Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


Muomalaga layoqatsizlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun



Download 28,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet265/338
Sana26.10.2022
Hajmi28,41 Mb.
#856399
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   338
Bog'liq
Fuqarolik huquqi II qism.Абдусаломов (2)

Muomalaga layoqatsizlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun 
javobgarlik. 
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan 
yetkazilgan zararni uning vasiyi yoki uning ustidan nazoratni amalga 
oshirishi shart bo'lgan tashkilot, agar zarar ularning aybi bilan 
yetkazilmaganligini isbotlay olmasa, to'laydi.
Vasiy yoki tashkilotning muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro 
tomonidan yetkazilgan zararni to'lash bo'yicha majburiyati, uning 
muomala layoqati tiklangan taqdirda ham tugamaydi.
Agar vasiy vafot etsa yoxud zararni to'lash uchun etarlicha mablag'ga 
ega bo'lmasa, zarar yetkazuvchining o'zi esa bunday mablag'ga ega 
bo'lsa, sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, 
shuningdek, boshqa holatlarni inobatga olib, zararni to'lig'icha yoki 
qisman zarar yetkazuvchining mol-mulki hisobidan to'lash to'g'risida 
qaror qabul qilishga haqli (FKning 996-moddasi).
Muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqaro tomonidan spirtli 
ichimliklar yoki giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish oqibatida 
yetkazilgan zararni uning o'zi umumiy asoslarda to'laydi.


O'z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni 
idora qila olmaydigan holatda zarar yetkazgan muomalaga layoqatli 
fuqaro, shuningdek, o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha boigan 
voyaga etmagan keltirgan zarari uchun javobgar boimaydi.
Agar jabrlanuvchining hayoti yoki sog'lig'iga zarar yetkazilgan boisa, 
sud jabrlanuvchining va zarar yetkazuvchining mulkiy ahvolini, 
shuningdek, boshqa holatlarni inobatga olib, zararni to'lash majburiyatini 
to'lig'icha yoki qisman zarar yetkazuvchiga yuklashi mumkin.
Zarar yetkazuvchi, agar spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari 
iste’mol qilish tufayli yoki boshqa usulda o'zini o'zi shu holatga keltirgan 
boisa, javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Agar zarar ruhiy holati buzilgani (ruhiy kasallik yoki aqli zaiflik) 
oqibatida o'z harakatlari ahamiyatini tushuna olmagan yoki ularni idora 
qila olmagan shaxs tomonidan yetkazilgan b oisa , zararni to'lash 
majburiyati sud tomonidan bu shaxs bilan birga yashovchi, zarar 
yetkazuvchining bunday holati haqida bilgan, lekin uni muomalaga 
layoqatsiz deb topish va uning ustidan vasiylik o'rnatish to'g'risida masala 
qo'ymagan eri (xotini), ota-onasi, voyaga yetgan farzandlariga yuklanishi 
mumkin.
Oshiqcha xavf manbayi tomonidan yetkazilgan zarar uchun 
javobgarlik. Oshiqcha xavf manbayi tomonidan yetkazilgan zarar o'zining 
xususiyati, zarar etish usuli va qoplanishi, javobgarlikning belgilariga 
ko'ra maxsus delikt hisoblanadi. FKning 999-moddasiga muvofiq, faoliyati 
tevarak-atrofdagilarga oshiqcha xavf tug'diradigan yuridik shaxslar va 
fuqarolar (transport tashkilotlari, sanoat korxonalari, qurilishlar, transport 
vositalarining egalari va boshqalar) oshiqcha xavf manbayi yetkazgan 
zararni, agar zarar b a rta ra f qilib b o 'lm a y d ig a n kuch yoki 
jabrlanuvchining qasddan qilgan harakati oqibatida yuzaga kelganini 
isbotlay olmasalar, toiashlari shart.
Oshiqcha xa v f manbayi tomonidan yetkazilgan zarar uchun 
javobgarlik zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikning boshqa 
turlariga qaraganda q at’iyroq hisoblanadi. Zero, mazkur deliktda 
javobgarlik zarar yetkazuvchining aybi-bor yo'qligidan qat’iy nazar 
vujudga keladi. Shu sababli ham ba’zi hollarda FKning 999-moddasi 
bo'yicha javobgarlikni «oshiqcha (kuchaytirilgan)» javobgarlik deb atashadi. 
Biroq, bunda javobgarlikning darajasi haqida emas, zarar yetkazish 
xavfining yuqoriligidan kelib chiqqanligini unutmaslik lozim. Oshiqcha 
x a v f manbayi tomonidan yetkazilgan zararlar uchun javobgarni 
belgilashda ham FKning 985-moddasida nazarda tutilgan bosh delikt


uchun javobgarlik qoidalari qo'llaniladi.
Ta’kidlash lozimki, delikt javobgarligining mazkur turi huquqiy 
adabiyotlarda keng va atroflicha yoritilgan. Shu bilan birga oshiqcha 
xavf manbayi tushunchasi bo'yicha adabiyotlarda bir nechta qarashlar 
mavjud. Birinchi qarash vakillari oshiqcha xavf manbayini tevarak- 
atrofga zarar yetkazish mumkin bo'lgan xavfli faoliyat turi deb hisoblashadi. 
Ikkinchi qarash vakillari esa oshiqcha xavf manbayini tevarak atrofga 
xavf soluvchi har doim ham insonning to'liq nazorati ostida bo'lmaydigan 
moddiy dunyo obyektlari, narsalar sifatida talqin etishadi. Biroq ikkala 
qarash vakillari ham bir-birlarini inkor etmagan holda, oshiqcha xavf 
manbayi tushunchasi bo'yicha umumiy xulosaga kelishga harakat qilishadi. 
Umuman olganda oshiqcha xavf manbayi yuzasidan yuqoridagi har 
ikkala qarashlar ham o'ziga xos mantiqiy va huquqiy asoslarga ega. 
Zero, oshiqcha xa v f manbayi m uayyan narsalarga, obyektlarga 
asoslanadigan faoliyat turi sifatida ahamiyatlidir. Chunki, har qanday 
faoliyatning muayyan obyektga asoslanib amalga oshirilishini hisobga 
olsak, oshiqcha xavf manbayi deganda, doimiy ravishda insonning to'liq 
nazorati ostida bo'lmaydigan muayyan texnikaviy, fizikaviy, kimyoviy, 
biologik va boshqa xususiyatlariga ko'ra tevarak-atrofga zarar yetkazish 
xavfi yuqori bo'lgan predmetlar va ular orqali amalga oshiriladigan 
faoliyat tushuniladi. Ta’ kidlash lozimki, oshiqcha x a v f manbayi 
hisoblangan narsalardan foydalanish jarayonida yoki uni ekspluatatsiya 
qilinm agan holatida ham zarar yetkazilishi mum kin. Masalan, 
avtomobildan foydalanilmaganda, u garaj yoki to'xtash jofida turganida 
ham muayyan detaining nosoz holati yoki ob-havo ta’sirida yonib ketishi 
yoki portlab ketishi mumkin.
Oshiqcha xavf manbayini kengroq tushunish uchun ularning 
tasnifidan foydalangan ma’quldir. FKning 999-moddasida ko'rsatilgan 
oshiqcha xavf manbalarining turlari mukammal bo'lmasdan, taxminiy 
hisoblanadi, chunki fan va texnikaning doimiy rivojlananishi natijasida 
ularni to'la va aniq sanab o'tishning imkoniyati yo'q. Shu tufayli, ularni 
ma’lum bir guruhlarga bo'lib o'rganish muhim rol’ o'ynaydi. O. A. 
Krasavchikov ularni guruhlarga bo'lishda moddiy obyektdagi energiyaning 
shakliga qarab bo'lishni mezon qilib olishni taklif qiladi va shu mezon 
asosida oshiqcha xavf manbayini 4 guruhga ajratadi:
1. 
Fizikaviy. Ular o'z navbatida mexanik (masalan: transport), 
elektrik (katta quvvatdagi) va issiqliq (b u g' qurilm alari) x a v f


manbayilariga bo'linadilar.
2. Fizikaviy-kimyoviy. Ularga radioaktiv materiallar kiradi.
3. Kimyoviy xavf manbalari. Ularga zaharlovchi (zahar), portlovchi 
( turli gazlar) va xavfli yonuvchi ( yonilg'ining bir necha turlari) obyektlar 
kiradi.
4. Biologik. Ular zoologik (yow oyi hayvonlar) va mikrobiologik xavflar 
(bir qancha mikroorganizmlarning shatmmlari)1 dan iborat.
Albatta mazkur ro'yxat oshiqcha xavf manbayi bo‘lgan turlarning 
to'liq ro'yxati hisoblanmaydi. Chunki, fan va texnologiyalarning jadal 
rivojlanib borishi turli xildagi texnik vositalarning takomillashgan ko'rinishi 
bilan birga bir qator yangi obyektlarni vujudga keltirmoqda. Hozirgi 
kunda kompyuterlar, qo'l telefonlarini ham ma’lum ma’noda oshiqcha 
xavf manba obyektlari jumlasiga kiritish mumkin.
FKning 999-moddasi, 2-qismiga muvofiq, zararni to'lash majburiyati 
oshiqcha xavf manbayiga mulk huquqi, xo'jalik yuritish huquqi yoki 
operativ boshqaruv huquqi yoxud boshqa har qanday qonuniy asosda 
(mulkiy ijara shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini 
beradigan ishonchnoma, tegishli organning unga ortiqcha xavf manbayini 
topshirish to'g'risidagi farmoyishiga ko'ra va hokazo) egalik qiluvchi 
yuridik shaxs yoki fuqaroga yuklanadi.
Oshiqcha xavf manbalarining egalari bu manbalarning bir-biriga 
ta’siri (transport vositalarining to'qnashuvi va hokazo) natijasida uchinchi 
shaxslarga yetkazilgan zarar uchun ushbu moddaning birinchi va ikkinchi 
qismlarida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha solidar javobgar bo'ladilar.
Oshiqcha xavf manbalarining o'zaro ta’siri natijasida ularning 
egalariga yetkazilgan zarar umumiy asoslarda qoplanadi. Bunda bir 
tarafning aybi bilan yetkazilgan zarar shu taraf tomonidan to'liq hajmda 
qoplanadi, ikkala yoki bir nechta taraflarning aybi bilan yetkazilgan 
zarar esa ulardan har birining aybi darajasiga mutanosib ravishda 
qoplanadi. Taraflardan har birining aybi darajasini aniqlash imkoniyati 
bo'lmaganda javobgarlik ular o'rtasida teng baravar taqsimlanadi. 
Zararning yetkazilishida taraflarning aybi bo'lmaganda ulardan hech 
biri zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega emas. Bunday holda 
taraflarning har biri o'zi ko'rgan zarar xavfini zimmasiga oladi.
Oshiqcha xavf manbayining egasi shu manba yetkazgan zarar 
uchun, agar manba egasining tasarrufidan boshqa shaxslarning 
g'ayrihuquqiy harakatlari (harakatsizligi) natijasida chiqib ketganligini 
isbotlasa, javobgar bo'lmaydi. Bunday hollarda oshiqcha xavf manbayi 
tomonidan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik manbani g'ayrihuquqiy


egallab olgan shaxsning zimmasida boiadi. Bu manbani egasining 
tasarrufidan g'ayrihuquqiy tortib olishda egasining aybi boigan taqdirda, 
javobgarlik uning egasiga ham, oshiqcha xavf manbayini egallab olgan 
shaxslarga ham yuklanishi mumkin.

Download 28,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   338




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish