoki vasiyning bu vaziyatdagi aybi ularning o'n to'rt yoshgacha 
bo'lgan voyaga etmagan bolaga yetarli darajada e’tiborli va mas’uliyatli 
bo'lmaganliklarida ko'rinadi. Vasiyning o'z zimmasiga yuklangan 
majburiyatlami insofsizlik yoki e ’tiborsizlik bilan bajarishi1 uning 
yetkazilgan zarardagi aybi sifatida baholanadi va uning vasiyligi ostidagi 
shaxs yetkazgan zararni qoplashi lozim bo'ladi.
Agar vasiylikka muhtoj kichik yoshdagi bola tegishli tarbiyalash, 
davolash muassasasida, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasasida yoki 
qonunga ko'ra vasiysi hisoblanadigan boshqa shunga o'xshash muassasada

Узбекистан Республикаси Вазирлар Махкамасининг 1999 йил 12 алрелдаги 171- 
сонли карори билан тасдикланган «Узбекистан Республикасида васийлик ва хомийлик 
туррисидавги низом


turgan b oisa , bu muassasa, agar zarar muassasaning aybi bilan 
yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, kichik yoshdagi bola tomonidan 
yetkazilgan zarami toiashi shart.
Agar kichik yoshdagi bola o ‘quv yurti, tarbiyalash, davolash 
muassasasi yoki uning ustidan nazoratni amalga oshirishi shart bo'lgan 
boshqa muassasaning, shuningdek, shartnoma asosida nazoratni amalga 
oshiruvchi shaxsning nazorati ostida turgan vaqtda zarar yetkazgan bo'lsa, 
bu muassasalar va shaxslar, agar zarar ularning nazoratni amalga 
oshirishdagi aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay olmasalar, zarar uchun 
javobgar boiadilar.
Ota-ona (farzandlikka oluvchilar), vasiylar, o ‘ quv yurtlari, 
tarbiyalash, davolash muassasalari va boshqa muassasalarning kichik 
yoshdagi bola tomonidan yetkazilgan zarami to'lash majburiyati kichik 
yoshdagi bola voyaga yetishi yoki u zararni to'lash uchun yetarlicha 
mol-mulk olishi munosabati bilan bekor boimaydi.
Agar ota-ona (farzandlikka oluvchilar), vasiylar, shuningdek, ushbu 
moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan boshqa shaxslar vafot etgan 
bo'lsalar yoki ular zarami to'lash uchun yetarli mablag'ga ega boimasalar, 
to'liq muomalaga layoqatli bo'lib qolgan zarar yetkazuvchining o'zi bunday 
mablag'ga ega boisa, sud taraflarning mulkiy ahvolini, shuningdek, 
boshqa holatlarni inobatga olib, zararni to'liq yoki qisman zarar 
yetkazuvchining o'z mol-mulki hisobidan qoplash to'g'risida qaror qabul 
qilishga haqli.
O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha boigan voyaga yetmaganlar 
yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda mustaqil javobgar boiadilar.
O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha boigan voyaga yetmaganning 
zarami qoplash uchun yetarli mol-mulki yoki boshqa daromad manbalari 
bo'lmagan taqdirda, zarar to'lig'icha yoki uning yetishmagan qismi voyaga 
yetmaganning ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) yoki vasiyi tomonidan, 
agar ular zarar o'zlarining aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay 
olmasalar, toianishi lozim.
Agar homiylikka muhtoj o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha 
boigan voyaga yetmagan tegishli tarbiyalash, davolash muassasasida, 
aholini ijtimoiy himoya qilish muassasasida yoki qonunga ko'ra uning 
homiysi hisoblanuvchi boshqa shunga o'xshash muassasada turgan boisa, 
bu muassasalar, agar zarar ularning aybi bilan yetkazilmaganligini isbotlay 
olmasalar, zarami to'lig'icha yoki uning yetishmaydigan qismini toiashlari 
shart.
Zarar yetkazgan voyaga yetganida yoxud u voyaga yetmasidan


unda mol-mulk yoki zararni to'lash uchun yetarli daromad manbalari 
paydo bo‘lganida yoxud u voyaga yetmasidan muomala layoqatiga ega 
bo'lganida ota-ona (farzandlikka oluvchilar), hom iy va tegishli 
muassasaning zararni to'lash bo'yicha majburiyati tugaydi.
Sud ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan ota-onaga ularning 
voyaga yetmagan bolalari tomonidan ota-onasi o'z huquqlaridan mahrum 
qilinganidan keyin uch yil ichida sodir etilgan zarar uchun, agar bolaning 
zarar yetkazilishiga sabab bo'lgan xulq-atvori ular bolani tarbiyalash 
bo'yicha o'z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganliklarining oqibati 
bo'lsa, javobgarlikni yuklashi mumkin.
Ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan shaxslami javobgarlikka 
tortishga sobiq tarbiyalanuvchilari oldidagi o'z m ajburiyatlarini 
bajarmaganliklari isbotlangan holda yetkazilgan zararlarni qoplash 
majburiyati sabab bo'ladi. Bunday javobgarlikni belgilanishi uchun zarar 
yetkazgan voyaga yetmaganning harakati bilan ota-onasining bergan 
tarbiyasi o'rtasida sababiy ketma-ketlikdagi aloqa mavjud bo'lishi kerak. 
Lozim darajada ota-onalik huquqlarini bajarmaslik deyilganda bolaning 
tarbiyasida axloqsiz xulq-atvori shakllanishi tushuniladi1.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish