Jamiyat hayoti va taraqqiyotining tabiiy va ijtimoiy omillari



Download 189,23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi189,23 Kb.
#227544
Bog'liq
javohir6666-5517---10683-1-2-20201013



 

JAMIYAT  HAYOTI  VA  TARAQQIYOTINING  TABIIY  VA  IJTIMOIY OMILLARI 

F.f.d., Baxti Ochilova.  

Jizzax davlat pedagogika instituti 

ORCID 0000-0002-6834-6898

 

 



Jamiyat va insonning hayoti va faoliyati tabiat qonunlariga bo‘ysunadi. Jamiyat qanchalik 

taraqqiy  etmasin  uning  yashovchanligi  tabiiy  shart-sharoitlar  bilan  ham  belgilanadi.  Ma’lumki, 

tabiat jamiyatning vujudga kelishi va rivojlanishining tabiiy shart-sharoiti va moddiy zaminidir. 

Jamiyat tabiatning tarkibiy qismi bo‘lsa, inson uning evolyutsion taraqqiyotining cho‘qqisi.  

Tabiat  –  keng  ma’noda  butun  borliq  olam  va  uning  xilma  –  xil  shakllari;  tor  ma’noda 

kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo‘lgan atrof tabiiy muhit. Inson 

o‘zining  hayoti  davomida  butun  borliqdan  emas,  balki  uni  o‘rab  turuvchi  va  uning  ta’siri 

doirasida turgan tabiiy muhitdan foydalanish mumkin. 

Inson va jamiyat taraqqiyotida tabiiy omillar o‘ziga hos bazis vasifasini o‘taydi. Bu borada 

rus  faylasufi  V.P.  Petrov  “Insoniyat  jamiyati  taraqqiyotining  asosiy  yo‘nalishlari  va 

harakatlantiruvchi kuchlari” nomli asarida keltirib o‘tgan gipotezalarga murojaat qilamiz. “Inson, 

- deb  yozadi V. P. Petrov, - tabiatning quyidan  yuqoriga cheksiz rivojlanish  jarayonida  yuzaga 

kelgan  ob’ektiv  boshqaruv  mahsulidir...  Tabiat  tomonidan  qo‘l(panja)ni  eslatuvchi  organning 

yaratilishi  insonning paydo bo‘lishiga olib keldi... Biroq panjanining paydo bo‘lishi primatning 

birdaniga insonlashishiga olib kelmadi... Sayyora tarixi hayvonlarning yashash tarzini o‘zgartirib 

yuborgan  bir  necha  ekologik  davrlar(muzlik  davri)ni  boshdan  kechirgan.  Bunday  davrlar 

“uyg‘otish”  rolini  o‘ynagan.  Bu    davr  primatlarning  yashash  muhiti  bo‘lgan  o‘rmonlarning 

yo‘qolishi  va  kamayishiga  olib  kelib,  yanada  qiyin  sharoitlarni  keltirib  chiqargan...  Bir  qism 

primatlar yangi sharoitga ko‘nikishga erishgan. Bunda  tekislikda yashash tarziga o‘tish tananing 

vertikal  holatga o‘tishiga turtki  bergan.  ya’ni oyoqda  yurishga  moslashgan  va  bu o‘z  navbatida 

qo‘l  yordamida  turli  qurollarni  ishlatish  imkonini  bergan.  Mevalar  kabi  oziq-ovqatlarning 

kamayib  ketishi  hamaxo‘rlik  hamda  ov  qilib  ozuqa  topishga  majbur  qilgan.  Buning  uchun  o‘z 

navbatida  qurollar  kerak  edi.  Jamoada  harakatni  koordinatsiya  qilishga  bo‘lgan  zaruriyat 

nutqning  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi”1.  Olimning  gipotezasi  primatlarning  insonga  aylanishida 

tabiiy omillarning asosiy kuch sifatida ko‘rsatishga asoslanadi.  

Insonning  ijodiy  imkoniyatlari, uning tabiati  va o‘zgartirish qobiliyatlariga kelganda, ular 

chek-chegarasizdir.  Moddiy  ishlab  chiqarish  jarayonida  odamlar  o‘rtasida  vujudga  keladigan 

munosabatlarsiz ishlab chiqarishning o‘zi ham, inson hayoti moddiy sharoitlari ham bo‘lmaydi, 

demakki jamiyat ham bo‘lmaydi. Jamiyat  bu odamlarning birgalikda harakati, o‘zaro ta’sirining 

mahsulidir, bu odamlarning ijtimoiy munosabatlaridagi insonning o‘zidir. 

Tabiat  rivojining  oliy  bosqichi  bo‘lmish  jamiyat  faqat  tabiiy  omil  negizidagina  yashaydi, 

rivojlana oladi va uning tabiiy omil bilan doimiy o‘zaro ta’sirida bo‘lish shartidir. Kelib chiqishi 

jihatdan tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyat har holda tabiatning alohida qismi sifatida yashaydi 

va rivojlanadi. 

Inson  o‘zining  tabiatga  ko‘rsatayotgan  salbiy  ta’sirining  oqibatlarini  sezgach  va  bilgach, 

tabiatdan oqilona, rejali, tejab-tergab foydalanish va uni muhofaza qilish zarurligi haqida o‘ylay 

boshladi. 

“Tabiatni  muhofaza  qilish”  termini  dastlab  1913  yil  birinchi  xalqaro  tabiatni  muhofaza 

qilish bo‘yicha Shvetsariyada o‘tkazilgan s’ezddan so‘ng keng tarqaldi.   

Ekologiya  va tabiatni  muhofaza qilish  muammolari keskinlashib, o‘ta ziddiyatli tus olgan 

hozirgi  davrda  tabiat  va  jamiyat  o‘rtasidagi  munosabatlarni  muvozanatga  keltirish  asosiy 

vazifalardan hisoblanadi.  

                                                             

1Петров В. П. Движущие силы и основные пути развитие человеческого общество.  М.,  Геодезия.  2000,  С. 

12.  



 

Tabiiy  muhit  holatining  inson  ta’sirida  o‘zgarishi,  jonli  va  jonsiz  komponentlarga  kuchli 



antropogen  ta’sir  ekologik  muammolarni  keltirib  chiqaradi.  Mahalliy,  mintaqaviy  va 

umumsayyoraviy  ekologik  muammolarni  ajratish  mumkin.  Ayrim  yirik  shahar,  sanoat 

markazlari,  alohida  tumanlarda  mahalliy,  Orolbo‘yi,  CHernoblda  mintaqaviy  ekologik  tang 

vaziyatlar  vujudga kelgan. Ozon tuynuklari  muammosi, kislotali  yomg‘irlar, cho‘llanish, dunyo 

okeanining  ifloslanishi  va  boshqalar  umumsayyoraviy  ekologik  muammolar  hisoblanadi.  Yer 

yuzida  ekologik  inqiroz  havfining  real  ekanligini  ko‘rsatadi.  Agar  keyingi  30-40  yil  ichida 

ekologik  muammolarni  hal  qilish  uchun  barcha  chora  tadbirlar  ko‘rilmasa  ekologik  inqiroz 

muqarrardir. 

Geografik muhit va uning jamiyatga ta’siri .Geografik muhit - tabiatning insoniyat jamiyati 

mavjud bo‘lgan, odamning butun hayoti va ishlab chiqarish faoliyati ro‘y beradigan qismi. Inson 

o‘ziga kerak bo‘lgan barcha narsa — suv, havo, oziq-ovqat, turar joy va boshqa qurilishlar uchun 

zarur bo‘lgan materiallar, butun sanoat uchun xom ashyolarni geografik muhitdan oladi. Jamiyat 

rivojlanib borgan sari geografik muhit doirasi o‘zgarib, kengayib boradi. Jamiyat taraqqiyotining 

dastlabki  bosqichlarida  kishilar  asosan  hayot  uchun  zarur  tabiiy  manbalar  (yovvoyi  o‘simlik 

mevalari  va  hayvonlar,  unumdor  tuproq)dan  foydalangan.  Keyinchalik  ishlab  chiqaruvchi 

kuchlar  rivojlanishi  bilan  tabiiy  boyliklar  (metall,  yog‘och,  issiqlik  manbalari)  mehnat 

vositalariga aylanib, ahamiyati orta boradi.  

Geografik muhit kishilarning madaniyati, ruhiy holati, turmushi, urf-odatlariga, kiyinishiga 

ham  ta’sir  ko‘rsatadi  va  bularning  tarkib  topishida  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  O‘z  navbatida 

jamiyat  ham  geografik  muhitga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Kishilarning  tobora  o‘sib  boradigan 

ehtiyojlarini  qondirish  uchun  tabiatning  yangi  hududlari  va  boshqa  tabiiy  boyliklari  xo‘jalikka 

jalb  qilinadi.  Insonning  ta’siri  oqibatida  geografik  muhit  ancha  o‘zgaradi.  Macalan,  cho‘llarda 

vohalar  vujudga  keldi,  dashtlar  ekin  dalalariga  aylantirildi,  bir  necha  o‘nlab  suv  omborlari 

qurildi, quritilgan botqoqliklar o‘rnida o‘tloklar paydo bo‘ldi. Bular mahalliy iqlimga ham ta’sir 

ko‘rsatadi.  

Geografik muhit, ya’ni iqlim, er rel’efi, suv va suv manbaalari, foydali qazilmalar, tuproq, 

o‘simlik  va  hayvonot  olami  kabi  tabiiy  muhitning  qandayligi  jamiyat  hayoti  va  ijtimoiy 

taraqqiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu negativ yoki pozitiv ma’no kasb etishi mumkin. Masalan 

geografik  muhitning  asosiy  komponentlaridan  biri  bo‘lgan  iqlimni  olaylik.  Undagi  o‘zgarishlar 

jamiyat  tarixida  bir  necha  bor  taraqqiyotga  turtki  beruvchi  omil  sifatida  ham,  ijtimoiy 

taraqqiyotni tormozlovchi kuch sifatida ham namoyon bo‘lgan. Insoniyat tarixida bir necha bor 

muzlik davri  bo‘lgan  va  bu qulay  iqlimiy  sharoitda  yashayotgan  inson zotini uyg‘otuvchi kuch 

vazifasini  bajargan.  Odamlar  bunday  sharoitga  moslashishlari  uchun  ularning  biologik 

adaptatsiyalashuv  imkoniyatlarining  kamligi  ularning  boshqa  bir  noyob  xususiyatini,  ya’ni 

ongini takomillashishiga sabab bo‘lgan. Bu esa asta-sekinlik bilan ijtimoiylik kasb etib borgan.    

Geografik  muhitning  yana  bir  muhim  komponenti  hosildor  erdir.  Er  agrar  ho‘jalikning 

muhim  resursi  hisoblanadi.  Birinchi  yuzaga  kelgan  sivilizatsiyalar  ho‘jaligi  aynan  tuproq 

unumdorligi  bilan  bog‘liq  edi.  Misr,  Mesopotamiya,  Xitoy,  Hindiston  kabi  sivilizatsiyalar 

yuzaga kelgan hududlar unumdor tuproqqa boy bo‘lgan. Tabiiyki, bu dehqonchilikdan mo‘l-ko‘l 

hosil  olish  imkonini  bergan,  moddiy  farovonlik  va  taraqqiyotga  olib  kelgan.  Turli  daryolar  va 

dengizlarning  mavjudligi  qulay  suv  transportini  yuzaga  keltirib,  savdo-sotiqning  yuksalishida 

muhim omil bo‘lib hizmat qilgan. Hududining foydali qazilmalarga boyligi ham  jamiyat hayoti 

va taraqqiyotiga ta’sir etuvchi tabiiy omil hisoblanadi. Aynan birinchi bor metalga ishlov berish 

orqali  mehnat  qurollarining  takomillashuvi  ishlab  chiqarishning  rivojiga  olib  kelgan.  Tabiiyki 

tamaddunlar  ana  shunday  foydali  qazilmalar  mo‘l-ko‘l  bo‘lgan  hududlarda  mavjud  bo‘lgan. 

Demak  geografik  muhitning  har  bir  komponenti  ijtimoiy  taraqqiyotning  muhim  tabiiy  omillari 

bo‘lib hizmat qiladi. 

Geografik  muhitdagi  o‘zgarishlar  har  doim  ham  taraqqiyot  omili  bo‘lavermaydi.  Buni 

ayniqsa  hozirgi  tabiat  kataklizmlarining  salbiy  ijtimoiy  oqibatlari  misolida  ko‘rib  turibmiz. 

Insoniyat  tarixida  bunday  jarayonlar  ko‘p  kuzatilgan.  Tarixchilarning  ta’kidlashlaricha,  Mayya 

sivilizatsiyasi va Rim imperiyasining inqirozga yuz tutishida muttasil davom etgan qurg‘oqchilik 



 

ham  o‘zining  ta’sirini  ko‘rsatgan.  Dehqonchilikda  hosildorlik  pasayib,  jamiyatning  iqtisodiy 



asoslari  emirilgan,  natijada  ijtimoiy  farovonlik  darajasi  pasayib,  turli  ziddiyatlar,  emirilishlarga 

sabab  bo‘lgan.  SHunga  o‘xshash  holatni  Avstraliyada  yashovchi  qabilalar  ham  o‘z  boshlaridan 

kechirganlar. Ovchilikni tirikchilik manbai qilib olgan aborigenlar hayvonlarni ovlash jarayonida  

o‘rmonlarga o‘t qo‘yish usulidan muntazam foydalanganlar. Natijada, qit’adagi o‘rmonlar keskin 

kamaygan,  kuygan  tuproq  o‘z  unumdorligini  yo‘qotgan,  natijada  o‘simliklarning    kamayishi 

yanada tezlashgan, bu esa hayvonot olamiga katta putur etkazgan. Aborigenlar esa og‘ir iqtisodiy 

inqirozni boshlaridan kechirgan, taraqqiyot imkoniyatidan mahrum bo‘lganlar. Hozirda Atlantika 

okeaninining  g‘arbiy  qirg‘oqlarida  hamda  Tinch  okeani  mintaqalarida  sodir  bo‘layotgan 

to‘fonlar,  Amerikada  tez-tez  kuzatiladigan  tornadolar,  turli  zilzilalar,  suv  toshqinlari,  vulqon 

otilishlari,  epidemiyalar  etkazayotgan  zarar  tabiiy  omillarning  jamiyatga  salbiy  ta’sirini 

ifodalaydi.  

Demak  har  bir  jamiyat  hayoti  va  taraqqiyotida  geografik  omillarning  ta’siri  har  doim 

sezilarli  bo‘lib  kelgan  va  bundan  keyin  ham  shunday  bo‘ladi.  Ammo  shuni  alohida  ta’kidlash 

kerakki,  geografik  muhitni  taraqqiyotning  birdan-bir  asosiy  omili,  qulay  geografik  muhitga 

egalik  qilishga  intilishni  tabiiy  holat  sifatida  qarash  geografik  deterministik  oqimlarni  yuzaga 

keltirdi. Buning asosini esa geografik siyosat tashkil qiladi.  

 Demografik  jarayonlar,  uning  jamiyat  hayoti  va  taraqqiyotiga  ta’siri.    Jamiyat  hayoti  va 

taraqqiyotiga  demografik  jarayonlar  ham  muayyan  tarzda  o‘z  ta’sirini  ko‘rsatadi.  Demografik 

jarayonlar deganda  ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlarga bog‘liq tarzda yuzaga keladigan aholining 

tug‘ilish,  vafot  etishi,  ko‘payishi  yoki  kamayishi,  aholi  joylashuvining  zichlik  darajasi, 

migratsiya,  ayollar  va  erkaklar,  turli  yoshga  mansub  qatlamlar  nisbati  kabi  jarayonlar 

tushuniladi.  

Har  bir  demografik  jarayon  ijtimoiy  sharoitlarga  bo‘ysunadi.  Masalan  tug‘ilishning  vafot 

etishga nisbatan ortiq bo‘lishligi jamiyatning iqtisodiy salohiyati, tibbiyotning rivojlanganligi va 

aholining  ijtimoiy  himoyalanganligi  kabi  sharoitlarga  bevosita  bog‘liq.  SHuningdek  bu 

jarayonlar ijtimoiy shart-sharoitlar natijasida o‘zgarib tursada, ammo bu jarayonlar qayta jamiyat 

hayotiga ta’sir etish kuchiga ega.  

Demografik  jarayonlar  ijtimoiy  taraqqiyotga  negativ  va  pozitiv  ta’sir  etish  xususiyatiga 

ega.  Uning  ijobiy  omil  sifatida  namoyon  bo‘lishini  bir  qator  yo‘nalishlarda  ko‘rib  o‘tish 

mumkin: 


aholining  ko‘payishi  ishchi  kuchiga  bo‘lgan  talabning  qondirilishiga  olib  keladi  (bunda 

mehnatga yaroqli va jismonan sog‘lom aholining ortib borishi nazarda tutilmoqda); 

aholi orasida yoshlar qatlamining ko‘pligi jamiyatning o‘zgarishlarga moyilligini oshiradi. 

CHunki  yoshlar o‘rta yoshlar va keksalarga nisbatan ijtimoiy faolroq bo‘lishadi. Bunda jamiyat 

konservativ harakterdan uzoqlashib, liberal o‘zgarishlarga ko‘proq moslashadi; 

migratsiya  jarayonlari turli  hududlardagi professional,  iqtisodiy  va  boshqa  “bo‘shliqlarni” 

to‘ldiradi. Ishchi kuchining barqaror taqsimlanishiga olib keladi; 

aholining 

zichlashuvi 

ijtimoiy 

munosabatlarni 

faollashuviga 

ta’sir 

ko‘rsatadi. 

SHaxarlashishni  yuzaga keltirib, o‘z  navbatida  madaniyaning  markazlashuvini  belgilaydi.  Ayni 

vaqtda ishlab chiqarish va bozor munosabatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Ayni  vaqtda  yuqoridagi  kabi  demografik  jarayonlar  ijtimoiy  taraqqiyotga  salbiy  ta’sir 

etuvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi ham mumkin. Masalan: 

aholining  haddan  tashqari  ko‘payishi  moddiy  ne’matlar  taqchilligini  yuzaga  keltiradi. 

Iqtisodiy  taqsimotda  jiddiy  tafovutlarni  yuzaga  keltirib,  iqtisodiy  nochor  qatlamning  ortishiga 

olib  keladi.  Jamiyatda  mavjud  ijtimoiy-siyosiy  tuzumga  nisbatan  salbiy  kayfiyatlar  sonining 

oshib borishiga, turli tartibsizliklarga sabab bo‘ladi. Jamiyatda beqarorlik ehtimoli ortadi; 

tug‘ilishning  kamligi  ham  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Bunda  jamiyatda 

keksalarning salmog‘i ortadi. Ularni boqish jamiyatga og‘ir yuk bo‘lib tushishi mumkin; 

o‘z  navbatida  jamiyatda  yoshlar  salmog‘ining  ko‘pligi  ham  ijtimoiy  beqarorlikka  olib 

kelishi mumkin. Ularning liberal kayfiyatga moyilligi jiddiy inqilobiy o‘zgarishlarga olib kelishi 




 

mumkin  (Suriya,  Misr,  Liviyada  sodir  bo‘lgan  inqilobiy  jarayonlarda  asosan  yoshlar  ishtirok 



etdi); 

kekin  urbanizatsiya  (shaxarlashish)  jarayoni  qishloqlarning  bo‘shab  qolishiga,  agrar 

xo‘jalikning zavolga yuz tutishiga olib kelishi mumkin; 

migratsiya  jarayonlarining  kuchayishi  natijasida  madaniyatlar  aralashuvi  yuz  beradi. 

Amerikalik siyosiy tahlilchi va publitsist P.Byukenen o‘zining “G‘arbning halokati” asarida buni 

shunday  izohlaydi:  “Tizginsiz  immigratsiya  havfli  o‘simta  kabi  Amerika  xalqini  o‘z  tarixiga, 

tiliga, madaniyatiga, urf-odatlariga  ega bo‘lmagan tartibsiz  olomonga aylantirib ... mamlakatni 

etnik  guruhlarga  bo‘lib  yuborib,  mamlakatni  yo‘q  qilish  havfini  yuzaga  keltirmoqda”.2  Bu 

hususda  yana  bir  taniqli  siyosatshunos  olim  S.Xantington  o‘zining  “Biz  kimmiz?”  asarida 

yozishicha,  Lotin  Amerikasidan  immigrantlarning  doimiy  oqib  kelishi  AQSHni  ikki  xalq,  ikki 

madaniyat va ikki tilga ajratib tashlash havfini kuchaytirib yubordi3. 

Ko‘pincha  demografik  jarayonlar  orasida  ijtimoiy  taraqqiyotga  kuchli  ta’sir  etuvchi  omil 

sifatida  aholi  soni  o‘sishiga  asosiy  e’tibor  beriladi.  Aynan  aholi  soni  ortishi  bilan  bog‘liq 

demografik  omilning  jamiyat  hayotiga  ta’sirini  mutlaqlashtirgan  oqimlardan  biri  demografik 

determinizmdir.  Demografik  determinizmni  odatda    XVIII  asr  oxiri  va    XIX  asr  boshida  ijod 

qilgan  ingliz  iqtisodchisi  T.  Maltus  bilan  bog‘laydilar.  Uning  asosiy  ijod  mahsullaridan  biri 

“Nufus qonuni borasidagi tajribalar” asarining yuzaga kelishi ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Maltus 

shunday fikrni olg‘a surdi: “Agar aholining ko‘payishi hech qanday to‘siqqa uchramasa, u har 25 

yilda ikki barobarga ko‘payadi va geometrik progressiya bo‘yicha o‘sadi... Mehnat qilish uchun 

qulay sharoitlar ostidagi mavjud vositalar hech qachon arifmetik progressiyadan ortiq o‘smaydi”. 

T. Maltus  ijtimoiy taraqqiyotning asosiy omili sifatida aholi  sonining ko‘payishini e’tirof etadi. 

Lekin,  aholi  sonining  ko‘payishi  taraqqiyotning  doimiy  omili  bo‘lib  qolmaydi.  Aholi  soni 

o‘sishining ma’lum darajasiga etish jamiyat taraqqiyoti uchun tormoz, keyinchalik esa havf-hatar 

tug‘diradi. 

  T.Maltus  ko‘p  mamlakatlardagi  qashshoqlikning  o‘sishidan  tashvishga  tushib,  bu 

muammoga  nisbatan  biror  chora  ko‘rilmasa,  jamiyatda  salbiy  o‘zgarishlarga,  epidemiyalar  va 

shunga o‘xshash oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligini ta’kidlaydi. U bunday vaziyatdan chiqish 

yo‘li  sifatida  tug‘ilishni  nazorat  qilish  va  erga  ishlov  berish  vositalarini  mukammallashtirish 

(hosildorlikni  oshirish  uchun)  kabi  choralar  ko‘rish  lozimligini  aytib  o‘tadi.  Biroq,  muhim 

ijtimoiy  muammolarni  ilgari  surgan  Maltus  nomidan  ilm-fandan  yiroq  bo‘lgan  maqsadlardan 

foydalandilar. XIX asr oxiridan XX asrning birinchi yarmiga qadar hayotimizning barcha salbiy 

tomonlarini nufus bilan bog‘lab tushuntiruvchi neomaltuschilik qarashlari tarqaldi. 



 

 

                                                             



2 Бьюкенен П. Смерть Запада / Пер. с анг. М.: СПб., 2004. – С.14. 

3Qarang: Huntington S. Who we are? The Challenges to America’s National identity. NewDelhi, 



2004. 

Download 189,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish