Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan javobgarlik asosi va shartlari



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan javobgarlik asosi va shartlari. 
Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar uchun javobgarlik 
asosi sifatida jabrlanuvchining subyektiv fuqarolik huquqlarini buzilishi 
bilan bog'liq bo'lgan yuridik fakt - zararning mavjudligi hisoblanadi. 
Javobgarlik shartlari esa, javobgarlik asoslarini tavsiflovchi va tegishli 
sanksiyalar qo'llanilishi uchun zarur bo'lgan qonunda belgilangan 
talablardir. Shunday qilib, fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari va 
shartlari bir-biri bilan uzviy bog'liq unsurlar hisoblanadi.
Fuqarolik huquqi nazariyasida fuqarolik-huquqiy javobgarlik asoslari 
xususida yakdil fikrlar mavjud emas. Ba’zi mualliflar huquqbuzarga 
javobgarlikni yuklash uchun zarur bo'lgan umumiy, an’anaviy shartlar 
yig'indisi sifatida «fuqarolik huquqbuzarlik tarkibi» ni e’tirof etishadi1. 
Boshqa guruh mualliflar ushbu konsepsiyani tanqid qilishib, jinoyat 
huquqidagi jinoyat tarkibi qoidalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga 
tatbiq etilishini maqsadga muvofiq emas deb hisoblashadi2. Shu bilan 
birga fuqarolik huquqbuzarlikning «cheklangan» tarkibi mavjud bo'lgan 
holatlar (fuqarolik qonun hujjatlarida aybsiz javobgarlik holati mavjud 
bo'lib, ayb fuqarolik huquqbuzarlik tarkibiga kirmaydi) ham delikt 
majburiyatlari uchun javobgarlik asoslari va usullarini an’anaviy 
«huquqbuzarlik tarkibi» doirasida belgilash bahsli ekanligini ko'rsatadi. 
Huquqbuzarlik konsepsiyasini fuqarolik huquqida qo'llash mumkin 
emasligini ta’kidlab, O.Oqyulov shartnomali majburiyatlar uchun 
javobgarlik va delikt majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlikda 
fuqarolik-huquqbuzarlik tarkibi ikki xil bo'lishini ko'rsatib o'tadi. Shu

Алексеев 
С.С. 
О 
составе 
гражданского 
правонаруш ения// 
правоведение.1958.№ 1.; 
Матвеев Г.К. 
Основания гражданско-правовой 
ответсвеннсоти.-М.:Юрид.лит.1970.; Иоффе О.С. Ответсвенность по гражданскому 
праву.-Л.1958.
2 Брагинский М.И., Витрянский В.В. Договорное право.-М.:1998.-568 с.; Окюлов
О. Фукаролик-хукукий жавобгарлик асослари//к;онун химоясида.1999.№9.-Б.16-19. 
Эгамбердиева Н.Х,. Ф укаролик-хукукий жавобгарлик асослари ва шакллари. 
Юрид.фан.номз.дисс.Автореф.-Т.:2006.
3 Окюлов О. Ф укаролик-хукукий жавобгарликни куллаш асослари.// конун 
\имоясида. 1999.№9.-Б .16-19.


bilan birga jinoiy va ma’muriy huquqbuzarlik tarkibini fuqarolik 
huquqbuzarlik tarkibiga bevosita ko'chirish, fuqarolik huquqi predmeti 
va tamoyillariga zid ekanligini aytib o'tadi3.
Mazkur fikrlami davom ettirib J.Boboev va N.Egamberdievalar delikt 
majburiyatlarida javobgarlik asosini subyektiv fuqarolik huquqlarining 
buzilishi tashkil etadi, biroq bu asosning o'zi fuqarolik-huquqiy 
javobgarlikni belgilash uchun yetarli boimaydi, buning uchun qonun 
hujjatlarida ko'zda tutilgan shartlar boiishi lozim deb hisoblashadi1.
Shu ma’noda ta’kidlash lozimki, garchi fuqarolik huquqbuzarlik 
tarkibini bahsli ekanligi aytib o'tilsada, hozirgi kunda bu «tarkib» ilmiy 
jihatdan rad etilgan emas. Zero, delikt majburiyatlarida zararning 
mavjudligi bilan birga, fuqarolik huquqiy javobgarlikning shartlari 
hisoblangan: g'ayriqonuniy xatti-harakat, zarar yetkazuvchi harakati 
(harakatsizligi) va zarar o'rtasidagi sababiy bog'lanish va aybning mavjud 
boiishi fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo'llash imkonini beradi.
Delikt majburiyatlari bo'yicha subyektiv fuqarolik huquqining buzilishi 
zarar yetkazilishi fakti sifatida baholanadi. Delikt javobgarligining asosi 
deganda, fuqaro yoki yuridik shaxsning mol-mulkiga yoxud nomoddiy 
ne’matlar — fuqaroning hayoti, sogiig'iga zarar yetkazilish fakti tushuniladi.
Shu o'rinda ta’kidlash lozimki, ba’zi mutaxassislar fuqarolik-huquqiy 
javobgarlikning, shu jumladan, delikt javobgarligining asosi sifatida 
huquqbuzarlikni e’tirof etishadi2. Biroq, bunda muyyan xatti-harakatni 
huquqbuzarlik sifatida kvalifikatsiya qilish uchun qonun hujjatlarida 
belgilangan javobgarlik shartlari mavjud boiishi lozim. Javobgarlik asosi 
esa uni tatbiq etish imkoni mavjudligini anglatadi, lekin bunda ham 
qonun hujjatlarida belgilangan shartlar boiishi kerak. Shu munosabat 
bilan fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosi bu huquqbuzarlik emas, 
zararning mavjudligi hisoblanadi. Muayyan faktning huquqbuzarlik
1 Бабаев Д.И. Истеъмолчи хукуклари ва уларни бузганлик учун фукаролик- 
хукукий жавобгарлик муаммолари. Юрид. фан. номз. дисс... Автореф.-Т.:2005.; 
Эгамбердиева Н.)^. Фукаролик-хукукий жавобгарлик асослари ва шакллари. Юрид. 
фан. номз. дисс...Автореф.-Т.:2006.
2 Малеин Н.С. Правонарушение: понятие, причины, ответственноть.-М.:1985,- 
130-133 с.; Рахмонкулов 
Мажбурият хукуки.-Т.:ТДЮИ.2005.-176 б.; Эгамбердиева
Н.Х. Фукаролик-хуку^ий жавобгарлик асослари ва шакллари. Юрид. фан. номз. дисс... 
Автореф.-Т.:2006.-13 б.
3 Гражданское Право.Учебник.Часть П/Под.ред.А.П.Сергеева, Ю .К.Толстого.- 
М.:Проспект.2000.-702 с.; Белякова А.М. Имущественная ответственность за 
причинение вреда.-М.:1979.-27 с.; Смирнов В.Т., Собчак А.А. Общее учение о 
деликтных обязательствах в гражданском праве.-Л.:ЛГУ.1983.-31 с.; Саттарова М.Ф. 
проблемы возмещения вреда, причиненного предпринимателям незаконными актами 
должностных лиц. Автореф. дисс....к.ю.н.-Т.:2004.-15 с.


ekanligini belgilovchi shartlar javobgarlik tatbiq etilayotganda aniqlanishi 
lozim.
Huquqiy adabiyotlarda zararni delikt javobgarligi shartlaridan biri 
sifatida qarash keng tarqalgan3. Shu bilan birga zararni delikt 
javobgarligining shartlari jumlasiga kiritmagan mualliflar ham mavjud1. 
Darhaqiqat, zararning mavjudligi delikt majburiyatlarida javobgarlik 
sharti hisoblanmaydi. Zero, bu holda o‘ziga xos qarama-qarshilik vujudga 
keladi. Chunki, zarar yetkazganlik uchun javobgarlik sharti sifatida shu 
zaraming o'zi belgilanishi mantiqsiz holat bo'lib qoladi. Zarar (zaraming 
mavjudligi) boshqa shaxsning subyektiv fuqarolik-huquqlarini buzgan 
shaxsga javobgarlikni tatbiq etish asosidir.
Zarar delikt javobgarligining asosi sifatida. Zarar (zararning 
mavjudligi) delikt javobgarlikning bevosita zaruriy asosi hisoblanadi. Zarar 
mavjud bo'lmaganda delikt javobgarlik haqida so'z bo'lishi ham mumkin 
emas.
Agar, ba’zi hollarda shartnoma bilan belgilanadigan javobgarlik 
majburiyatni baiarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun 
kreditorga zarar yetkazilish yoki etgazilmasligidan qat’iy nazar, belgilansa, 
shartnomadan tashqari belgilanadigan javobgarlik zarar bo'lmagan 
taqdirga vujudga kelishi mumkin emas’ .
Delikt javobgarligining asosi sifatida zarar deganda fuqarolik huquqi 
subyektiga tegishli mol-mulk shikastlanishi yoki nobud bo'lishi natijasida, 
shuningdek, fuqaroning sog'lig'iga shikast yetishi va vafoti natijasida 
vujudga keladigan salbiy mulkiy va nomulkiy oqibatlar tushuniladi.
FKning 14-moddasida esa, zarar tushunchasi buzilgan huquqni tiklash 
vositasi sifatida ta’riflanadi. Shu bilan birga bozor munosabatlari sharoitida 
zararning ikki ko'rinishi m avjud bo'lishi ham mazkur moddada 
ifodalangan. Ushbu moddaga muvofiq, zarar deganda huquqi buzilgan 
shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo'lgan 
xarajatlari, uning mol-mulki yo'qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), 
shuningdek, bu shaxs o'z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik 
muomalasi sharoitida olishi mumkin bo'lgan, lekin ololmay qolgan
1 Иоффе О.С. обязательтственное право.-М.:1975.-798 с.; Гражданское право: В
2 т. Том II. Полутом 2: Учебник/отв.ред.Е.А.Суханов.-М.:БЕК.2002.-370 с.; Окюлов О. 
Фук;аролик-хукун;ий жавобгарликни куллаш асослари.//к;онун химоясида. 1999.№9.- 
Б.18-19.
2 Узбекистан Республикасининг Фукаролик 
ХУКУКИ 
(1Цисм).-Т.:Адолат.1999.-340 б.
3 Эгамбердиева Н.)^. Фукаролик-хукукий жавобгарлик асослари ва шакллари. 
Юрид. фан. номз. дисс.. Автореф.-Т.:2006.-15 б.


\
daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi. N.Egamberdieva esa zarar 
tushunchasini quyidagi uch holat asosida tushunishni taklif etadi: a) 
haqiqiy zarar; b) boy berilgan foyda; v) ma’naviy zarar3. Albatta zarar 
tushunchasini bunday tartibda uch «turga» bo‘1 ish o'ziga xos nazariy 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Zero, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlashda 
va javobgarlikni belgilashda zararni o'ziga xos tarzda «turkumlash» muhim 
o'rin tutadi.
FKning 985-moddasiga muvofiq, zarar «shaxsga» yoki «mol-mulkka» 
yetkaziladi. Mol-mulkka yetkazilgan zarar deganda, odatda shaxsning 
mulkiy mol-mulki kamayishi yoki ularning qiymati pasayishi tushuniladi. 
Ba’zan, mulkiy zarar jabrlanuvchining zarar yetkazishdan oldingi holati 
va keyingi holati o'rtasidagi mulkiy farq sifatida ham belgilanadi.
Shaxsga zarar yetkazishda huquqbuzarlik obyekti bo'lib, nomoddiy 
ne’mat hisoblangan fuqaroning hayoti va sog'lig'i tushuniladi. Biroq, 
mazkur zarar bo'yicha majburiyat vujudga kelishida asosiy e’tibor mulkiy 
holatga qaratiladi, ya’ni, mulkiy zarar qoplanadi. Qonun hujjatlarida 
ko'zda tutilgan hollardagina ma’naviy zarar undiriladi. Biroq hamma 
vaziyatlarda ham zarar mulkiy ko'rinishda qoplanadi. Zero, fuqarolik- 
huquqiy javobgarlik har doim mulkiy ko'rinishda namoyon bo'ladi1.
Ta’kidlash lozimki, fuqarolik huquqida zarar tushunchasi bilan birga, 
ziyon tushunchasi ham qo'llaniladi. FKning 1009-moddasi boquvchisi vafot 
etganligi natijasida ziyon ko'rgan shaxslarga zararni qoplash qoidalarini 
belgilaydi. Biroq, fuqarolik qonunuchiligida bu ikki tushuncha o'rtasida 
farq borligi e’tirof etilmaydi. Ko'pchilik vaziyatlarda «zarar» va «ziyon» 
atamalari sinonim so'zlari sifatida qo'llaniladi. Shu bilan birga pul 
ko'rinishidagi zarar (ruscha - ubo'tok) atamasi ham mavjud bo'lib, odatda 
bu atama mutaxasisslar tomonidan mulkiy zararning pul ko'rinishidagi 
ifodalanishi sifatida talqin etiladi2. Zaraming mazkur ko'rinishlari o'ziga 
xos mustaqil ahamiyat kasb etmasligini ta’kidlagan holda ma’naviy zarar 
delikt majburiyatlarida alohida o'rin tutishini e’tirof etish lozim.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish