Biriktiruvchi to’qima organizmning butun tanasi boyicha taqsimlangan bolib u tog’ay pay bog’lam va suyak matriksida boladi. U nuyrak jomi, siydik kanallari soxasida joylashadi, jigar mushak kabi parinximatoz azolarda hujayralar aro boglovchi moddaning asosini tashkil etadi. Inson tana ogirligining 50% ni tashkil qiladi.
Erimaydigan iplar va eruvchan matriksning sinteziga javobgar hujayralar xondrotsit va fibroblastlardan tasqari makrofag, semiz hujayralar va kam miqdorda differinsiallanmagan turdagi hujayralar biriktiruvchi toqima hujayralariga kiradi.
Biriktiruvchi toqimaning barcha turlari ularni morfologik farqlariga qaramasdan umumiy yagona prinsp asosida tuzilgan bolib birqanchalari bor:
Boshqa toqimalar kabi biriktiruvchi toqima ham hujayralar saqlaydi, lekinhujayralar aro modda hujayra elementlariga nisbatan kata masofani egallaydi.
Biriktiruvchi toqima uchun o’ziga hos ipsimon ya’ni fibrilyar strukturalarning bolishi harakterlidir kollagen retikulyar elastin tolalar , ular hujayralararo substansiya o’ramida joylashgan.
Biriktiruvchi toqima hujayralararo moddasi juda murakkab kimyoviy taribga ega.
Kollagen
Biriktiruvchi toqimaning erimaydigan iplari odam organizmida eng kop tarqalgan oqsil kollagendan tashkil topgan. U oqsillar umumiy miqdorining 25-33% ni, tana massasining tahminan 6%ni tashkil qiladi. Kollagen tarkibidagi aminokislotalarning 1/3 qismini glitsin, prolin va gidroksi prolin 21%ni, alanine esa 11%ni tashkil qiladi.
Biriktiruvchi toqimaning erimaydigan iplari odam organizmida eng kop tarqalgan oqsil kollagendan tashkil topgan. U oqsillar umumiy miqdorining 25-33% ni, tana massasining tahminan 6%ni tashkil qiladi. Kollagen tarkibidagi aminokislotalarning 1/3 qismini glitsin, prolin va gidroksi prolin 21%ni, alanine esa 11%ni tashkil qiladi.
Biriktiruvchi toqimani electron mikroskop orqali organish unda fibrillalardan tuzilgan kollagen tolalarning mavjudligini korsatdi. Fibrillalarning diametri 5 dan 200 nm gacha bolgan slindrik shaklga ega. Kollagen fibrilllalari tropokollagen birliklaridan tashkil topgan. Turli toqimalardan ajratilgan tropokollagen tarkibi bilan farq qilsada lekin ularning hammasida glitsin kop va beshoksilizin , uch oksi , alfa oksiprolin saqlaydi.
Tropokollagen molekulasi 1.5 nm kenglika va 300nm uzunlikka ega. Molekular ogirligi 300000. ucta subbirlikdan tashkil topgan bolib ularning har biri tahminan 1000ta aminokislota saqlovchi polipeptid zanjirdir. Alohida zanjir zich chapga oralgan spiral bolib bir oramda uch aminokislota qoldigini saqlaydi uchta zanjir o’ngga buralgan kabekga oxshaydi. Yon zanjirlardagi peptid boglari ortasida –C=O…NH- vodorod boglarining hosil bolishi hisobiga stabillanadi.