Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Zarar yetkazuvchi aybi dclikt javobgarligining sharti sifatida



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Zarar yetkazuvchi aybi dclikt javobgarligining sharti sifatida. 
Ayb 
uchun javobgarlik tamoyili umumiy ahamiyatga ega bo'lib, u «bosh 
delikt» tushunchasining majburiy unsuri hisoblanadi. Ba’zan qonun mazkur 
tamoyildan istisno holatlami ham belgilaydi, biroq bu mazkur tamoyilni 
rad etish uchun asos bo'la olmaydi. Ta’kidlash lozimki, fuqarolik huquqida 
uzoq muddat mobaynida aybni shaxsning o'z xatti-harakatlariga nisbatan 
ruhiy munosabati sifatida talqin etish konsepsiyasi amal qilib kelgan. 
Aybni bunday tushunish delikt javobgarligi uchun ham xos bo'lgan1. Ayb 
tushunchasining zamonaviy talqiniga ko'ra, aybni huquqbuzarning o'z 
xatti-harakati va uning natijasiga nisbatan «ruhiy munosabati» sifatida 
talqin etish amaliy jihatdan foydasizdir2. Aybdorlik yoki aybsizlik 
masalasini shaxsning o'z ishlari va majburiyatlariga nisbatan munosabatini 
tahlil qilish orqali hal qilishi mumkin. I. Zokirovning fikricha, ayb deganda 
shaxsning majburiyatini bajarishga talab qilingan tarzda munosabatda 
bo'lmaganligi, qonun va axloq talablariga muvofiq rioya qilmaganligi 
tushuniladi3. Agar shaxs muayyan vaziyatda zarur boigan mas’uliyat va 
kuzatuvchanlikni namoyon eta olgan bo'lsa, unda bu shaxsni aybsiz deb 
topish mumkin. Mazkur holatlar odatda aybning ehtiyotsizlik shakli uchun 
xosdir. Qasd shaklidagi aybda esa bir shaxsning boshqa shaxsga mulkiy 
zarar yetkazishga qaratilgan harakat yoki harakatsizligi ahamiyatga ega
1 Иоффе О.С. Обязательственное право.-М.:юрид.лит.1975.-128 с; Рахмонкулов 
Мажбурият 
ХУКУКИ.-Т.:ТДЮИ.
2005.-190-191 б.
2 Брагинский М.И., Витрянский В.В. Договорное право.-М.:1998.-568 с.
3 Зокиров И.Б. Фукаропик 
ХУКУ КИ . 
1-к,исм.-Т.:ТДЮИ.2006.-334 б.


bo‘ladi.
Delikt javobgarligining asosi hisoblangan ayb to'g'risidagi umumiy 
qoida qonunchilikda shunday ifodalanadi: zarar yetkazgan shaxs, agar 
zarar o'z aybi bilan yetkazilmaganini isbotlasa, zararni to'lashdan ozod 
qilinadi (FKning 985-m oddasi 4-qismi). Mazkur normada delikt 
javobgarligining sharti hisoblangan ayb bilan bog'liq quyidagi ikki masala 
o'z yechimini topgan:
- d elik t ja v o b g a rlig in in g shartlaridan biri sifatida zarar 
yetkazuvchining aybi hisoblanadi;
- zarar yetkazuvchining aybi taxmin qilinadi, ya’ni qonun uning 
aybdorligi prezumpsiyasini belgilaydi va jabrlanuvchini zarar yetkazuvchi 
aybini isbotlashdan ozod qiladi.
Delikt javobgarligining sharti hisoblangan aybning umumiy asoslari 
bilan birga FKning 985-moddasi, 4-qismi uni istisno etuvchi holatni 
ham belgilaydi: qonunda zarar yetkazgan shaxsning aybi bo'lmagan 
taqdirda ham zararni to'lash nazarda tutilishi mumkin. Bunday istisno 
maxsus deliktlar haqidagi qoidalarda belgilangan. Masalan, oshiqcha xavf 
manbayi tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik (FKning 999- 
moddasi), surishtiruv, dastlabki tergov, prokuratura organlari va sudning 
qonunga xilof harakatlari tufayli yetkazilgan zarar uchun javobgarlik 
(FKning 991-moddasi) da aybsiz javobgarlik holatlari belgilangan.
Delikt huquqida aybning turli shakllari mavjud: qasd, ehtiyotsizlik
qo'pol ehtiyotsizlik va boshqalar. Biroq jinoyat huquqidan farq qilib 
fuqarolik-huquqida aybning darajalari javobgarlikni og'irlashtiruvchi holat 
sifatida e’tirof etilmaydi va aybning darajasi zararni qoplash miqdorini 
aniqlashda ahamiyatga ega bo'lmaydi.
Delikt munosabatlari ishtirokchilarining aybi darajasi yetkazilgan 
zararni qoplashga ta’sir etishi mumkin bo'lgan o'ziga xos istisno holat 
fuqarolik qonunchiligida o'z ifodasini topgan. Masalan, jabrlanuvchi 
o'zining qo'pol ehtiyotsizligi tufayli zararning yuzaga kelishiga yoki ortishiga 
ko'maklashgan bo'lsa, unda jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining 
aybi darajasiga qarab tovon miqdori kamaytirilishi lozim (FKning 1004- 
moddasi). Agar mazkur vaziyatda jabrlanuvchining harakatlari yengil 
(odatdagi) ehtiyotsizlik bo'lganida edi, yetkazilgan zarar uchun to'lanadigan 
tovon miqdori kamaytirilmas edi.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish