Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Delekt majburiyatlarining huquqiy tabiatini



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Delekt majburiyatlarining huquqiy tabiatini 
aniqlashda, majburiyatning 
mazkur turini fuqarolik-huquqiy javobgarlik tushunchasi bilan o'zaro 
nisbatani belgilash alohida ahamiyat kasb etadi. Huquqiy adabiyotlarda 
«zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyat» va «zarar yetkazganlik 
uchun javobgarlik tushunchalari» ayni tushunchalar sifatida qo'llaniladi, 
hamda «javobgarlik» tushunchasi bu holatda asosiy o'rinni egallaydi2. Mazkur 
holat FKning 57-bobida ham o'z ifodasini topgan bo'lib, ushbu bob «zarar 
yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar» - deb nomlansa, bobning birinchi 
moddasi (FKning 985-moddasi) zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning 
umumiy asoslariga bag'ishlanadi Shu bilan birga keyingi moddalarda ham 
asosan «majburiyat» tushunchasi emas, «javobgarlik» tushunchasi qo'llaniladi. 
Bu esa ushbu tushunchalar o'rtasida qarama-qarshilik mavjud emasligini, 
ularning uzviy bog'liqligini anglatadi3.
F u qarolik h u q u q iy ja v o b g a rlik deganda, m ulkiy tusdagi 
sanksiyalarni huquqbuzarga nisbatan tatbiq etish tushuniladi. Fuqarolik 
huquqining umumiy asoslariga muvofiq, fuqarolik-huquqiy javobgarlik 
mulkiy tusga ega bo'lib4, shartnomali majburiyatlarga ham, shartnomadan 
tashqari vujudga keladigan majburiyatlarga ham tatbiq etiladi. Biroq, 
shartnomali majburiyatlarda javobgarlik ikkilamchi tusga ega boiadi. 
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik shartnomali majburiyatlarni «kuzatib
1 Узбекистон Республикасининг Фукаролик хукуки (11-кисм).-Т.:Адолат.1999.-335 б.
2 Иоффе О.С. Обязательственное право.-797 с.; Смирнов В.Т., Собчак А.А. 
Общее учение о деликтных обязательствах в гражданском праве.-Л.:ЛГУ. 1983.-42- 
98 с.; Белякова А.М. Возмещение причиненного вреда.-М.:1972.- 3-34 с.; Узбекистон 
Республикасининг Фукаролик хуку^и .И-кисм./Х,.Рахмонкулов ва И.Зокировларнинг 
ум. тахр. остида.-Т.:Адолат. 1999.-339 б.; Быков А.Г., Половинчик Д.И. Основы 
автотранспортного права.-М.: Юрид.лит. 1980.-274 с.; Окюлов О. Фук,аролик-хук;ук,ий 
жавобгарликни ^уллаш асослари.//к,онун химоясида.1999. №9. -Б. 18; Гражданское 
право.Часть вторая:Учебник/ Под общей ред. А.Г.Калпина.-М.:Юристь.2000.-509 с.; 
Матвеев Г.К. Основания гражданско-правовой ответсвенности.-М.:Юрид.лит.1975.
3 Гражданское право: В 2 т. Том II. Полутом 2: Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов.- 
М.:БЕК.2002.-363 с.
4 Рахмонцулов \
М ажбурият ХУ^УКИ.-Т.:ТДЮИ.2005.-139 б.


boradi» va majburiyat buzilgandagina qo'llaniladi. Agar majburiyat lozim 
darajada bajarilsa, javobgarlik masalasi vujudga kelmaydi.
Zarar yetkazishdan vujudga keladigan majburiyatlarda esa, 
javobgarlik huquqbuzarlik fakti asosida vujudga keladi. Ya’ni, zarar 
yetkazishdan vujudga keladigan majburiyat vujudga kelishi bilan u o'z 
mazmunida javobgarlikni, buquqbuzarga sanksiya qo'llash imkoniyati 
mavjudligini ifodalaydi. Albatta bu vaziyatda javobgarlik boshqa bir 
majburiyatni to'ldirmaydi, «kuzatmaydi» (shartnomali majburiyatlardagi 
kabi), u zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlardagi huquqbuzar 
majburiyatining mazmunini tashkil etadi.
Yetkazilgan zarar uchun huquqbuzar qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan asoslar mavjud bo'lganda yetkazilgan zarar qoplash shaklidagi 
javobgarlikka tortiladi.
Ta’kidlash lozimki, ba’zi xorijlik yuristlar delikt huquqi va u bilan 
bog'liq doktrinalar tezlikda eskirib o'z ahamiyatini yo'qotib borayotganligini 
ta’kidlashadi. Ularning fikricha, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan 
majburiyatlarga oid bo'lgan holatlar «texnika asrida aravani boshqarish 
qoidalariga o'xshash» dir. Zero zamonaviy jamiyatda zararlami qoplashning 
katta qismi sug'urta xizmatining zimmasiga tushadi1. Ba’zi mutaxassislar 
esa, bu holat (zararni qoplashda sug'urta xizmatidan foydalanish) «dilekt 
huquqini ko'mish» uchun asos bo'lmasligini, yetkazilgan zararlami qoplashda 
sug'urtaning o'mi shubhasiz katta ekanligini, biroq, sug'urta instituti delikt 
huquqi bilan birgalikda qo'llanilib kelinayotganligini va bu holat uzoq vaqt 
davom etishini ta’kidlashadi2. Darhaqiqat, yetkazilgan zararni qoplashda 
sug'urta xizmatining o'rni beqiyos biroq, yetkazilgan zararni qoplashga 
doir qoidalarning mavjudligi sug'urta tashkilotlari uchun subrogatsiya3 
(FKning 318, 957-moddalari) qilish imkoniyatini berishini ham nazarda 
tutish va subrogatsiyani qo'llash faqatgina delikt instituti orqali amalga 
oshirilishini hisobga olsak, delikt majburiyatlarining ahamiyati jamiyat 
rivojlanishining har qanday bosqichida ham pasaymasligini anglash mumkin.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning quyidagi 
o'ziga xos belgilari mavjud:
a) 
bu majburiyatlarning ta’sir doirasi zararni qoplash m oddiy 
xususiyatlarga ega bo'lishiga qaramasdan, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy 
munosabatlarni qamrab ■
oladi;
1 Flemming J. The Law of Svdnev, 1965.P.13.
2 Гражданское право: В 2 т. Том II. Полутом 2: Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов.- 
М.:БЕК.2002.-364 с.
3 ^аранг: Абдуллаева Н.Н. Сурурта ХУКУКИ.- Т.:ЖИДУ.2006.-135-143 б.


b) 
ular mutlaq xarakterga ega bo‘lgan mulkiy huquqlar ( mulk 
huquqi, um rbod egalik qilish huquqi, yuritish huquqi, operativ 
boshqarish huquqi va boshqalar) yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlaming 
buzilishi natijasida kelib chiqadi;
v) garchi huquq jabrlanuvchi bilan shartnomaviy munosabatlarida 
bo'lgan shaxs tomonidan buzilgan bo‘lsa-da, majburiyatlar mutlavq 
huquqlar buzilganligi tufayli shartnomasiz xarakterga ega bo'ladi;
g) bu majburiyatlar zarar kim tomonidan kimga yetkazilgani, zarar 
qay ko'rinishda yetkazilgani va zararni qoplash usullaridan qat’iy nazar, 
to'liq qoplanishini nazarda tutadi;
d) qonunda nazarda tutilgan hollarda zararni to'lash majburiyati 
boshqa shaxslarga ham yuklatilishi mumkin1.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar o'ziga xos 
ekvivalentlik vazifasini bajaradi. Ya’ni, delikt majburiyatlari orqali huquq 
buzilishidan oldingi holat tiklanadi. Masalan, fuqaroning sog'lig'iga zarar 
yetkazilganda, uning sog'lig'ini tiklash uchun qilgan xarajatlari huquqbuzar 
tomonidan qoplanishi huquqning buzilishini buzilishidan oldingi holatini 
tiklash hisoblanadi. Shu bilan birga, delikt majburiyatlari uchun 
javobgarlikning belgilanganligi huquqbuzarlikning oldini olishda ham 
ahamiyatli hisoblanadi.
Delikt institutining ahamiyati, uning funksiyalari fuqarolik-huquqiy 
javobgarlikning ahamiyati va funksiyalari bilan bir xilda deb hisoblash 
mumkin. Zero, delikt instituti ham fuqarolik-huquqiy javobgarlik kabi 
huquqni tiklovchi, huquqbuzarlikning oldini oluvchi, tarbiyaviy 
vazifalami bajaradi.
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlarning vujudga 
kelish asoslari. Bosh delikt tamoyili. Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan 
majburiyatlar fuqarolik-huquqiy majburiyatlarning boshqa turlari kabi 
muayyan yuridik faktlar asosida vujudga keladi. Mazkur majburiyat 
vujudga kelishi uchun asos bo'ladigan qonun hujjatlaridan ko'zda tutilgan 
yuridik faktlar zarar yetkazish fakti — delikt hisoblanadi.
Biroq, zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar o'z 
mazmunida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni ham nazarda tutadi. 
Shuning uchun ham qonun delikt majburiyatlarini vujudga kelish asoslari 
va shartlari bilan birga zarar uchun javobgarlik asoslari va shartlari 
masalasini ham hal qiladi. Boshqacha aytganda, delikt majburiyatlarining


vujudga kelish shartlari va yetkazilgan zarar uchun javobgarlik shartlari 
bir-biriga mos keladi.
Yetkazilgan zarar uchun javobgarlik choralarini belgilashda qonun 
umumiy tamoyillarga tayanadi. Huquqiy adabiyotlarda bu tamoyil «bosh 
delikt tamoiyili» deb yuritiladi. Mazkur tamoyilga binoan, bir shaxs 
tomonidan ikkinchi shaxsga yetkazilgan zararning mavjudligiyoq, 
yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini vujudga keltiradi. Bunda 
jabrlanuvchi zarar yetkazuvchi harakatning g ‘ayriqonuniy ekanligini, uning 
aybdor ekanligini isbotlashi talab etilmaydi. Zarar yetkazuvchining harakati 
huquqqa xilof va u aybdor - deb «hisoblanadi». Shu munosabat bilan 
zarar yetkazuvchi javobgarlikdan faqatgina o'z harakatlari huquqqa xilof 
emasligini va aybdor emasligini isbotlagandagina ozod etiladi. Bosh delikt 
tamoyil Fransiya grajdanlik kodeksining 1382-moddasida to'liq o‘z ifodasini 
topgan bo'lib, unga ko'ra, boshqa shaxsga ziyon yetkazgan insonnning 
har qanday harakati, aybli harakat natijasida yetkazilgan ziyonni qoplashni 
keltirib chiqaradi.
Shu o'rinda ta’ kidlash lozimki, A ngliya huquqi bosh delikt 
kategoriyasini bilmaydi. Bu yerda sud amaliyoti - sud presedenti 
tomonidan ishlab chiqilgan alohida deliktlar amal qiladi. Masalan, hozirgi 
kunda ham Angliya sudlari avtomobil tomonidan piyodaga yetkazilgan 
zararni qoplash to'g'risidagi talablarni ko'rishda 200 yil awalgi ot-arava 
tomonidan piyodaga yetkazilgan zararni qoplash bo'yicha presedentga 
tayanadi1.
Mamlakatimiz fuqarolik qonunchiligida ham bosh delikt tamoyili 
o'z ifodasini topgan. Zero, FKning 985-moddasida fuqarolik huquqi 
subyektiga yetkazilgan zarar zarar yetkazuvchi tomonidan to'liq hajmda 
qoplanishi nazarda tutilgan. Albatta bosh delikt tamoiyliga muvofiq, 
zarar yetkazilganligining o'ziyoq uni qoplash lozimligini anglatmaydi. 
Buning uchun qonunda belgilangan bir qator shartlar mavjud bo'lishi 
lozim. Mazkur shartlaming mavjud bo'lmasligi esa, zararni qoplanmasligini 
anglatadi. Fuqarolik qonunchiligida «bosh delikt» tamoyilinig mazmunini 
tashkil etuvchi yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning umumiy shartlari 
belgilangan bo'lib, ular jumlasiga zarar yetkazuvchi harakatning huquqqa 
xilofligi, huquqqa xilof harakat va zarar o'rtasidagi sababiy bog'Ianish, 
ayb kiradi.
Fuqarolik qonunchiligida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning

Гражданское право: В 2 т. Том II. Полутом 2: Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов.- 
М.:БЕК.2002.-366-367 с.


umumiy shartlarini belgilovchi bosh delikt bilan birga bir qator vaziyatlar 
nazarda tutiladiki, ularning har birida maxsus qoidalar qo'llaniladi va 
alohida deliktlar deb yuritiladi. Masalan, oshiqcha xavf manbayi 
tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik (FKning 999-moddasi), 
voyaga yetmagan shaxslar tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik 
(FKning 993-moddasi) va boshqalar.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish