MA’RUZA: ATROFIMIZDAGI OLAM DASTURI VA
DARSLIGINI O'RGANISH , DARSNI KUZATISH VA TAHLILI.
R e j a:
1. 1-4 sinfning tabiatshunoslik kursi o’rta maktabda tabiiy geog-
rafiyaning tarkibiy qismi ekanligi.
2. O’quvchilarning tabiatshunoslikka oid tushunchalarini shakl-
lantirish va tafakkurini rivojlantirish, ekologik tarbiyaga e’tibor
berish tushunchalarini shakllantirish.
3. Hayotning paydo bo’lishi va rivojlantirishning moddiy asoslari.
4. Tabiatshunoslik, biologiyada oid yutuqlarini qishloq xo’jaligiga
tadbiq qilish, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanish haqidagi
ilk tushunchalar.
Quyoshing nuri bu hayot demakdir,
Tomchi suv nurdan yaralgan dunyo,
Barcha tirik zotga tabting kerakdir,
Olloh inoyati muqaddas ro’yo.
2
Bu zaminda hayotning paydo bo’lishi necha-necha million yillarga borib
taqaladi. Ilk bir hujayrali o’simliklar bu turfa olam, bugungi borliqning ilk
ajdodidir. Inson yaralibdiki, eng avvalo u o’z ehtiyojini tabiat qo’ynidan qondirdi.
Chanqadi, suv ichdi, ochqadi o’t-o’lan yedi. U tabiat tufayli, uning mavjudotlari
tufayli bugungi kunga yetib kela oldi. Shuning uchun ham u “Ona tabiat” deya
nom ololdi.
Bugungi jadal rivojlanish davrida, texnika taraqqiyoti yuqori cho’qqini zabt
etolgan bu pallada yana bir eng muhim ehtiyojni inson qalban his etmoq kerak.
Tabiatni asrash kabi muqaddas tuyg’uni, burchini bolaga ona qornidagidayoq
singdirilish lozim.
Bu bir qarashda boshqacharoq tushuncha tayulsada uni amalga oshirish
uchun ona o’zi shu tushunchalar bilan qurollangan bo’lishi kerak.
Maktab ta’limi bola hayotining muhim bir bosqichidir. Bu pallada u shaxs
bo’lib shakllana boshlaydi. Ana shu jarayonni to’g’ri yo’lga oluvchi insonlar bu
boshlang’ich sinf o’qituvchilaridir. Ulardan bu borada kuchli ma’suliyat, salohiyat,
bilim talab qilinadi.
Shuning uchun 1-2-sinflarda “Atrofimizdagi olam va 3-4-sinflarda”,
“Tabiatshunoslik” darslari o’qituvchilarga tabiatni asrab-avaylash, uning
manbalaridan oqilona foydalanish, odam va uning salomatligiga doir tushunchalar,
foydali qazilmalar va ularning davlat iqtisodiga ta’siri kabi tuhunchalar berish
3
uchun dars soatlari ajratilgan. Tabiatshunoslik so’zi “tabiat” hamda forcha
“shenoxtan” (o’rganmoq) so’zlaridan tuzilgan.
1-2-
sinflarda
“Atrofimizdagi
olam”
darslarini
o’tish
orqali
“Tabiatshunoslikning” eng dastlabki tushunchalari tanishtiriladi.
Har bir darsni o’tish jarayonida shu dars boshqa fanlar bilan bevosita
bog’lab o’tilishi kerak.
Masalan: eng dastlabki tushunchalar, tabiatda o’zini tutish qoidalari, gullarni
uzmaslik, qurbaqalarni, chuvalchaglarni o’ldirmaslik, daraxt shohlarini
sindirmaslik kerakligini xalq pedagogikasi materiallaridan foydalangan holda,
odobnoma darslariga bog’lab ham o’tish mumkin.
Tabiatda o’zini tutish eng avvalo jamiyatning kichik bo’lagi sanalmish oilada
amalga oshiriladigan jarayon. Dars jarayonida sahna ko’rinishlari orqali tabiatda
o’zini tutish qanday bo’lishligi ko’rsatib beriladi.
Sayohat darsi orqali tabiat manzaralari tomosha qilinib, naqadar go’zal
ma’noning tamoman aksi ham bo’lishi mumkinligi, singan butoqlar, axlat to’la
ariqlar kishi tabiatiga yomon ta’sir qilishi o’quvchilarning ayni o’zlari ishtirokida
shu jarayon boshidan o’tkazdiriladi.
4
Sinov tajriba darslari orqali qurbaqaning, chuvalchangning qishloq xo’jalik
hayotida yaxshi o’rin tutishligi sinf, yoki to’garak jonli burchagida tajriba-sinov
qilib o’quvchilarga ko’rsatib beriladi.
Kishilarning pala-partish xo’jalik yuritishi, hayvon va baliqlarni ovlashi,
o’zini tabiatning mutlaq hukmdori deb o’ylashi, tabiatga nisbatan noo’rin
munosabatda bo’lishligi qanday achinarli ahvollarga olib kelayotganligi hozirgi
kun misolida o’quvchilarga tushuntirib borilishi zarur. Masalan: indoneziya
orollaridagi sunami bu tabiatni hech qachon kishanlay olmaslikning aniq nisolidir.
Bizning yurtimizning fojeasiga deyarli aylanib bo’lgan “Orol” fojeasi.
Suvdan nooqilona foydalanish oqibatlari ta’sirida hozirgi va kelgusi orol
bo’yi hududlari aholisi tuz ichib, kechib yashashga mahkum.
Bu halokat davlat iqtisodiga qancha-qancha ta’sirlar qiladi. Masalan:
Kemalar qatnovi, baliqchilik sanoati deyarli izdan chiqib bo’ldi.
Kun kechirishi baliqchilikka bog’liq bo’lgan xo’jaliklar iqtisodiy jihatdan
past ahloqga, turli-yuqumli kasalliklar tarqalishi, hududning ekozonaga aylanishi
davlat iqtisodiga ziyoni tshuntiriladi.
O’quvchilar oldiga muammo qo’yiladi. Qani, bu muammolarning yechimi
bormi? Bor bo’lsa, u nimalar?
5
Birgalikda muhokamaga qo’yilishi, ularning sodda fikrlari o’qituvchining
yakunlovchi aniq fikri bilan to’ldiriladi.
Masalan: Bizga toza havoni yetkazib beruvchi o’t-o’lanlarni, dav-daraxtlarni
ko’plab ekib, parvarishlab, tabiat bilan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishlik
bizning hissamiz bo’lishi uqtiriladi. Qadmiy milliy tarbiyamizga murojaat qilib:
suvga tuflash gunohi azim, begunoh jonivorlarni qirish kechirilmas gunoh ish deya
inform diyonat, odamgarchilik g’oyalarini ularga tushuntirib, ongiga
singdirishimiz kerak. Odamlar tabiatdan faqat foydalanmay uni muhofaza qilishni
ham bilishi kerak. Toza havo uchun kurashda bizga “yashil do’stlarimiz”
o’simliklar yordam berishini, ular havodagi zaharli va foydasiz changlarni ushlab
qolishini misollar yordamida tushuntirishimiz kerak.
3-sinf tabiat darslarida o’rab turgan tabiat, undagi jismlar, tuproq, suv, havo,
foydali qazilmalar, shuningdek o’simlik va hayvonat dunyosi, sog’liqni va tabiatni
himoyalash kabilar bilan tanishtiriladi.
Odam jonli tabiatning bir qismi bo’lib, u yerdagi hamma mavjudotlarning
eng ajoyibidir, gultojidir.
Inson ana shu nomiga hamisha munosib bo’lmog’i kerak.
Foydali qazilmalar davlat tayanchi. U davlat iqtisodining sezilarli qismini
tashkil qiladi. Lekin ulardan ham noo’rin foydalanish oqibati taqchilikka olib
kelishi tushutiriladi.
6
Masalan: tabiiy gazni isrof qilish oqibatida gaz zaxiralari tugab qolishi
mumkin. Sanoat rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’simlik bu
paxtadir. Paxtadan - ip, yo’g’, kunjara, sovun, spirt, qog’oz, linoleyum, lak, charm,
g’ildirak moylari kabi mahsulotlari olinadi.
O’qituvchi shu mavzuni o’tish orqali maqsadiga yetish uchun testlar tashkil
qilishi mumkin. O’zaro savol-javoblar ham tashkil qilish maqsadga muvofiq.
“Paxta-milliy boyligmiz” mavzusida insholar, ijodiy ishlar qilishi ham
mumkin. Paxtadan tayyorlanadigan ayrim mahsulotlarni yig’ib, sinfda “Milliy
boylik” burchagi tashkil qilish ham mumkin.
4-sinflarda ekologik muammolar bilan yanada chuqurroq tanishtiriladi.
“Uyimiz ekologiyasi”, Ko’chamiz ekologiyasi, “Mahallamiz ekologiyasi”
mavzularini ko’tarib, o’quvchilarga mustaqil ishlar, ko’rgazmalar tanlovlari,
she’rlar va hikoyalar tanlovlari nainki sinfda balki maktablar aro tashkil qilish ham
maqsadga muvofiq.
Konstitusiyamizda tabiatga, atrof-muhitga munosabatlari qonun bilan
belgilab qo’yilgan. Masalan: 50-moddasida:
“Fiqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga
majbur” deyilgan.
7
Tabiatni muhofaza qilishga bag’ishlangan Davlat qonunlari, “Qizil kitob”
kabi tushunchalarni muntazam berib borishi kerak. Yoshlarga atrof-muhitni
muhofaza qilish va uni yaxshilash ta’limining asoslarini hozirgi tasavvurlarga
ko’ra beshta fazaga bo’lish mumkin.
Birinchi-dunyo moddiydir va murakkab bog’lanishlar tizimidan iboratdir,
uning elementlarini o’zgarishi o’zaro bog’langandir. Ikkinchi-tabiatni muhofaza
qilishda dunyoning moddiylik qonuniyatlarni va ularning o’zaro ta’siri va
munosabatlarini ifodalaydigan dasturlar va o’quv qo’llanmalari bo’lishi zarurligi.
Uchinchi-insoniyat va jamiyat zarurligi; uchinchi-insoniyat va jamiyat jonli tabiat
evolyutsiyasining natijasi va shining uchun tabiatning ajralmas qismi ekanligi;
to’rtinchi-biosferada hosil bo’lgan o’zgarishlar va jamiyat uchun zararligi tabiat va
jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning boshqarma mexanizmi yo’qligi yoki
taraqqiyot ilmiy-texnik jihatdan asoslanmaganligi; beshinchi-tabiat jamiyatning
rivojlanish tezligiga ta’sir etishi, ammo lekin uning munosabatlar xarakteriga ta’sir
ko’rsatmasligi. Mana shu metodologik asoslardan kelib chiqgan holda yoshlarga
muhiti muhofaza qilish va uni yaxshilash bo’yicha hozirgi zamon jamiyati
ekologik muammolari haqida ilmiy asoslangan bilimlar berishi kerak.
Atrof-muhitni himoya qilish ta’limoti ekologik ongli shakllantirishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Avlodlar sog’lomligi uchun ekologik jihatdan sog’lom muhit kerak.
8
Bunday muhitni faqat har tomonlama yetuk, ekologik jihatdan yuqori
madaniyatga ega bo’lgan shaxslardan tashkil topgan jamiyatgina hosil qilishi
mumkin.
Madaniyatli shaxs tabiat komponentlarining o’zaro aloqadorligini yaxshi
biladi. O’quvchilarga har doim, bugungi darajasiga o’z mehnati tufayligina
erishganligini, ijtimoiy foydali mehnatning har doim afzalligi ilk tushunchalarini
berib boriladi.
O’quvchilarga mustaqil ravishda ijodiy va mustaqil ishlar, topshiriqlar berib,
ularning mustaqil yod qilish, yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirib borish
kerak. Atrofdagi olam predmet va ob’yektlari haqida shakllangan tasavvurlarini
o’quvchilar o’quv mashg’ulotlari, didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat
qilish va ijtimoiy foydali mehnat qilish jarayonida amaliy mustahkamlaydilar.
Shu tarzda atrofdagi olam bilan tanishish bo’yicha materiallarni o’rganishda
o’qtuvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ularning har taraflama yetuk
shaxs bo’lib rivojlanishi maqsadida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi masalar
hal qilinadi.
O’quvchilarga o’z qishlog’i va shahlari misolida jamiyat hayoti bilan
tanishtiriladi. O’quvchilar iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlari. Shunga oid
odamlarning kasblari, madaniyati va ta’lim haqidagi elementar tasavvuriga ega
bo’ladilar. Tabiat va xo’jalik o’rtasidagi iqtisodning turli tarmoqlari orasidagi
9
muhim o’zaro aloqalar ochiladi. Turli faoliyatda vijdonli, halol mehnatga hurmat
tarbiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |